- O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekistonda Germaniya kunlari, Germaniyada O’zbekiston kunlarini tashkil qilsh an’anaviy tus oldi. Germaniya davlatining madaniy muassasa va tashkilotlari Markaziy Osiyo respublikalari bo’ylab madaniyat kunlarini o’tkazish an’anasini 1996 yil bahoridan boshlashdi.
- Germaniya madaniyati kunlari doirasida juda ko’p tadbirlar o’tkazildi. Bu tadbirlar san’atning musiqa, teatr, kino, ko’rgazmalar namoyishi, adabiyot, atrof-muhit mudofasi, sharqshunoslik va arxeologiyaga bag’ishlangan edi. Madaniyat kunlari davomida german madaniyati san’ati va adabiyotining o’zbek muxlislari o’zlari uchun yangidan-yangi germaniyalik san’at ustalarini nomlarini kashf qilishdi. Jumladan, musiqa sohasida Michael Schönheit, brass of the mo ving image ansambli, singer Pur ansambli va boshqalarning faoliyatini misol qilib olishimiz mumkin.
Germaniya oliy o’quv yurtlari rektorlari konferenstiyasi bilan O’zbekiston universitetlari rektorlari kengashi o’rtasida munosabatlar o’rnatilgan. Shunga ko’ra Germaniyaning Bonn, Boxum, Giesen, Hamburg, Berlin, Frayburg universitetlari bilan O’zMU, O’zDJTU, Arxitektura va qurilish instituti, Toshkent texnika universitetlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Nukus, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qarshidagi oliy o’quv yurtlari talaba va olimlar hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda. - Germaniya oliy o’quv yurtlari rektorlari konferenstiyasi bilan O’zbekiston universitetlari rektorlari kengashi o’rtasida munosabatlar o’rnatilgan. Shunga ko’ra Germaniyaning Bonn, Boxum, Giesen, Hamburg, Berlin, Frayburg universitetlari bilan O’zMU, O’zDJTU, Arxitektura va qurilish instituti, Toshkent texnika universitetlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Nukus, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qarshidagi oliy o’quv yurtlari talaba va olimlar hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda.
- 1996 yil oktyabr va noyabr oylarida O’zbekistonda “Nemis madaniyati xaftaligi”, 1997 yil aprelidan noyabriga qadar “O’zbek madaniyati kunlari” ning Germaniya federal erlarida o’tkazilishi, yoki bo’lmasa, 2000 yil sentyabrida Bonnda Buxoro madaniyati kunlarining o’tkazilishi Bayonnomada qayd etilgan tadbirlarning hayotga tadbiq etilayotganligidan nishonadir. Hozirgi kunda Buxoroda “Nemis madaniyati va fani markazi” har ikki shahar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish niyatida faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda Toshkent va Berlin hamda Buxoro va Bonn, Samarqand va Bremen o’rtasida hamkor shaharlar bitimi imzolangan.
- Xullas, Germaniya – O’zbekiston hamkorlik aloqalarining chorak asr davomida ta’lim, ilm-fan, adabiyot va san’at sohasida o’nlab yo’nalishlari vujudga keldi. Ushbu hamkorlik aloqalari ikki xalq do’stona munosabatlarning asoslari mustahkamligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |