2.2. Daryo va dengizorti yotqiziqlari va cho‘kmalar tuzilishi
Daryo yotqiziqlari yotqiziqlarning muhim qismi bo‘lib, saqlanish holati haqida ma’lumotlarni aks ettiradi. Garchi bu nazariyada, individual davriy yotqiziq o‘zgarmas fizik hodisa ostida birlashsada u individual voqea va hodisani o‘rganish uchun qiyin va imkonsiz. Dengiz yotqiziqlari – morfologik qismlar yuzasi bo‘lib, u
dengizdagi yotqiziqlar va oqim tasirida yani, suv yoki havo sababli paydo bo‘ladi. Yotqiziqlarga o‘xshash misollarni sohil suvlarining mavjlanishida va dengiz qumtepalarida kuzatishimiz mumkin. Yotqiziqlar yuzasida mayda zarrachalarning birlashishidan tashkil topgan cho‘kmalarning tuzilish shakli uning ko‘rinishini hosil qiladi. Hozirgi bir yo‘nalishdan oquvchi suv izlari daryo shakllarining kichkina ko‘rinishlari hisoblanadi. Yotqiziqlar va tuproqlarda aniqlangan boshqa strukturalar
qatlamsiz hudud bo‘lib, ular fizik, kimyoviy yoki biologik voqea hodisalar, haqiqiy qatlam bilan bir necha sinxronlar ishlab chiqariladi. Ularga muz erishidan (ya’ni darz ketgan muz parchalari, sovuq sababli paydo bo‘lgan ) paydo bo‘lgan parchalar
kiradi.
Kimyoviy yotqiziqlar
Kimyoviy yotqiziqlar geoarxeologik kontekstlardan biri bo‘lib, ular gearxeologik hududlarda va qatlamlarning asosida shakllanadi. Ochiq havo kontekstida, bug‘lanish baland bo‘lgan hududlarda, kimyoviy yotqiziqlar eski ko‘l o‘zanlari va yotqiziqlarga o‘xshagan hududiy yuza qismlari bilan aloqador hisoblanadi. Kimyoviy yotqiziqlar O‘lik dengizi sohillaridagi so‘nggi pleystotsen davrida rivojlangan g‘orlarda, Lizan ko‘lidagi qatlamdan topilgan. Arxeologik kontekstlarda qatlamlarning bir xil turlari g‘ayri oddiy shaklda bo‘lib Amerikaning baland tekisliklari va Avstraliyaning Mungo ko‘lidan ma’lum bo‘lgan. Ikkilamchi ximikat tuzlar va minerallarning ko‘pchiligi tuproq sharoitida, sayoz chuqurliklarda yoki yuzalarda paydo bo‘lgan. Kalsiy, gips va boshqa ximikatlar quruq va namchil sharoitlar uchun umumiy minerallar hisoblanadi. Temir va marganets oksidining shakllanishi Angliyaning Boxgrove singari yomg‘irli hududlarda sodir bo‘ladi.
Transval g‘orida esa karbonotning to‘planishi ochiq havoda bahor qatlamlarida sodir bo‘ladi. Germaniyadagi Bilzingslebenda o‘rta pleystotsen ketma-ketliklari saqlangan, uning homo erutus manzilgohlarini o‘z ichiga olgan. G‘orlar kimyoviy yotqiziqlarni ajabtovur ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ular o‘z ichiga quyidagi kimyoviy yotqiziqlar qamrab oladi, jumladan, oksid, sulfid, nitrat, xalit, karbonat, fosfat, silikat va h.k. Karstik relyeflardagi arxeologik va eng qadimgi g‘orlarning eng ko‘pchiligida uchraydigan asosiy minerallar bular karbonat hisoblanadi. Fosforga o‘xshagan ko‘plab minerallar ko‘pchilk g‘or makonlarda uchrab, ayniqsa, O‘rta Yer dengizi iqlimi sharoitlarida uchrab undan boshqa temperaturalarda kam uchraydi. Bu fosfatlar ko‘rshapalaklardan, dengiz qushlaridan, umurtqalilar (giena), suyaklar va daraxtlardan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |