Iqtisodiy rayonlashtirish usuli orqali mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiy-
iqtisodiy mintaqalarining mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o’rni, ixtisoslashuv
holati o’rganiladi, Shuningdek, bu usul mintaqalar bo’yicha o’zoq muddatga
mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirish imkonini beradi. Geografiyada iqtisodiy rayonlashtirish usulini qo’llash
natijasida mamlakatni har bir mintaqasining o’ziga xos tabiiy sharoiti, tabiiy
resurslarining iqtisodiyotni rivojlanishdagi o’rni, xo’jalikning tarixiy-iqtisodiy
rivojlanishi va hozirgi hududiy tashkil etish holati, mavjud ilmiy-texnika
salohiyatlardan foydalanish negizida samarali ishlab chiqarish tizimini
shakllantirishning yo’nalishlari belgilanadi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |