Milliy manfaat. Manfaatga muayyan guruhlarga moddiy va ma‘naviy tomondan foyda keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Biroq geosiyosatda milliy manfaat tushunchasi kengroq ma‘noda – xalqlar, davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib talqin etiladi. Bizningcha, milliy manfaatning geosiyosiy tus olishi avvalo o‗sha davlatda olib borilayotgan ichki siyosatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy vazifalar va maqsadlardan boshlanadi. Negaki, har bir davlat aniq bir tarixiy sharoit, taraqqiyot va barqarorlik manfaatlari, milliy - tarixiy xususiyati va qadriyatlaridan kelib chiqib, uzoq va yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‗lgan asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilaydi. Masalan, bugungi kunda O‗zbekistonning oldida turgan asosiy ustuvor masalalar
– jamiyatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan erkinlashtirish; jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish; xalq turmush darajasini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlarga erishish; barqarorlik, tinchlik, totuvlik va davlatimiz hududining daxlsizligini ta‘minlash va b. hisoblanadi. Ushbu vazifa va maqsadlar davlatimiz milliy manfaatlari tizimida o‗z aksini topgan.
Har bir davlatning milliy manfaatlari evolyutsiyasi oxir oqibat jahon siyosati bilan bog‗lanadi. Shuning uchun ham jahon siyosati asosida nafaqat manfaat tushunchasi turadi, balki har bir milliy manfaatlar amaliyoti jahon siyosatini harakatga keltiradi. Shu tariqa davlatlarning o‗z manfaatlariga erishish yo‗lidagi harakatlari, unga intilishi jahonda muayyan kuchlar muvozanatini yuzaga keltiradi. Ana shu bosqichda geosiyosatning manfaat kategoriyasi kuchlar muvozanati kategoriyasi bilan amaliy jihatdan o‗zaro tutashadi.
Aytish joizki, geosiyosatning mohiyatiga va fanning tuzilishiga ko‗ra mavjud bo‗lgan kategoriyalari, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‗rganish muhim ahamiyatga egadir.
Geosiyosatning funksiyalari. Geosiyosat fan sifatida jamiyat hayotini, unda kechayotgan turli mazmundagi geosiyosiy jarayonlarni tahlil etadi, tegishli taklif - xulosalar beradi, bir so‗z bilan aytganda ushbu jarayonlar bilan bevosita bog‗langandir. U real hayotdagi voqea - hodisalar va jarayonlarning o‗zaro aloqadorligini va ularning bir - biriga bog‗liqligini ifodalovchi qonuniyatlarni o‗ziga qamrab olgan. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi jarayonlarni o‗zida aks ettiribgina qolmay, ularga bog‗liq tarzda jamiyatda muayyan funksiyalarni ham bajaradi. Odatda geosiyosatning asosiy funksiyalari qator adabiyotlarda quyidagicha tahlil etiladi:
gnoseologik funksiya; prognoz qilish funksiyasi;
boshqaruv funksiyasi; mafkuraviy funksiya; skeptitsizm funksiyasi.
To‗g‗ri, qayd qilingan funksiyalar boshqa ijtimoiy - siyosiy fanlarga ham xos
bo‗lishi mumkin. Biroq mazkur funksiyalar geosiyosat fanida o‗ziga xos izchillika, mantiqiylikka, afzalliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |