Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti


 O’rta Osiyoda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#356461
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARIX 1 — копия

  3. O’rta Osiyoda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati. 

                

XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur 

taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y 

berdi.  Ikkinchisi  Hindistonda  Boburiylar  davridagi  O’rta  Osiyolik 

mutafakkirlarning  ijodida  namoyon  bo’ldi  (Bobur,  Humoyun,  Akbar, 

Shohjahon va boshqalar). 

            XVII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVIII  asrning  boshlarida  O’rta 

Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) 

nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros 

qolgan.  Mashrab  o’sha  vaqtda  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarida 

tarqalgan  tasavvufning  qalandarlik  oqimiga  e’tiqod  qilib,  o’zining 

isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib 

borishga  harakat  qilgan.  O’z  g’azallarida  axloqiy,  ma’naviy  poklikka 

erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi. 

            U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga 

murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga 

quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, 

o’zgalarga  yaxshilik  qilishga,  sahiylikka,  halol  bo’lishga,  o’z  mehnati 

evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi. 

            Mashrab  o’z  ijodida  xulq-odob  masalalariga  katta  e’tibor  berib, 

odamlarni  yaramas  hatti-harakatlardan,  takabburlik  va  yolg’on 

so’zlashdan 

saqlanishga 

undaydi. 

Uning 


ma’naviy-axloqiy 

dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka 

ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi 

bo’lishi  lozimligi,  aks  holda  yomon  oqibatlarga  olib  kelishi  haqida 

yozadi.  Mashrab  ijodidagi  bunday  g’oyalarning  mustaqil  O’zbekiston 

yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta. 

          XVII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVIII  asrning  boshlarida  ijod 

qilgan  O’rta  Osiyolik  mutafakkirlardan  biri  Mirza  Abdulqodir  Bedildir 

(1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli 

degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning 

buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi. 

          Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida 

alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va 

diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb 

biladi.  Bu  haqida  shunday  deydi:  “Har  kimki,  hazrati  insonni  sajdaga 



sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday 

davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. 

Inson  o’z  baxtini  o’zi  yaratadigan  zot  deb  qaraydi.  “Odam  abadiy 

yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.  

          Bedil  insonga  ikki  xil  abadiylik  xosligini  aytadi.  Birini  umumiy 

abadiylik – hamma narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy 

abadiylik. 

        Ikkinchisi  xususiy  abadiylik  –  o’z  faoliyati,  mehnati,  yaxshi  ishi 

bilan  insonlarga  manfaat  etkazgan  kishilarga  xos.  Bedil  tiriklining 

ma’nosini  –  daraxt  o’tkazish,  ekin  ekish,  ularni  parvarishlash, 

bechoralarga  xayr-sahovat  ko’rsatish,  ojizlaroga  yo’l  ko’rsatish, 

bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi. 

          Insonning  abadiyligini  belgilovchi  omillardan  biri  ilmdir  deydi 

mutafakkir.  Inson  umrining  boqiyligi,  adabiyligi  haqidagi  bunday 

qarashlar tahsinga sazovor.  Zero, tarixda abadiy nomi  qolgan  ma’naviy 

tirik  siymolar  faqat  ilm-ma’rifat  va  o’zlarining  yaxshi  ishlari  bilan  o’z 

nomlarini  abadiyatga  muhrlab  ketganlar.  Ular  yoqqan  ilm-ma’rifat 

shamlari  mnecha  asrlar  bo’yicha  insoniyat  yo’lini  yoritib  kelmoqda  va 

yana  necha  asarlar  yoritgusidir.  Bunday  siymolar  qatoriga  dunyoviy  va 

diniy ilmlar sohiblari kiradi. 

           XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, 

Gulhaniy,  Mahmur,  Nodirabegim,  Uvaysiy,  Munis  Xorazmiy,  Ogahiy, 

Feruz va boshqalarning o’rni va roli ham beqiyosdir. 

            XIX  asrda  O’rta  Osiyoda  ma’naviyat  va  ma’rifat  rivoji  Ahmad 

Donish  (1827-1897)  ijodi  va  ma’rifatparvarlik  faoliyati  bilan 

chambarchas  bog’lanib  ketganligini  alohida  qayd  etish  lozim.  U  inson 

turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bo’la oladi, deydi. 

           “Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish 

uchun,  dunyoning  ajoyib  sirli  tomonlarini  tadqiqetish  uchun,  uning 

hamma  qit’alarini  va  aholisini  bilish  uchun  tug’ilganmiz”deydi  Ahmad 

Donish. U ilmni,  ma’rifatni rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali 

qoloqlikdan  qutilish  mumkin  deb  ma’rifatparvarlik  g’oyalarini  ilgari 

suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy va 

boshqalar ham alohida o’rin tutadi. 

           Ma’rifatparvarlik  g’oyalari  Maxmudxo’ja  Behbudiy,  Munavvar 

qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf 




Fitrat,  Abdulhamid  Cho’lpon,  Abdulla  Qodiriylar  kabi  jadidchilar 

faoliyati  va  ijodida,  millat  ozodligi  uchun  kurash  bilan  bog’lanib 

ketganligini alohida qayd etish lozim. 

           Jadidchilik  aslida  ma’rifatparvarlik  harakatining  ko’rinishidir. 

Ma’rifatning  lug’aviy  ma’nosi  bilim  demakdir.  Ma’rifatni  hayotgan 

singdirish  esa  maorif  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Ma’rifat  bilim  va 

madaniyatning  mazmuni  bo’lib,  maorif  esa  ushbu  mazmunni  yoyish 

qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab 

va  o’quv  yurtlarida  amalga  oshiriladi.  Ma’rifat  tushunchasi  maorif 

tushunchasidan  keng  bo’lib,  bilim  va  madaniyatni  yoyish  va 

yuksaltirishning  barcha  turlarini  va  shakllarini  o’z  ichiga  oladi. 

Insoniyatning 

bir 

jamiyatdan 



ikkinchi 

jamiyatga 

o’tishi 

ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. 

        Jadid  so’zi  arabchadan  yangilanish,  yangi  usul  ma’nolarini 

anglatadi.  U  yangi,  zamonaviy  maktab,  matbuot,  milliy  taraqqiyot 

usullari, yo’llari va tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy 

g’oya  va  maqsadlari  quyidagilardan  iborat:  Turkistonni  o’rta  asrchilik, 

feodal  qoloqlik,  xurofotlardan  tozalash,  millatni  zamonaviy  taraqqiyot 

yo’liga olib chiqish, milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament 

va prezident idora usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat 

maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va h.k.lardan iboratdir.  

         Turkistondagi jadidchilik harakati milliy-ozodlik kurashi jarayonida 

yuzaga  kelgan  tarixiy  ijtimoiy  harakatdir.  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr 

boshlarida  bu  harakatning  tarixiy  ahamiyati  katta  bo’lgan,  bu  davrda 

jamiyatning  ma’naviy  inqirozi  chuqur  ildiz  otgan  bo’lib,  milliy 

madaniyatni  ko’tarmay,  umuminsoniy  qadriyatlarni  o’zlashtirmasdan 

turib, ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymasdan turib ijtimoiy-

siyosiy,  iqtisodiy  taraqqiyotga  erishish  mumkin  emas  edi.  Jadidchilar 

millatni qoloqlik, hurofot botqog’idan oilb chiqish uchun harakat qilishi 

bilan  birga  shariatga  qat’iy  rioya  qilish  orqali  maktab  va  madrasalarda 

ta’lim  berish  tizimini  dunyoviy  bilimlar  berish  asosida  isloh  qilish 

g’oyalarini  ilgari  surganlar  va  buni  amalda  ko’rsatib  berganlar. 

Jadidchilik  harakati  milliy  uyg’onish  va  milliy  ong  yuksalishida  katta 

ahamiyat kasb etgan. 

           

 



                                      


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish