Abu Rayxon Beruniy o’zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, minerallar, ma’danlar, geologik jarayonlar to’g’risida juda ajoyib fikrlarni yozib qoldirgan. Beruniy Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida aniqlagan. Olimning astranomik risolasidagi sxematik xaritasi Eski Dunyoni yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Beruniyning bu sohadagi ishlari g’arb geografiyasidan oldinda turgan. Beruniy o’sha vaqtdagi o’zining xaritasiga afsonaviy davlatlar va Kaspiybo’yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Hindistonning geologiyasini tavsiflashga urinib, oqar suvlar faoliyati haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab bergan. - Abu Rayxon Beruniy o’zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, minerallar, ma’danlar, geologik jarayonlar to’g’risida juda ajoyib fikrlarni yozib qoldirgan. Beruniy Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida aniqlagan. Olimning astranomik risolasidagi sxematik xaritasi Eski Dunyoni yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Beruniyning bu sohadagi ishlari g’arb geografiyasidan oldinda turgan. Beruniy o’sha vaqtdagi o’zining xaritasiga afsonaviy davlatlar va Kaspiybo’yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Hindistonning geologiyasini tavsiflashga urinib, oqar suvlar faoliyati haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab bergan.
- Beruniy ayrim olimlarning Xudoning xohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi mumkin, degan noto’g’ri fikrlarini fosh etib, suv oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat qonunlariga mos jarayon ekanligini isbotlab bergan.
Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pastdan yuqoriga qarab oqmaydi. Suvlarning tog’ bag’ridan buloq shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo’lib otilib chiqishini Beruniy Yer ostidagi bosim kuchiga bog’lab tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o’zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag’allar hamda mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog’dan ajraladi; keyin uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko’milib ketadi. - Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pastdan yuqoriga qarab oqmaydi. Suvlarning tog’ bag’ridan buloq shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo’lib otilib chiqishini Beruniy Yer ostidagi bosim kuchiga bog’lab tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o’zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag’allar hamda mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog’dan ajraladi; keyin uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko’milib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |