Геологик тузилиши



Download 83,5 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi83,5 Kb.
#346060
  1   2
Bog'liq
Eshanbaev Utkir O'zbekistonning Geologik Xaritasi


O`zbekiston geologik tuzilishi
Reja:


  1. To`rtlamchi davrgacha bo`lgan geologik tarixga qisqa tavsif

  2. To`rtlamchi davr geologik tarixi

O`zbekistonning geologik tuzilishi xilma-xil bo`lib, uning hududi asosan ikkita katta tektonik struktura, ya`ni Tyanshan epigero`in orogen va Turon epigero`in plitasi qismlaridan iborat.

Tyanshan epigero`in orogen O`zbekistonning tog`li qismini egallagan va har xil katta-kichiklikdagi tektonik strukturalardan tashkil topgan bo`lib, ulardan eng kattalari antiklinor burmali strukturalardir. Bulardan asosiylari Chotqol, Qurama, Zarafshon va boshqa strukturalar hisoblanadi.

Turon epigero`in plitasi respublikaning tekislik qismini egallagan bo`lib, u ham har xil kichik tektonik strukturalardan (ko`tarilma va cho`kmalar) tashkil topgan.

Orogen va plitali strukturalar gero`in va alp tog` paydo bo`lish davrlarida hosil bo`lgan va turli katta-kichikliklardagi va yo`nalishdagi yyer yoriqlari (razlomlari) bilan kesilgan. Mazkur ariqlar orqali neogendan boshlanggb, hozir xam davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta`sirida tektonik sgrukturalar turli balandliklarga ko`tarilgan, ba`zilari cho`kkan, natijada biz hozir ko`rib turgan tog` tizmalari va ular orasida joylashgan tor oraliq cho`kmalari paydo bo`lgan.

Gero`in tog` paydo bo`lish davrida tektonik harakatlar bilan bir qatorda vulkan jarayonlari ham sodir bo`lgan. Vulqani, yyer yoriqlari bo`ylab sodir bo`lgan gidrotermal va boshqa jarayonlar natijasida O`zbekiston hududida joylashgan rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo`lgan.

To`rtlamchi davrgacha bo`lgan geologik tarixga qisqa tavsif

O`zbekiston hududi o`zining geologik taraqqiyoti mobaynida juda ko`plab muhim paleotektonik va paleogeografik jarayonlarni o`tagan. Geosinklinal sharoitda sodir bo`ladigan jarayonlar bir necha marta takrorlangan.

Ko`p yillik olib borilgan geologik tekshirish ishlari shuni ko`rsatadiki, O`zbekiston va unga qo`shni hududlar geologik tarixini yuqori arxey davridan boshlab tiklash mumkin. Bu davrda xududda bir necha dengiz havzalari mavjud bo`lib, ularni ajratib turgan quruqliklarda terrigen, vulkanik va karbonat tog` jinslari to`plangan, bu tog` jinslari arxey davrining oxirdari va proterozoy davrining boshlanishida metamorfozlashgan.

Proterozoy davrining oxirida (rifey) Janubiy Tyanshan tog`lari o`rnida cho`kish jarayonlari natijasida dengiz paydo bo`lgan. Bu davrda Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalariniig janubida Qoraqum-Tojikiston, shimolida esa Shimoliy Qizilqum quruqligi joylashgan bo`lgan. Yuqori rifeyda O`rta Tyanshanning shimolida vulqanlar otilgan.

Proterozoyning kembriyga o`tish davrida (vend) Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o`rnidagi dengiz tektonik harakatlar natijasida chekinib, uning o`rnida tog`lar hosil bo`lgan, vendning oxiriga kelib esa tektonik harakatlarning yuo`nishi va yyemirilish jarayonlarining kuchayishi oqibatida u hududning yyer yuzasi tekislangan.

Kembriyning boshlanish davriga kelib hududni yana dengiz bosa boshlaydi va o`rta ordovikda O`zbekiston hududining sharkiy va janubi-sharqiy qismini dengizlar butunlay egallaydi. Ordovikning oxirlarida tog` paydo bo`lish jarayonlari boshlanadi va kuyi devonda hududdan dengiz chekinadi, faqat Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o`rnida qisman saqlanib qoladi. Bu yyerda dengiz o`rtasida faqat kichik orollargina mavjud bo`lgan. Bu davrda ba`zi bir joylarda (Uchquloch, Qoramozor, Bosbatov) vulqanlar otilib turgan.

O`rta devon va quyi triasda tektonik harakatlar yana faollashadi. Shimolda Qoratog`, Chotqol va Norin, janubda Tyanshan va Ko`kshag`altog` epiplatforma geosinklinallari, ularning orasida platformaning nisbatan barqaror qismi Qurama-Farg`ona oraliq massivi, O`zbekistonning shimoli-g`arbiy qismida Ustyurt massivi hosil bo`lgan.

Devonning oxirida (eyfel, jivet asrlarida) hamda yuqori devonning famen asrida O`rta Osiyoning katta qismini dengizlar egallaydi. Shu davrlarda vaqt-vaqti bilan kuchli tektonik xarakatlar va vulkan jarayonlari ham bo`lib turgan. Vulqanlar otilishi Janubiy Tyanshan tog`larnda toshko`mir davrining quyi (namyur yoki serpuxov asrlarida) va o`rta (bashqird asri) bo`limlarida xam sodir bo`lgan.

O`zbekiston va unga yondosh xududlarning tektonnk ko`rinishining shakllanishida toshko`mir davrining moskva asrida bo`lib o`tgan tektonik harakatlar ayniqsa katta rol o`ynagan.

Yukori karbonning oxiri va perm davrlarida hozirgi Oloy tizmasi, Farg`ona cho`kmasi, Ustyurt platosi va Amudaryo havzasi quyi qismlarini yana dengiz bosgan. Fakat Qoratog`, Chotqol va Janubiy Tyanshanning ba`zi bir qismlarida tektonik harakatlar sodir bo`lib, Qorjantog` va Qurama tizma tog`lari joylashgan hududlarda vulkanlar ham otilib turgan.

Permning oxirlari va triasning boshlanish davrlarida Ustyurt, Janubiy Farg`ona hududlarini dengiz bosgan, boshqa hududlarda esa kuruqliklar mavjud bo`lib, ular asosan tekisliklardan iborat bo`lgan. Triasning o`rtalarida hududda asosan tekisliklar hukm surgan, ba`zi bir joylarda supa tog`lar ko`tarilib turgan.

Quyi va o`rta yurada O`zbekiston hududida asosan quruqlik sharoiti hukm surgan. Yuqori yuraga kelib jumhuriyatning anchagina qismini (g`arbiy, janubiy) Tetis okeanining relf qismi egallagan.

Bo`r davrining boshlanishida Urta Osiyoning g`arbiy qismida quruqliklar ko`p bo`lyb, ayrim yyerlarda ko`lsimon havzalar bo`lgan. Hududning boshqa qismi tektonik xarakatlar natijasida cho`kkan.

Paleogen davriga kelib kuchsiz tektonik harakatlar boshlangan, biroq O`zbekistonning katta qismi dengiz ostida bo`lib, cho`kindi tog` jinslari yotqizilgan.

Professor Y. A. Skvorsovning (1949) ko`rsatishicha, paleogenda O`zbekistonning tog`li va tekislik qismlari dengiz ostida bo`lib, fakat uning tog`li qismining ba`zi joylarida kichik-kichik orollargina ko`tarilib turgan, birok bu orollarning joylashgan o`rni va kattakichikligi hozirga qadar aniqlanmagan.

Paleogen dengizi ostida hosil bo`lgan tog` jinslaridan (asosan ohaktoshlar) topilgan chiranoqlar O`zbekiston xududidagi paleogen dengizining chukurligi 200 m. dan oshmaganligini ko`rsatadi. Shunday qilib, paleogen dengizi ostidan chikqan vaqtda O`zbekiston xududi deyarli tekislikdan iborat bo`lgan. Paleogen davrining oxirlarida esa tektonik xarakatlar ancha faollashgan, natijada oligotsenning oxirlarida dengiz butunlay chekingan, Turon plitasi vujudga kelgan.

Neogen davriga kelib O`zbekistonning tog`li kismida yangi tektonik xarakatlar faollashadi. Bu tektokik harakatlar differeno`ial xarakterga ega bo`lgan, natijada tog` tizmalari ko`tarilib, tog` oraliq va tog` oldi botiklari cho`ka boshlagan. Olib borilgan geologik ishlar natijasida Oloy Turkiston tizma tog`larida dengiz sathidan 4500 m balandlikda oligotsen davrida (taxminan bundan 38 mln. yil avval) dengizda yashagan ekzogiro-ferganenzis deb ataluvchi chig`anok topilgan. Demak, o`sha davrda bu chig`anok; dengiz sathidan 4000 m pastda yotgan. Keyingi tektonik ko`tarilish natijasida chig`anoq yotgan cho`kindi tog` jinslari dengiz satxidan yana 4500 m. balandlikka ko`tarilgan. Shunday qilib, O`zbekiston hududining tog`li qismi oligotsen davridan to hozirgi davrga kadar 8000 m. ko`tarilgan.

Yuqorida qayd qilganimizdek, O`zbekistonning tog`li qismida tektonik harakatlar turli xarakter va kuchga ega bo`lgan. Uning bir qismi ko`tarilsa, ikkinchi bir qismi pasaygan. Ko`tarilgan qismlar tog` tizmalariga, pasaygan qismi esa tog` oraliq botiqlariga to`g`ri keladi. Ko`tarilayotgan qismlardan oqar suv va boshqa tabiiy jarayonlar ishi ta`sirida yyemirilgan tog` jinslari cho`kayotgan joylarga to`plana boshlagan. Bunday jarayon neogen davridan boshlangan. tog` oraliq botiqlardagi neogen davrida yotqizilgan tog` jinsi qatlamlarining tarkibi shuni ko`rsatadiki, bu davrda tog` tizmalarining ko`tarilishi va botiqlarning cho`kishi ancha zaif bo`lgan. Chunki botiqlarda yotqizilgan qatlamlar asosan gilli va qumli tog` jinslaridan tashkil topgan. Bu gilli va qumli qatlamlarning ustki qismi esa qalin qum aralash shag`al toshlardan tashkil topgan. Bu xol botiqlar o`rab turgan tog` tizmalarining keyinchalik ko`tarilishi kuchayganligidan dalolat beradi. Demak, neogen davrining oxirlaridan boshlab tektonik xarakatlarning differeno`iyalashganligi ancha kuchaygan. Tog` tizmalarining ko`tarilishi va tog` oraliq botiqlarining cho`kishi uzoq vaqt davom etgan, natijada tog` oraliq botiqlarida qalinligi birnecha ming metr keladigan cho`kindi tog` jins qatlamlari to`plangan. Masalan, professor N. P. Vasilhkovskiyning yozishicha neogen davrida Chirchiq botigida to`plangan cho`kindi tog` jinslarining qalinligi 1500 m. dan ziyoddir.




Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish