SHimoliy iqtisodiy rayon
tarkibiga Meklenburg-Old Pomeraniya,
SHlezvig-Golьshteyn, Quyi Saksoniya yerlari, Gamburg va Bremen yer-shaharlari
kiradi. Iqtisodiy rayon dengizbo’yi holati va tashqi savdo aloqalariga xizmat qilish
bilan ajralib turadi. Sertarmoq sanoat ishlab chiqarishiga ega, ayniqsa, kemasozlik,
avtomobilsozlik, kimyo, neftь-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Iqtisodiy rayonda Gamburg (2,0 mln.dan ortiq aholi) yirik sanoat va madaniyat
markazi, xalqaro port, temir yo’l, avtomobilь va havo yo’llari tugunidir.
SHuningdek, Bremen, Emden, Rostok, SHverin, Kilь, Lyubek, Volьfsburg,
Gannover, Braunshveyg, Zalьtsigitter shaharlari metallurgiya, mashinasozlik
(avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik), neftni qayta ishlash, kimyo va
neftь-kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Sut
chorvachiligi va cho’chqachilik yetakchi tarmoq, dehqonchilikda rojь, tariq,
kartoshka, bug’doy, qand lavlagi va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |