Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Hududni tanlashda quyidagi talablar inobatga olinadi



Download 488,87 Kb.
bet3/8
Sana07.03.2022
Hajmi488,87 Kb.
#485773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
murod1

Hududni tanlashda quyidagi talablar inobatga olinadi:

  • tabiiy rel’efni iloji boricha saqlab qolish;

  • yer ishlarini hajmi iloji boricha kam bo`lishi;

  • yuza belgilarining, bino quyi qavatlari pollari bilan bog’lash;

  • yer massalarining joylashuvi siljish va o`tirish holatlarinig yuzaga keladi.

1.2. Un va don mahsulotlari saqlanadigan omborlarning vazifalari va umumiy xususiyatlari.


Unni idishsiz saqlash qurilmalari saqlash sig‘imi, unni tegirmondan silosga uzatish uskunalari, shuningdek unni silosdan avto un tashuvchilarga ortish uskunalarini o‘z ichiga oladi.
Unning sifati va miqdorini aniqlash uchun namunalar mazkur tegirmonni nazorat qilishning texnologiya sxemasida nazarda tutilgan yerlardan olinadi.
Unni idishsiz saqlash ombori ishlab chiqarish sexi boshlig‘i ixtiyorida bo‘lgan va tortish faqat sotilayotganda amalga oshiriladigan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori jo‘natishda aniqlangan miqdor asosida hisoblanadi, kamayish hisobiga hech bir hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holatda unni idishsiz saqlash ombori tegirmon korpusi bilan bir vaqtda tozalanishi zarur.
Ishlab chiqarilgan un miqdori va sifati bo‘yicha unni idishsiz saqlash omborxonalariga beriladigan va moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinadigan korxonalarda idishsiz saqlovchi omborxonalar bo‘yicha miqdor-sifat hisobi yuritiladi hamda faqat mahsulot namligi pasayishi hisobiga belgilangan tartibda chiqim qilinadi.
. Unni idishsiz saqlash omborida belgilangan shakl bo‘yicha siloslarni to‘ldirish va un sarfi daftari yuritiladi.
Idishsiz saqlash ombori bo‘yicha kirim qismi (36-shakl) siloslarni to‘ldirishni hisobga olish daftari ma’lumotlari bo‘yicha, un namligi esa o‘rtacha smena namunalari bo‘yicha to‘ldiriladi.
Saqlash uzoq davom etmasligi tufayli omborlarning siloslarida idishsiz saqlashda unning tabiiy kamayish normasi belgilanmagan va shu munosabat bilan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kamayish hisobiga hisobdan chiqarilmaydi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan to‘kilgan un supurindilari hosil bo‘lganda ular qayta ishlash dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va saqlash joyi bo‘yicha kirim qilinadi. Unning supurindilarini asosiy un hisobidan chiqarish faqat idishsiz saqlash omborini to‘liq tozalashdan so‘ng vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan tozalash dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Un va yorma moddiy javobgar shaxslar tomonidan qoplar soni va standart og‘irlik bo‘yicha qadoqlash uchun qabul qilinadi
Unni qadoqlash vaqtida og‘irligi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar quyidagi foizlarda, biroq undan ortiq bo‘lmasligi kerak:

  • tortib solishda + 1%;

  • hajmiy solishda + 2%;

  • 0,5 kg va 1,0 kg netto og‘irlikdagi yormani qadoqlashda alohida paketlar uchun chetga chiqish + 1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak;

  • 0,3 netto og‘irlikdagi talqonni qadoqlashda netto og‘irlikdan chetga chiqish + 2% dan oshmasligi shart.

Miqdor-sifat hisobi un va yormaning har bir turi va navi bo‘yicha hisobga olish daftari (36-shakl) ma’lumotlari bo‘yicha yuritiladi, daftarda qoplar soni, unning (yormaning) qayta ishlashda kirim bo‘yicha standart og‘irligi, namligi hamda qadoqlash vaqtidagi haqiqiy og‘irligi, namligi chiqim bo‘yicha aks ettirilmog‘i lozim.
Ishlab chiqarishda un (yorma)ning namligi, un (yorma) ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish-texnologiya laboratoriyasi tomonidan berilgan sifat guvohnomasi ma’lumotlari bo‘yicha inobatga olinadi, qadoqlash vaqtidagi un (yorma)ning namligi, qadoqlanayotgan korxona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi. Unni (yormani) qadoqlash paytida, to‘kilish va yo‘qotishlarning oldini olish choralarini ko‘rish zarur. Un va yorma supurindisini qayta ishlash dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda haqiqiy og‘irlik bo‘yicha alohida daftarlarda hisobga olinadi. Qadoqlash sexlarini tozalash ham har oyda o‘tkaziladi va belgilangan tartibda bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agar un va yorma tasdiqlangan, kirim qilingan un (yorma) supurindilaridagi yo‘qotishlar, hisobidan chiqarilganligi unni (yormani) saqlash va tashishdagi namlik pasayishi va tabiiy kamayish hisobidan hisobdan chiqariladigan kamomadi standart og‘irlik bilan chiqarilgan haqiqiy mahsulot orasidagi barcha farqlarni qoplay olmasa, yuzaga kelgan kamomad qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi mumkin.
Korxonalarning rahbarlari va mas’ul shaxslari qadoqlashni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari, un (yorma) solingan qog‘oz xaltachalarning belgilangan netto og‘irligini ta’minlashlari, mahsulotning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymasliklari va sifat-miqdor hisobi aniq yuritilishini ta’minlashlari lozim.
Moddiy javobgar shaxsni boshqa shaxs bilan almashtirishning barcha holatlarida xomashyo, mahsulot va boshqa moddiy boyliklarni topshirish, qabul qilish odatda, idish trafaretida ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha xomashyo tayyor mahsulot miqdorini qayta tortish yoxud qopdagi yoki ularning sifatini moddiy javobgar shaxslar va korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya ishtirokida aniqlangan holda standart og‘irlik bo‘yicha amalga oshiriladi. Majmuaga keltirilgan barcha xomashyo miqdori avtomobil yoki vagon tarozilarining ko‘rsatkichlari, standart va trafaret og‘irlikdagi qoplar soni bo‘yicha hamda shartnomalarda nazarda tutilgan qabul qilish qoidalaridan, maxsus shartlarni yoki Davlat standartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qabul qilingan xomashyo qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va omixta yem ishlab chiqarishi boshlig‘ining hisobotiga kiradi.

2-rasm. Un va don mahsulotlari saqlanadigan omborlar

Omborlardan ishlab chiqarish sexiga berilayotgan barcha xomashyo ko‘p komponentli tarozilarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha, suyuq komponentlarning og‘irligi esa — hajmli hisoblagichlarning solishtirma og‘irlikka qayta hisoblab chiqilgan ko‘rsatkichlari yoxud idish trafaretida ko‘rsatilgan netto og‘irlik yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi.


Ko‘rsatilgan og‘irlik boshliq hisobotidan chiqarib tashlanadi. Bundan tashqari yillik xatlov o‘tkazilgunga qadar qo‘shimcha ravishda oldingi yilda korxonada amalda shakllangan ishlab chiqarishda xomashyo nobudgarchiligi miqdorida mahsulot tannarxiga, biroq qayta ishlangan xomashyo umumiy hajmining bir foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisobdan chiqarib tashlanadi.
Ko‘p komponentli tarozilarning hisoblagichlari ko‘rsatkichlari, hajmli hisoblagichlar, ishlab chiqarishga berilgan standart og‘irlik yoki trafaretda ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha suyuq ingrediyentlar og‘irligi maxsus jurnalga kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar omixta yem ishlab chiqarish va xomashyodan foydalanganlik to‘g‘risida smena bildirishnomalari tuzish uchun xizmat qiladi
Smena bildirishnomasida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (omixta yem, OVQ, premikslar) ko‘p komponentli tarozilarda tortilgan og‘irlik jami bo‘yicha suyuq komponentlar og‘irligi qo‘shimcha qilingan holda ko‘rsatiladi.
Agar tizimdagi quvvat potokdagi barcha mahsulotni donadorlashtirishga yetmasa, ishlab chiqarilgan donadorlashtirilgan mahsulotlar og‘irligini avtomat tarozilarda aniqlash zarur. Bu holda omborga berilgan sochilg


Download 488,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish