Siyosiy borliq - bu geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib davlat mavjudligining asosiy belgisi hisoblanadi. Davlat (kuch) geosiyosatning markaziy tushunchalaridan biri hisoblansa, siyosiy borliq davlatning siyosiy holati va hayotiy mazmunini ko‘rsatib beruvchi muhim omildir.
Siyosiy globallashuv - Davlat vakolatlarining kata qismini transmilliy korporatsiyalarga, iqtisodiy birlashmalarga berishni targ‘ib qilgan xoldamuayyan hududdagi milliy davlatchilik «gegemonligi» ga barham berishni ifoda etuvchi mafkuraviy jarayon.
Sovuq urush - Sharq va G‘arb mamlakatlariga nisbatan qarama - qarshilik, bir - biriga dushmanlik, o‘zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich. 1945-1991 yillarni o‘z ichiga oladi.
Suvaysh kanali - O‘rtayer va Qizil dengizni tutashtiruvchi kanal. 1869 yilda ochilgan. Uzunligi 161 km. 1956 yilda Misr tomonidan natsionalizatsiya etilgan.
Talassokratiya - Talassokratiya uchun esa, davlat va mintaqalar atrofidagi (qirg‘oqbo‘yi) suv sathining tuzilishi hamda unga yaqin bo‘lgan orollar va arxipelaglarning strategik yoki nostrategik nuqtada joylashganligi diqqatga sazovardir.
Tellurokratiya - Tellurokratiya uchun birinchi navbatda davlat yoki mintaqaning geografik maydoni muhim hisoblanadi. Faqatgina foydali qazilmalari yoki quruq maydonning kattaligi emas, balki ushbu makonning chegaralari nechog‘li xavfsizlik jihatidan ta’minlanganligi, transport va telekommunikatsiya tizimining qanday yo‘lga qo‘yilganligi, aholi turmush darajasining holati va shu kabi omillar tellurokratiyaning istiqbolini belgilab beradi.
Toposiyosat - davlatning siyosiy jihatdan qanday muhit bilan qurshalganligini o‘rganadi. Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo‘ladigan kuchlarning ta’sir etish yoki etmaslik masalasi muhimdir. Bunday omillar davlatga atrofdan ittifoqdoshlar qidirish va davlatlararo kelishuvlarning boshqa variantlarini yuzaga keltirish uchun muqobil siyosatlarni ishlab chiqish masalasini yuzaga chiqaradi
Varshava shartnomasi - 1955 yil 14 mayda tashkil etilgan. A’zolar: Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslavakiya, Albaniya. Do‘stlik, hamkorlik va ishtirokchi davlatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuzilgan. Uzoq yillar davomida NATO ga qarshi faoliyat olib bordi. 1991 yilda tugatilgan. Albaniya 1962 yilda unda qatnashmay qo‘ydi, 1968 yilda chiqib ketdi. 1991 yilda tugatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |