Linzada tasvir yasash. Linza formulasi
Biror to'g'ri chiziq shaklidagi AB jismning yig'uvchi linzadagi tasvirini yasaylik. Jism (yoki buyum)ning tasvirini linza yordaraida olish (yasash) uchun quyidagi nur yo'nalishlarini tanlash maqsadga muvofiqdir:
Linzaning bosh optik o'qiga parallel bo'lgan (AC) numi olamiz. Bu nur linzadan sinib o'tgach (CA' nur) uning fokusidan o'tadi (1-rasm).
Linzaga tushgunga qadar uning fokusidan o'tgan (AD) nur olinadi. Bu nur
linzadan o'tgach, bosh optik o'qqa parallel(ya'ni DA’ nur) yo'nalishda ketadi.
Linza optik markazidan o'tuvchi (АО) nur. Bu nur o'z ya'nalishini
o'zgartirmaydi. Linzadan o'tgan nurlarning kesishmasidan hosil bo'lgan tasvir, haqiqiy tasvir bo'lib hisoblanadi. 1-rasmdagi linza yordamida olingan (АВ) tasvir to'nkarilgan haqiqiy tasvirdir.
Sochuvchi linzada buyum tasvirini olish chizmasi 2-rasmda ko’rsatilgan.
|
Rasmdan ko’rinadiki, tasvir sochuvchi linzadan o’tgan nurlarni davomi kesishishidan hosil bo’ladi. Shuning uchun tasvir mavhum, ayni paytda to’g’ri tasvirdir. Linza yordamida olingan buyum tasvirining holati buyumning linzaga nisbatan joylashishi, hamda linza- ning optik kuchiga bog'liq bo'ladi.
|
Bu munosabat linza formulasi yordamida topiladi. Linza formulasi uch kattatik: buyumdan linzagacha bo'lgan masofa (1-rasm), linzadan tasvirgacha bo'lgan masofa va linzaning fokus masofasi F orqali quyidagicha ifodalanadi:
yoki (1)
yig'uvchi linzalar uchun F, d, f kattaliklar asosan musbat. Buyum linzadan masofada bo'lganda manfiy bo'lib, tasvir mavhum bo'ladi.
Sochuvchi linzalarda esa, va F doim manfiy va tasvir mavhum bo'ladi. Sochuvchi linza formulasi:
(2)
Linzaning asosiy hususiyatlaridan biri uning kattalashtirish qobilyatidir. Tasvirning chiziqli o'lchamining buyumning chiziqli o'lchamiga nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deyiladi. Bu kattalikni l-rasmdagi ABO va A'B'O uchburchaklarning o'xshashliklaridan quyidagi tenglikni yozishimiz mumkin:
yoki (3)
Bunda, k— linzaning chiziqli kattalashtirilishidir. Linzaning kattalashtirishi linzadan tasvirgacha bo'lgan va buyumdan linzagacha bo'lgan masofalarning nisbatiga teng ekan.
Odatda, buyum linzadan turli masofada bo'lishi mumkin. Shu sababli uning tasviri ham turli ko'rinishda bo'ladi. Yig'uvchi linza uchun mavjud bo'lgan ba'zi bir hususiy hollar bilan tanishaylik.
1) buyum linza bilan fokus oralig’ida turganida: tasvir mavhum, to’g’ri va kattalashgan bo’ladi.
|
|
2) buyum linzaning fokusida turganida , tasvir bo’lmaydi.
|
|
3) buyum linza fokusi bilan ikkilangan fokusi oralig’ida turganda , tasvir haqiqiy, teskari va kattalashgan bo’ladi.
|
|
4) buyum linzaning ikkilangan fokusida turganida , tasvir haqiqiy, teskari va o’lchami buyum o’lchamiga teng bo’ladi
|
|
5) buyum linzaning ikkilangan fokusida turganida , tasvir haqiqiy, teskari va kichiklashgan bo’ladi
|
|
6) buyum linzadan cheksiz uzoqlikda bo’lganida, tasvir shulalanuvchi nuqta ko’rinishida va fokus F da hosil bo’ladi.
|
|
Tasvir hosil qilayotgan linzaning bir qismi yopilsa tasvir xiralashadi, o’lchami o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |