Insulinning modda almashinuvining asosiy turlariga ta’siri.
Uglevod almashinuvini boshqarishda insulinning faoliyati katta.
Insulin va glukagonning modda almashinuvining asosiy turlariga ta’siri.
|
Insulin
|
Glukagon
|
Uglevod almashinuvi: qondagi glukoza miqdorini kamaytiradi, glukoza miqdorini oshiradi.
|
To’qimalar tomonidan glukozani o’zlashtirilishini va energiya hosil bo’lish jarayonida uning ishtirokini oshiradi; glukozani glukagon sintezi uchun jigarda ishlatilishi intensivligini oshiradi(glikogenogenez); jigar va mushaklarda glikogen parchalanish intensivligini kamaytiradi, glukozaning qonga erkin chiqishini ta’minlaydi; glukozaning nouglevod mahsulotlardan hosil bo’lishini kamaytiradi.
|
Jigarda glikogen sintezini kamaytiradi; jigar va mushaklarda glikogen parchalanishini oshiradi, glukozani qonga chiqishini ko’paytiradi; glukozani to’qimalarda o’zlashtirish intensivligini kamaytiradi; glukozaning nouglevod mahsulotlardan hosil bo’lishiga yordam beradi.
|
Oqsil almashinuvi: oqsil hosil bo’lishini kuchaytiradi; katobolik effect.
|
Membrana hujayralari orqali aminokislotalar transportini kuchaytiradi, aminokislotalarning oqsillar tarkibiga kirishini ta’minlaydi, oqsil sintezini kuchaytiradi; oqsil katabolizmi jarayonlarini susaytiradi.
|
Aminokislotalarning oqsil sintezi jarayonlaridagi ishtirokini kamaytiradi; oqsil parchalanishini kuchaytiradi.
|
Yog’ almashinuvi: yog’lar parchalanishini kamaytiradi; katabolik effect.
|
Atsetilkoenzim-A-Redukrazani ajralishini kuchaytiradi, yog’ kislotalari va triglitseridlar sintezini kuchaytiradi; lipidlar sintezini kuchaytiradi, giperlipidemiyaga olib keladi; lipoliz intensivligini kamaytiradi.
|
Lipazani aktivlaydi, yog’lar parchalanishiga yordam beradi; ketoatsidoz holatiga tayyorlaydi.
|
Uglevod almashinuvining asosiy etaplari:
-mono, di, polisaxaridlarning oshqozon-ichak traktida parchalinishi;
-glyukozani qonga tushishi;
-glyukozadan jigarda glikogen hosil bo’lishi (glikogenogenez),(glikogen hosil bo’lishida buyrak va mushaklarning roli ham bor)
-glikogenni glyukozaga parchalanishi (glyukogenez)
-glyukozani sut kislotaga parchalanishi (glikoliz)
-nouglevod maxsulotlardan uglevodlar xosil bo’lishi (sut kislota, glitserol).
Oqsil va lipidlar bilan birga uglevodlar organism muhim birikmalariga kiradi va qator funktsiyalarni – struktor funktsiyalari (ko’p xujayra strukturalarning zarur komponenti hisoblanadi), ximoya funktsiyasi (immunoglobulinlar komponenti), nuklein kislotalar sintezi uchun zarur maxsulot bo’lib, energetik xujayra yonilg’isi hisoblanadi.
Eng ko’p energiyaga ega to’qima – nerv to’qimasi xisoblanadi. Miya sutka davomida 100-150g glyukoza sarflaydi. Glyukozaga qon tomir, mushaklar, buyrak, glyukogon yordamida boshqariladi. Qandli diabet klinik namoyon bo’lishi uchun insulin absolyut va nisbiy ortiqligi ham sabab bo’ladi. Insulin yetishmasligiga to’qimalarda glyukozaning utilizatsiyasining kamayishi sabab bo’lsa, glyukogon ortiqligiga – jigardagi glyukogenning parchalanishini oshishi tufayli jigarda parchalangan glikogenning qonga tushishini sabab bo’ladi. Glyukogon keton tanalar sinteziga sabab bo’ladi. Bu esa glyukogonni potensial prodiabetogen gormoni deb xisoblash imkonini beradi.
Oshqozon osti bezining yoshga bog’liq o’zgarishlari.
Oshqozon osti bezining atrofiyasi. Yog’ to’qimasining o’sib kirishi, yog’ distrofiyasi.
|
Ovqat hazm qilishning buzilishiga olib keluvchi ekzo va endokrin yetishmaslikning kelib chiqishi, qandli diabet dekompensatsiyasining yuqori chastotasi, a’zolarga bergan asoratlari (fermentlar yetishmasligi, asosan lipazaning yetishmasligi)
|
Oshqozon osti bezining chiqaruv sistemasidagi o’zgarishlar (fibroz, chiqaruv nayining kistoz kengayishi, chiqaruv nay epiteliyasining metaplaziyasi, konkrementlarning yeg’ilishi).
|
Chiqaruv nayi ichi gipertenziyasi, o’tkir pankreatitning og’ir formalari, qari yoshda oshqozon osti bezi o’smasining uchrash chastotasining yuqoriligi.
|
Qorin bo’shlig’i va qorin orqa sohalaridagi qon tomirlarda qon aylanishining o’zgarishi, a’zolardagi qon aylanishining o’zgarishi (ateroskleroz, tromboz, qorin aortasi va uning shohlarinig tromboemboliyasi, taloq arteriyasining anevrizmasi).
|
Abdominal ishemik sindrom (ishemik pankreatit, oshqozon osti bezining infarkti).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |