1. IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli
ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri .
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli
ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va
ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan.
Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari
etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng
tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun
davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil
etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-
ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy
Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-
Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati
mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr
madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni
anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz
imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan
ajralib turadi.
Fanda Sharq va arab uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular
umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos
xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai
nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi
uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, arab uyg’onish davri
XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. arab uyg’onish davri
uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning
g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va arab uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga
murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda
universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda
namoyon bo’ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining
taraqqiyoti;
2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga
suyanish;
3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va
boshqa tabiiy fanlar rivoji;
4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi;
6) falsafaning keng darajada rivoj topishi;
7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji;
8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan
va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda
yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino,
Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-
Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro,
Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning
dongi butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva,
Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning
markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: