Geologiya fani uning predmeti, maqsadi, vazifalari va tadqiqot uslublari



Download 191,93 Kb.
bet2/4
Sana18.01.2022
Hajmi191,93 Kb.
#387626
1   2   3   4
Bog'liq
geologiya fani uning predmeti maqsa

Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yy).

Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yy).

Beruniy ayrim olimlarning xudoning xohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi mumkin, degan noto‘g‘ri fikrlarini fosh etib, suv oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat qonunlariga mos jarayon ekanligini isbotlab bergan.

Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pasdan yuqoriga qarab oqmaydi. Suvlarning tog‘ bag‘ridan buloq shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo‘lib otilib chiqishini Beruniy Yer ostidagi bosim kuchiga bog‘lab tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o‘zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog‘dan ajraladi; keyin uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko‘milib ketadi.

Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan yotqiziqlarni uchratsak, ular albatta yuqorida yozganimizdek paydo bo‘lgan desak bo‘ladi. Ular Yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘langan holatda yuz beradi» (A.M.Belenitskiy - Abu Rayxon Beruniy, Leningrad universiteti nashri, 1949, 207 b.).

Beruniy bu mulohazalarida XVIII - asrda M.V.Lomonosov, XIX -asrda Ch.Layel tomonidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda kashf etgan aktualizm g‘oyalarini birinchilar qatorida bayon etgan. Shu asarda Beruniy yana bunday deydi: «Dengiz o‘rni quruqlik bilan, quruqlik o‘rni esa dengiz bilan almashadi».

Beruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo‘lib daryo o‘zanlarida cho‘kindi jinslar donalari o‘lchamining suv oqimi tezligiga qarab o‘zgarishi qonuniyatini yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonuniyat so‘nggi yillarda V.I.Popov (1964 y.) tomonidan ishlab chiqilgan cho‘kindi hosil bo‘lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos keladi.

Beruniy o‘zining «Mineralogik traktat» degan asarida (X -asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki qattiqligi va solishtirma og‘irligidan ham foydalangan.

Beruniyning zamondoshi buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi «Ashshifo» (Qalbni davolash) nomli kitobining «Tabiat» degan bo‘limida yoritilgan.

Ibn Sinoning toshlar paydo bo‘lishida zilzila va tog‘ qulashlari, Yerlarning o‘pirilishi katta ahamiyatga egaligi, hayvon va o‘simliklarning toshga aylanishi to‘g‘risida ajoyib fikrlari bor.

Ibn Sino tomonidan temir va tosh materiallarning paydo bo‘lishi haqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir.

Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o‘lkalar o‘tmishda «hayotsiz yerlar va dengiz osti bo‘lgan» degan ilg‘or fikrlarni ilgari surgan.


Download 191,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish