ARAB DAVLATLARI
LIGASI
|
1945 yilda tashkil etilgan. 22 ta davlat a’zo bo‘lib kirgan.
A’zolar: Misr, Iroq, Livan, Saudiya Arabiston, Suriya, lordaniya, Liviya, Yaman, Tunis, Sudan, Marokash, Quvayt, Baxrayn, Qatar, Ummon, Gveniya, Liberiya, Nigeriya, Kamerun, Mavritaniya, BAA, Jazoir, Gana, Angola, Tanzaniya, Benin. Tashkilotni asosiy vazifasi sifatida quyidagilar ilgari surilgan: a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, mustaqillikni mustahkamlash, moliya sohasida hamkorlik, arab davlatlarinii xalqaro maydonda himoya qilish, madaniyat va axborot sohasida hamkorlik qilish va shu kabilar. Arab davlatlari ligasi a’zolari o‘rtasida qator kelishmovchilik mavjud. Arab - Isroil urushi, Iroq urushi, Liviya urushi, Suriya urushlari yuz berganida qator arab davlatlari AQSH ni qo‘llab chiqishdi.
|
ASEAN
|
ASEAN (ing. Associationof South East Asian Nations —
Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi) Janubiy Sharqiy Osiyodagi mintaqaviy, hukumatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy tashkilot. 1967 yil 8 avgustda tashkil etilgan. Tashkilotning bosh ofisi Jakarta shahrida joylashgan. Unga a’zo mamlakatlarning umumiy maydoni 4 480 000 km2 ni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan YaIM 4 044 trillion
dollarga teng. Aholisi 592 000 000 kishini tashkil etadi.
|
|
Rasmiy tili ingliz tili hisoblanadi. Oliy boshqaruv organi
davlat va hukumat rahbarlarining sammiti bo‘lib, rahbarlik davlatlarning ingliz alifbosidagi ketma - ketligida amalga oshiriladi. A’zo davlatlar: Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand Filippin. Keyinchalik Bruney (1984 yil 7 yanvar), Vetnam (1995 yil
28 iyul), Laos va Myanma(1997 yil 23 iyul), Kambodja (1999 yil 30 aprel).
ASEAN ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
BMT Ustavi tamoyillariga sodiqlik asosida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’min1ash;
O‘zaro yordam va hamkorlik asosida a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yuksalishni jadallashtirish;
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘1ga qoyish.
ASEAN o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiradi:
ASEAN deklaratsiyasi (1967 yil), Janubiy-Sharqiy Osiyoda tinchlik, erkinlik va neytralitet to‘g‘risida (1971 yil), Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida (1976 yil), Manila Deklaratsiyasi (1992 yil), Yadro qurolidan xoli hudud (1995 yil), Terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashish to‘g‘risidagi deklaratsiya).
|
AVTARKIYA
|
Yunon - autos - o‘zim, arkeo - ta’minot, yetarli. Muayyan
davlat iqtisodiyotini boshqa davlatlar iqtisodiyotidan ajratib qo‘yish, o‘zini-o‘zi zarur mahsulotlar bilan ta’minlashga
qaratilgan iqtisodiy siyosat.
|
BIPOLYAR TIZIM
|
Ikki buyuk davlat qarama-qarshiligiga asoslangan va ular
tomonidan yaratilgan harbiy-siyosiy bloklar tizimi. Asosan
“Sovuq urush” davrida amal qilgan. Xalqaro siyosat asosan Moskva va Vashington tomonidan belgilab berilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |