GID -EKSKURSIYA XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI Reja: 1. Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari 2. Gid-ekskursiyachi xizmatlarining mohiyati va tasnifi. 3. Ekskursiya xizmatlarida gid-ekskursiyachi faoliyatini baholash metodikalari 10.1. Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari 10.1. Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari «Ekskursiya» so‘zi lotincha ekskursion (tanishuv) qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo‘namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatadi. Turizm so‘zi paydo bo‘lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog‘lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko‘plab savollarning to‘planinib qolishi natijasida ularni safarga (uydan chiqib ketishga) chorlaydigan ichki his-tuyg‘u-qiziqishning harakatga kelishi bo‘lgan. Turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs . - Ekskursant -tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan shaxsning sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko‘rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi hisoblanadi.
Ekskursiya xizmatlari quyidagi talablarga javob beradi:
- Ekskursiya xizmatlari iqtisodiy faoliyatni bajaradi (turistik firma ekskursiya marshrutlarini sotishdan daromad oladi, ekskursiya a’zolaridan tushgan mablag‘ hisobiga daromad oladi, gid-tarjimon ish o‘rinlari yaratiladi, ekskursiya ob’ektida turistik infratuzilmalar hosil bo‘ladi);
- Ekskursiya xizmatlarining g‘oyaviy siyosiy faoliyati (vatanning tarixiy meroslari, yangi texnologiyalar bilan tanishishda g‘urur hissi, siyosiy mo‘tadillikni sezish xususiyatlari paydo bo‘ladi);
- Ekskursiya xizmatlarining umumiy ta’lim berish faoliyati (ekskursiya ekskursantlarga universal bilim beradi-tarixiy madaniy meros haqida, ishlab chiqarish haqida, madaniy-ma’rifiy ma’naviyat haqida, san’at haqida, yangi texnologiyalar va h.k.);
- Ekskursiya xizmatlari axborot tashish, axborotlar berish faoliyatini bajaradi (o‘tmish va hozirgi voqealar, jarayonlar, sivilizatsiya taraqqiyoti, hozirgi rivojlanish, global voqealar, xalqaro integratsiya va h.k.);
10.2. Gid-ekskursiyachi xizmatlarining mohiyati va tasnifi
Gid-ekskursiyachi tushunchasi turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga sazovor joylarga ekskursiya o‘tkazadi; ekskursiya mavzusini, marshrutini ishlab chiqadi; mavzu bo‘yicha materiallar to‘playdi; ekskursiyaning matnini tuzadi, materiallarini hikoya qilib beradi; «gid portfeli»ni tahlaydi; ish jarayoni yuqori darajadagi muloqot madaniyatini talab qiladi.
Gid-ekskursiyachining turlari:
Constant ekskort (tur lider)
Tur ekskort (gid tarjimon)
Local guide (mahalliy gid)
Gid- ekskursiyachi qanday bilim, ko‘nikma va malaka talablariga ega bo‘lishi lozim?
tarix,
adabiyot,
geografiya,
iqtisodiyot,
siyosat,
jurnalistika sohalariga qiziqishi;
ekskursiya o‘tkazish metodikasi va texnikasini,
ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilishi;
kamida ikkita xorijiy tilda erkin muloqot qila olishi; tahlil, mulohaza qilishi;
hujjat va materiallar bilan ishlay olishi kerak.
Turist gid ekskursiyachidan nima kutadi?
Yordam
Bilim
Hazil mutoiba
Rostgo‘ylik
Sog‘liq
O‘z vaqtida kelish
Ular sayohatdan
nima oladilar?
Dam olish
Ruhiy tiklanish
Madaniy oziqa
Mazali taomlar
Urf-odat va madaniyat bilan tanishish
San’at asarlarini ko‘rish
O‘zgacha manzara
Yoshlikka qaytish
Stressni yo‘qotish
Iymonini kuchaytirish
Yuqori darajadagi xizmat
Unitilmas taassurot
- Ekskursiya xizmatlarini tasniflashda quyidagi belgilarga e’tibor beriladi:
- Mazmuni bo‘yicha;
- Ekskursantlar tarkibi bo‘yicha;
- O‘tkazilish joylari bo‘yicha;
- Harakatlanish vositalari bo‘yicha;
- O‘tkazilish shakllari bo‘yicha.
Madaniy dunyo qarashlarni kengaytirish faoliyati
Axborotlar
faoliyati
EKSKURSIYA
Madaniy dam olishni tashkil qilish faoliyati
Ilmiy tashviqot
faoliyati
Qiziqishlarni shakllantirish faoliyati
Ekskursiya xizmatining asosiy faoliyati
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |