3. Magnit azimuti 3150, og’ish burchagi – 100 haqiqiy azimutni aniqlang. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 3150+(–100) = 3050
Javob:3050 (oson) 4. Kemada o’rnatilgan kompas 1280 li azimut bo’yicha harakatlanmoqda, ammo kema boshqaruvchisi kartada og’ish burchagi +4012'ni aniqladi. Kema haqiqiy azimut bo’yicha harakatlanishi uchun yo’nalishni hisoblab toping. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 1280 + 4012' =132 012'
Javob: 132 012' (oson) 5. Tbilisi shahrida 480 azimutda mashhur shoir Shota Rustaveliga qo’yilgan haykal borligi ma’lum, ammo magnit og’ish burchagi +24030' ekanligini hisobga olib haqiqiy azimutni toping. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 480 + 24030' =72030'
Javob: 72030' O’rtacha 6. Mashhur Aleksandr mayog’ining haqiqiy azimuti 980 ,og’ish burchagi -80 bo’lsa, magnit azimutini aniqlang. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 980 - 80 = 900
Javob: 90 0 O’rtacha 7. Feodosiya shahridagi muzeyning minoralaridan birining haqiqiy azimuti 760 bo’lib, shahar kartasida magnit og’ish burchagi -6035' deb ko’rsatilgan. Magnit azimutini aniqlang.
Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 760 - 60 35' = 69025'
Javob: 69025'qiyin 8. Yakutiyada magnit og’ish burchagi maksimal darajaga yetib -150ga teng bo’ladi. Agar Yakutiyada joy yo’nalishi 900li haqiqiy azimutga ega bo’lsa,magnit azimuti nechaga teng bo’ladi. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 900 -150 =750
Javob: 750 qiyin 9. Vashingtondagi Jorj Vashingtonga qo’yilgan mashhur haykaldan 450 li yo’nalishda mashhur Senat saroyi joylashgan , magnit og’ish burchagi - 40 ekanligini hisobga olib Senat saroyining haykalga nisbatan haqiqiy azimutini aniqlang. Yechish:
Yuqoridagi qoidaga asosan 450 - 40 =41 0
Javob: 410 qiyin Rimdagi mashhur Kolizey binosi shahar markaziga nisbatan 68034'li magnit azimuti yo’nalishida turibdi. Agar og’ish burchagi +2036' ekanligi ma’lum bo’lsa
Oriyentrlash 1) O’quvchilar yozgi dam olish oromgohiga avval shimoliy – sharqiy, so’ngra janubiy, keyin esa janubiy-g’arbiy yo’nalishda jo’nab ketdilar. Ular oromgohdan xuddi shu yo’l bilan qaytsalar qaysi yo’nalishlar bo’yicha yuradilar?(Oson)_2)_Agar_maktabga_450_azimut_bilan_borgan_bo’lsangiz,_uyga_qaysi_yo’nalishda_qaytasiz_(o’rtacha)'> (Oson) 2) Agar maktabga 450 azimut bilan borgan bo’lsangiz, uyga qaysi yo’nalishda qaytasiz? (o’rtacha) 3) O’quvchilar o’lkashunoslik muzeyiga 900 azimut bilan bordilar. Ular qaysi yo’nalishda va qanday azimut bilan qaytib keladilar? (o’rtacha) 4) O’quvchilar ko’lgacha avval 2700, keyin 2250 va 1800 azimutlar bo’yicha yurdilar. Ular yurgan yo’nalishlarni aytib, shu yo’lni sxema tarzida tavsirlang. (o’rtacha) 5) Siz yuz tomoningiz bilan janubga qarab turgan bo’lsangiz sharq, g’arb, janubiy – g’arb va shimoliy – sharq qaysi tomonda ekanligini aniqlang. (Oson) 6) Siz janubiy – g’arbiy yo’nalishda ketayotgan bo’lsangiz, Sizning o’ng tomoningizda ufqning qaysi tomoni turadi? (Oson) 7) Tush vaqtida uylarning soyasi tushib turmaydigan ko’cha qaysi yo’nalishda ekanligini aniqlang?(o’rtacha) 8) Shimol tomonga uchayotgan samolyot, o’z yo’nalishini o’zgartirmasdan qanday qilib janubiy yo’nalishda uchayotgan bo’ladi? Bu yer sharining qayerida sodir bo’lishi mumkin. (qiyin) 9) Jangovor razvedkachi erta saharda qutb yulduziga qarab razvedka uchun dushman ortiga bordi. Kun botayotganda u quyoshga qarab o’z makoniga qaytdi. Sizningcha u qanday qilib quyoshga qarab va qaysi yo’nalishda qaytgan? (qiyin) 10) Yoz kunlaridan birida o’quvchi o’rmon orqali ko’lga chiqayotgan paytda quyosh undan chap tomonda edi. 6 soat o’tgach u uyga qaytayotganda quyosh o’quvchining qaysi tomonida turishini aniqlang. (qiyin)