Qariyalar va keksa insonlarda uglevod almashinuvining xususiyatlari.
Metabolik sindrom.
Uglevod almashinuvining boshqarilishida insulin, somatostatin va glyukogon muxim rol o’ynaydi. Glyukozaning normal darajasini va organizm energiya sarfini ta’minlashda quyidagi asosiy faktorlar muhim ro’l o’ynaydi.
To’qimalarda to’plangan uglevod va lipidlarning to’plangan miqdori (energetik zahira). Organizm uglevodlar hisobiga bo’lgan ehtiyojini qoplaydi, biroq uning ovqat orqali tushishining kamayishida organizm energiyaga bo’lgan ehtiyojini yog’lar orqali qoplaydi;
Insulin biologik effektivligi qondagi gormonal va nogormonal antagonistlarning bo’lishiga, to’qima retseptorlarining sezuvchanligiga va jigar- buyrak funktsiyasining harakteriga bog’liq bo’ladi;
Glukozaga organizmning tolerantligi;
Organizmning energetik ehtiyojlari va energetik sarflari.
Metobolik sindrom uchrash chastotasi yosh o’tishi bilan oshib boradi. Bu sindrom erkak larda ayollarga nisbatan ko’proq uchraydi, biroq uning klinik formalari ko’proq abdominal semizlikka uchragan ayollarda uchraydi. Metobolik sindrom bilan bog’liq kasalliklar soni oxirgi 20 yil
ichida oshgan. Bu noinfeksion xavf faktorlaridan gipodinamiya noratsional ovqatlanish, psixoemosional zo’riqish kabi omillarning o’shishi bilan bog’liq. Yoshi o’tgan va qari yoshlarda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet klinikasining xususiyatlari qandli diabet endokrin almashinuv kasalligi bo’lib, uning asosida insulinning absolyut va nisbiy yetishmovchiligi yotadi, bu esa modda almashinuvining barcha turlari buzilishiga olib keladi. Boshqacha aytganda bu surunkali giperglikemiya omillari ta'sirida kelib chiqadi (1981, VOZ) qandli diabet bilan og’rigan bemorlarni yoshiga bog’liq kategoriyasi va qandli diabetning etiopatogenezi bo’yicha guruxlari 23-jadvalda ko’rsatilgan. Qandli diabetning tashxis mezonlariga glyukozaning och qorindagi miqdorining 7.8 mmolga oshishi kiradi. Bundan boshqa xolatlarda glyukoza toleranti test o’tkaziladi.
Bu test ma'lumotlari VOZ tavsiyasi asosida 2ta ketma- ket kapillyar qon analizlari bilan tasdiqlanadi. (24-jadval)
GTT o’tkazish qoidalari: 1. 3 kun davomida tekshiriluvchi parxezga amal qilmasligi kerak, ko’nikkan xayot tarzi va mexnat faoliyatini olib borishi kerak.
2. Oxirgi iste'mol qilingan ovqat bilan GTT orasidagi interval 12-14 soatni tashkil qilishi kerak.
3. Sinamasi o’tkazish vaqtida sinamadan oldin chekish taqiqlanadi.
4. Och qoringa va uglevodli zo’riqish (75 g glyukoza) so’ng kapillyar qon olinadi.
Glyukoza tolerantlik testi natijalariga ta'sir ?qiluvchi faktorlar:
" Jismoniy aktivlik gipokineziya glyukozaga tolerantlikni kamaytiradi;
" Alkogol
" Endokrin kasalliklari;
" Jaroxatlar, operasiyalar;
" Og’ir yurak qon tomir, nafas, oshqozon- ichak tizimi kasalliklari;
" 50 dan yuqori yoshdagilar xar keyingi 10yilda glyukoza bilan zo’riqishdan so’ng och qorindagi ?qndagi glyukoza miqdori 0,55 mmolga oshadi;
"Dori preparatlari diuretiklar, nikotin kislota, kofein, katexolominlar,
glyukokortikoidlar betta- xujayralarning insulin ajratishini kamaytiradi va insulinaza
aktivligini oshiradi;
"Furosemid glyukoza transportini kamaytiradi va katexolaminlar ajralishini oshiradi;
"Simpatomimetiklar glikogenolizni kuchaytiradi;
Insulinga boqg’liq qandli diabet
|
Insulinga bog’liq bo’lmagan
qandli diabet
|
Ko’proq yoshlarda uchraydi qandli diabetning bu turining yuzaga chiqishining cho’qqisi prepubertat va
pubertat davrlarga to’g’ri keladi. Qandli diabetning bu turi betta xujayralarning birlamchi
zararlanishi bilan bog’liq; genetik moyillik virus persistentsiyasi autoimmun jarayonining aktivlanishi
betta xujayralari destruksyasi insulin yetishmasligi, klinik namoyon bo’lishi. Shunday qilib, bu diabet
asosida insulining absolyut yetishmasligi yotadi insulinga bog’liq qandli diabetning emiziklik va
erta postnatal davrda katta tana vazniga ega bo’lgan bolalarda rivojlanish xavfi oshganligi xaqida
ma'lumotlar bor. Bu gepatit umumiy axoli sonining 0,1-1% ida uchraydi ko’proq bu kasallik oq tanli
axoli
orasida tarqalgan. Kasallik shimoldan ekvatorga qarab ko’payib boradi
|
Asosida insulining absolyut yetishmasligi emas, balki insulinga rezistentlik yotadi katta yoshdagi va
qariyada uchraydi, bunda insulinga rezistentlik metobolizimdagi o’zgarishlar tufayli kelib chiqadi.
Bu gepatit 40 yoshdan keyin rivojlanadi, biroq 1chi marta kasallanganlar ichida 60 yoshgacha bemorlar
10%ini tashkil qiladi. Qandli diabetning bu turi g’arb xayot tarzi qandli diabeti nomini olgan,
kasallik va aloxida ovqatlanish xususyatlari ya'ni ovqat rasionida yuqori kalloriyali ,
rafinadlangan maxsulot va spirtli ichimliklar bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Yuqorida aytilgan
xolatlar bilan gipodinamiya birga kelishi semizlik, IR va insulinga bog’liq bo’lmagan
qandli diabetga olib keladi. A'yniqsa bu shimoliy Amerika, Afrika, Avstraliyada odatiy hayot tarzi
G’arb hayot tarziga almashinishi bilan bog’liq. 20-50 % holatlarda qandli diabetning bu turi insulin
etishmasligi fonida yosh bilan bog’liq oshqozon osti bezi o’zgarishlari, betta xujayralar hajmining
kamayishi tufayli kelib chiqadi. Qandli diabetning bu turi umumiy axoli sonining 2-10 % ini
tashkil qiladi.
|
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet laborotor tekshiruvlarda aniqlanmagan shaxslarda diabet rivojlanish xavfi yuqori bo’lganligi uchun alohida etiborga muhtojdirlar. Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet xavf sinflariga kiradi:
1. Nasliy moilligi bor shaxslar;
2. Bolalari tug’ulganda 4,5 kg dan yuqori tana vazniga ega bo’lgan onalarda, tug’ma rivojlanish nuqsonlarida;
3. O’z-o’zidan sodir bo’lgan abort o’tkazgan ayollarda;
4. Tez-tez qaytalanuvchi teri infeksiyalari va teri qichishlari uchraydigan shaxslarda;
5. Og’iz bo’shlig’i kasalligi bor shaxslarda;
6. Vulva qichishi bor shaxslarda;
7. Ko’z olmasi retraktsiyasi buzilishlarida;
8. Noma'lum genezli nefropatiyalarda;
9. Pereferik neyropatiyalarda;
10. Noma'lum genezli retinopatiyalarda;
11. Endokrin kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda;
12. Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan assosiyasiyalashgan kasalliklar (semizlik, arterial gipertenziya, YuIK, tuxumdonlarning skleropolikistozi) bilan og’rigan bemorlarda;
13. Yog’ kislotalari trigliseridlar miqdori yuqori shaxslarda, yuqori zichlikli lipoproteidlar
miqdorining pasayishi bilan;
14. Uzoq vaqt prodiabetogen terapiya olgan shaxslarda;
Bu kategoriyadagi bemorlarni dinamik kuzatuvchi ko’pincha insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetni borligini tasdiqlaydi. Ko’p xolatlarda bu bemorlarda tranzitor giperglikemiya bo’lib, u 1 martalik tekshiruvlarda aniqlanmaydi. Bu gepatit bilan kasalanish yosh o’tishi bilan uglevod va yog’lar metabolizmini rivojlanishi, qon tomir xolatining o’zgarishi, mushak to’qimasining morfologiyasi o’zgarishi va neyrogumoral boshqarish mexanizmlari muvozanatining buzilishi tufayli oshib boradi.
Yoshi o’tgan insonlar va qariyalarda ko’p a'zolar patologiyasining kuzatilishi tufayli
ularning uzoq vaqt dori preparatlarini qabul qilish betta xujayralar disfunksiyasiga sabab bo’ladi, bu esa insulin metobolizmi buzilishiga va uning biologik aktivligi pasayishiga olib keladi.
Prodiabetogen preparatlariga glyukakortikoidlar, simpatomimetiklar, nosteroid, yallig’lanishga qarshi preparatlar, ko’pgina analeptiklar, tiazid, diuretiklar, ayrim betta blokatorlar, gipotenziv va ko’pgina ximioterapevtik moddalar kiradi. Yoshi o’tgan shaxslar va qariyalarda qandli diabetning klinik kechishi insulinga bog’liq bo’lmagan tipida kam simptomli bo’ladi.
Patalogiya
|
Tekshiruv vaqti
|
Gulikoza konsentratsiyasi mmol/l (mg%)
|
Plazma
|
Qon
|
Venoz
|
Kapillyar
|
Venoz
|
Kapillyar
|
Qandli diabet
|
Och qoringa
|
>7.8
(>140)
>7.0
|
>7.8
(>140)
|
>6.7
(>120)
>6.1
|
>6.7
(>120)
>6.1*
|
2 soatdan keyin
|
>11.1
(>200)
|
<12.2
(>220)
|
>10.0
(>180)
|
>11.1
(>200)
|
NTG
|
Och qoringa
|
<7.8
(<140)
<7.0
|
<7.8
(<140)
|
<6.7
(<120)
<6.1*
|
<6.7
(<120)
<6.1*
|
2 soatdan keyin
|
>7.8<11.1
(>140<200)
|
>8.9<12.2
(>160<220)
|
>6.7<10.0
(>120<180)
|
>7.8<11.1
(>140<200)
|
Och qorinda glikemiyani buzilishi
|
Och qoringa
|
>6.1<7.0
|
|
>5.6<6.1*
|
>5.6<6.1*
|
2 soatdan keyin
|
<7.8
|
|
<7.8*
|
<6.7*
|
Do'stlaringiz bilan baham: |