Geography: nature and society



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana10.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#541233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2316-Текст статьи-4716-1-10-20210801

|
|
№2 | 2020
47 
ishlaydigan IESlar salmog`i eng yuqoridir. Xitoyda IESlarda asosiy yoqilg`i sifatida toshko`mirdan 
foydalaniladi. IESlarda yoqiladigan yoqilg`ilarning 70%i aynan ko`mir hissasiga to`g`ri keladi. 
Mamlakatda har birining quvvati 250 MVt dan ortiq bo`lgan 75 ta IES mavjud. Ulardan eng 
yiriklari (1 GVt gacha) sharqiy va shimoli-sharqiy dengizbo`yi hududlari – Lyaonin, Xebey, 
Shandun, Chjetszyan provinsiyalarida to`plangan. Shuningdek, yirik port shaharlarda, Xeylunszyan, 
Shensi, Shansi, Szyansu, Anxoy va Szyansi provinsiyalarida ham yirik quvvatli IESlar ishlab 
turibdi. Deyarli barcha yirik IESlar iste`molchiga yaqin joylashgan, chunki elektrostansiyalar uchun 
yoqilg`i sifatida ishlatildigan ko`mirni tashib kelish arzonga tushadi. Xitoydagi eng yirik IES 
(quvvati (2,4 GVt) Chjetszyan provinsiyasida joylashgan. Kichik quvvatli IESlar elektr energiyasi 
bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradi, ular issiqlik elektr markazlari (IEM) deb 
ataladi. Shimoliy, shimoli-g`arbiy, shimoli-sharqiy Xitoyda bu turdagi IESlar mavjud. Kelajakda 
kichik quvvatli IESlarni qurish, Ichki Mongoliya avotonom rayonida yoqilg`i-energetika bazasini 
yaratish ko`zda tutilgan. 
Gidroelektrostansiyalar (GES)da energiya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga 
asoslanadi. GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo`ladi (quvvati teng 
bo`lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog` daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr 
energiya ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda Xitoy gidroenergiya tarmog`ida mahsulot ishlab 
chiqarish 1949-yilga nisbatan 132 marta oshgan, o`rtacha yillik o`sish sur`atlari 14,5% ni tashkil 
etmoqda. Xitoyda har birining quvvati 12 MVt gacha bo`lgan 146 ta, 500 MVt gacha bo`lgan 30 ta 
GES mavjud. Yirik GESlar Xuanxe (Sinxay, Gansu, Xenan provinsiyalari, Ninsya-Xuey avtonom 
rayoni), Yanszi (Xubey, Xunan, Sichuan, Guychjou provinsiyalari) daryolari va ularning 
irmoqlarida, Sungari daryosi havzasida (Girin, Lyaonin provinsiyalari), janubi-sharqiy dengizbo`yi 
hududlaridagi daryolar (Chjetszyan, Futszyan, Guandun) va Yunnan provinsiyalarida qurilgan.
Xitoydagi eng yirik GESlar: Xuanxe daryosidagi Lyuszyasya (Gansu provinsiyasi, quvvati 
1,2 GVt, yillik o`rtacha elektr energiya ishlab chiqarish hajmi – 5,7 mlrd kVt/soat) va Lunyansya 
(1,3 GVt). Yanszi daryosining o`rta oqimida Genchjouba gidroenergetika kaskadi (Xubey 
provinsiyasi) qurilgan bo`lib, quvvati 2,7 GVt (14 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi).
Qishloq joylarda kichik (50 kVt) va mayda (25 kVt) quvvatli GESlar faoliyat ko`rsatadi.
30 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar va 3 yillik qurilish ishlari natijasida Yanszi 
daryosida dunyodagi eng yirik “Uch dara” (Sansya) GESi barpo etilgan. GESning loyihaviy quvvati 
18 GVtni tashkil etadi. 2003-yilda uning 26 ta turbogeneratorlarida 85 mlrd kVt/soat elektr energiya 
hosil qilingan. 2009-yilda ulkan gidrotexnika inshooti to`liq quvvatda ish boshladi.
Xitoyda an`anaviy energiya manbalari bilan bir qatorda noan`anaviy, ya`ni muqobil, qayta 
tiklanuvchi energiya resurslaridan samarali foydalanish bo`yicha ham chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Xitoyda atom, quyosh, shamol va qalqish elektrostansiyalari mavjud bo`lib, ularda 
elektr energiya ishlab chiqarish yildan yilga kengayib bormoqda. Chjetszyan, Guandun 
provinsiyalarida 10 dan ortiq AESlar joylashgan. Shulardan eng yirigi Chjetszyan provinsiyasida 
bo`lib, quvvati 3,9 MVt ni tashkil etadi. Barcha AESlarning umumiy quvvati 8,4 MVt ga teng. 
Tibet avtonom rayonida geotermal elektrostansiya ham bor. 
Mamlakatda energetika sohasida faol siyosat olib borilmoqda. Buning natijasida birlamchi 
energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga energiya tejaydigan 
texnolgiyalarni joriy etish, elektr energiyani iste`molga yetkazishda ortiqcha isrofgarchiliklarga yo`l 
qo`ymaslik mexanizmlari shakllandi. 2007-yil ma`lumotlariga ko`ra, Xitoydagi barcha 
elektrostansiyalarning umumiy quvvati 718 mln kVt ni tashkil etadi, bu 1978-yilga nisbatan deyarli 
13 marta ko`p demakdir. 
Jami 
elektr 
energiyasining 
75% 

issiqlik 
elektrostansiyalarida, 
20%i 
gidroelektrostansiyalarda, 4%i atom elektrostansiyalarida, 1%i esa noan`anaviy energiya manbalari 
(quyosh, shamol, qalqish energiyasi) asosida ishlaydigan elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. 
Keyingi yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib elektr energiyasi ishlab 
chiqarish hajmi oshib bormoqda. Elektr energiyasining asosiy iste`molchisi – bu sanoat (66%), 
maishiy-kommunal xo`jalik (22%) va transport hisoblanadi. 



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish