Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#356461
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARIX 1 — копия

   

 

 

 

 

 

   

     

 


           2.  O’rta  Osiyo  –  sharqning  yuksak  ma’naviyat  va  yirik 

tafakkur markazi. 

                   

O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk 

allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning 

har  ikkovi  ham  Bag’doddagi  “Bayt-ul-hikma”ning  etakchi  ilm 

sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi 

yurtimizda  keng  nishonlandi.  Uning  vafoti  861  yildir.  U  mashhur 

falakkiyotshunos  olim.  Uning  asosiy  asarlari  “Astranomiya  va 

astralyabiyaga  kirish”,  “Falakdan  bo’ladigan  sabablar”,  “Astralyabiya 

fani  usullari”,  “Osmon  harakatlari  va  yulduzlar  ilmi”  va  boshqalardir. 

Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya 

sohasidagi 

bilimlarning 

qomusi 

bo’lgan. 

Unda 

qadimgi 


falakiyotshunoslik  bilimlari,  uning  qoidalari,  usullari  bayon  qilingan. 

Asar  XII  asrdayoq  lotin  tiliga  tarjima  etilib,  ko’p  asrlar  davomida 

Yevropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib 

kelgan. U Yevropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan. 

            Al-Xorazmiy  (780-850  yy.)  Sharqning  buyuk  mutafakkiri, 

qomusiy  olimdir.  Uning  ilmu-nujum,  geodeziya,  geografiya  va  ayniqsa 

riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors 

tillarini bilgan. 

          Xorazmiy  bir  qancha  kitob  va  risolalarning  muallifidir.  Bulardan 

eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda 

yangi  mustaqil  fan  –  algebraning  vujudga  kelishiga  zamin  bo’ldi.  U 

tenglamalarni  echishning  ikki  usulini  –  al-jabr,  ya’ni  qarama-qarshi 

ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil 

hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi. 

          Xorazmiy  “Sind  Hind”,  “Ziji  Xorazmiy”,  “Astrolyabiya  bo’yicha 

risola”,  “Quyosh  soati  haqida  risola”,  “Erning  shakli  haqida  kitob”, 

“Trigonometrik jadvallar”, “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va 

boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Yevropa va 

Yaqin  Sharq  ilmini  qadimgi  hindlarning  o’nlik  tizimi  bilan  tanishtirish 

bo’ldi. Uni Yevropada “Algaritmus” deb yuritganlar.  

        Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz 

(873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” 




degan  unvonga  sazovor  bo’lgan  mutafakkirdir.  Sharqda  qadim 

Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb 

yuritilgan.  Farobiy  ko’p  tillarni  bilgan  qomusiy  olimdir.  U  yaratgan 

asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 

1) qadimgi  Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini –  Aristotel, Platon, 

Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, 

targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining 

tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning 

“Metafizika”  asariga  izoh”,  “Aristotelning  “Osmon  sistemasi”  kitobiga 

izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, 

“Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”,  

“Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish 

mumkin.  

            Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, 

yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi 

inson va jamoaning o’z qo’lidadir.  U davlatni fozil va johil davlatlarga 

bo’ladi.  Fazilatli  shaharlarda  ilm-fan,  falsafa,  axloq-ma’rifat  birinchi 

o’rinda  bo’lmog’i  lozim  deb  biladi.  Shunda  jamiyat  etuklikka  erishadi. 

Fozil  shahar  boshlig’i  bilimli,  haqiqatni  sevuvchi,  yolg’on  va 

yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat 

uchun  kurashuvchi  bo’lishi  kerak  deb  aytadi.  Farobiy  insonni  kamoloti 

uchun  xizmat  qilgan,  hayr-ehsonli  ishlar,  go’zal  insoniy  fazilatlarni 

yaxshilik  deb  hisoblaydi.  Insonning  kamolotiga  to’sqinlik  qiluvchi 

dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-

hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan 

ogohlantiradi. 

          Farobiy  hayotning  oliy  maqsadi  baxt-saodatga  erishuvdan  iborat, 

kishilar  bunga  olamni  o’rganish,  kasb-hunar  va  ilmlarni  o’zlashtirish  – 

ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi. 

           Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani 

tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli 

hamma fanlarga katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik 

tabiatshunos va  faylasufdir. U o’z umri davomida 150  dan ortiq asarlar 

yaratgan.  Shulardan  eng  mashhurlari  “Qadimgi  ajdodlardan  qolgan 

yodgorliklar”, 

“Ma’sud 


qonuni”, 

“Hindiston”, 

“Geodeziya”, 



“Mineralogiya”,  “Saydana”  va  boshqalardir.  Garchi  Beruniy  falsafiy-

axloqiy  masalalarga  oid  asar  yozmagan  bo’lsada,  ammo  ko’pgina 

asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan. 

           Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak 

qadrlaydi.  Uni  eng  insoniy-axloqiy  sifat  deb  maqtab,  amalda  o’zi 

ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi 

hind-sanskrit  tilini  o’rganib,  bu  tilgan  Evklidning  “Elementlar”, 

Ptolomeyning  “Almajistiy”  asarlarini  tarjima  qildi  va  hind  olimlarni 

yunon  ilmi  va  falsafasi  bilan  tanishtirdi.  O’zi  esa  hindlarning  ilmi, 

adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.  

           Bu  haqida  Beruniyning  o’zi  shunday  deb  yozadi:  “O’zimni  ... 

ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim 

bilan  tutar  edim...  So’ng  hisob  ilmining  haqiqiy  yo’llarini  ularga 

ravshanlashtiradigan  bo’ldim...  ularning  kattalari  meni  o’z  tillari  bilan 

“Daryo” deb maqtar edilar”. 

          Beruniy  fikricha,  kishilar  uchun  dunyoda  turli  hollar  bor.  Bu 

maqtaluvchi  –  yaxshilik  va  qoralanuvchi  –  yomonlikdir.  Maqtaluvchi 

yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi. 

          Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U 

mamlakat  ravnaqini  fan,  ma’rifat  ravnaqida  ko’rgan.  Ilm-fan,  ma’rifat 

sahovatli  xizmatni  o’tashi  mumkin  deb  hisoblaydi.  U  shunday  yozadi: 

“Mening  butun  fikru-yodim,  qalbim  –  bilimlarni  targ’ib  qilishga 

qaratilgan,  chunki  men  bilim  orttirish  lazzatidan  bahramand  bo’ldim. 

Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. 

            Insonning  oliy  fazilati  boshqalar  haqida,  ayniqsa,  kambag’allar 

haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, 

inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan 

madaniyatga  qirg’in  keltiruvchi  urushlarni  qoraladi.  Beruniy  madaniy 

hamkorlik  va  ilm-ma’rifatning  keng  tarqalishiga  katta  e’tibor  bergan 

allomadir. 

            Jahon  madaniyati  va  ma’rifatiga  katta  hissa  qo’shgan,  Sharq  va 

Evropada  “Shayx-ur-rais  –  olimlar  boshlig’i”  unvoniga  ega  bo’lgan 

alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho 

xazinadir.  U  o’z  umri  davomida  450  dan  ortiq  asarlar  yaratgan.  Uning 




“Tib qonunlari” nomli  5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida  Sharq va 

Yevropada  medistina  bo’yicha  asosiy  qo’llanma  bo’lib  xizmat  qilib 

kelmoqda. 

         Ibn  Sino  yoshligida  zo’r  mehnat,  izlanish,  g’ayrat  bilan  ilmlarni 

o’rganishga  kirishgan.  U  bu  haqida  shunday  yozadi:  “Uyquga  ketgan 

vaqtimda  ham  o’ngimdagi  masalalarni  ko’rardim.  Shu  holatda  ko’p 

masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda  hamma ilmlarni, 

mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan 

darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir 

marta  qayta  o’qidim”.  U  menga  hatto  yod  bo’lib  ham  qoldi.  Lekin 

shunday  bo’lishiga  qaramay,  men  uni  va  uning  maqsadlarini  tushuna 

olmasdim”,  -  deb  yozadi  u  tarjimai  holida.  Ibn  Sino  bu  muammoni 

Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi. 

           Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay 

–  matematika,  astranomiya,  fizika,  kimyo,  biologiya,  farmakologiya, 

psixologiya,  filologiya,  falsafa  va  tabobat  sohasida  barakali  ijod  qilgan 

mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. 

Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, 

xususan – mantiq, fizika, matematika,  metafizikani to’liq qamrab olgan 

“Kitob  ash-shifo”,  20  tomdan  iborat  “Kitob  ul-insof”,  “Donishnoma”, 

“Lison  ut-tayr”,  “Solomon  va  Ibsol”,  “Hayy  ibn  Yaqzon”  kabi  asarlari 

kiradi. 


o’zining 

falsafiy-axloqiy 

asarlarida 

hukmdorlarni 

qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, 

adolat  yuzasidan  ish  yuritishga  chaqiradi.  Adolatni  inson  xatti-

harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. 

          Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish 

orqali  qo’lga  kiritiladi.  Bilim,  ma’rifat  inson  hayotining  ajralmas 

tomonidir.  

          Ibn  Sino  “Solomon  va  Ibsol”  qissasida  rostgo’ylik,  sadoqat,  pok 

muhabbat, irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi. 

         Mutafakkir  kishilarni  do’stlik  va  haqiqatga,  do’stlikning  qadriga 

etishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, 

deb qaraydi.  




          Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Yevropa madaniyati va 

ma’rifati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. 

           IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga 

ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib 

o’zining yagona dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu 

asar  1069  yilda  yozilgan  bo’lib,  uni  shoir  Qashg’ar  hokimi  Sulaymon 

Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni 

buyuk  xonning  maxsus  maslahatchisi  unvoni  berilgan.  Doston 

qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi 

sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi. 

           Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda 

va  foydali  mehnatda  chinakam  kamolotga  etadi,  degan  g’oyani  ilgari 

suradi.  Insonga  foyda  keltirmaydigan  inson  –  o’likdir,  deb  ta’kidlaydi. 

Jamiyatda  mehnat  ahli  –  dehqonlar,  chorvadorlar,  hunarmandlar  hal 

qiluvchi  rol  o’ynaydi,  deb  uqtiradi.  Shuning  uchun,  Yusuf  Xos  Hojib 

hokimga  adolatli  bo’lish,  o’zboshimchalik  va  qonunsizlikka  yo’l 

qo’ymaslikni maslahat beradi. 

            Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inston bo’lishi 

lozim,  chunki  dunyoda  faqat  insoniylikkina  abadul-abad  qoladi.  Shu 

sababli  o’z  nomini  hamisha  yaxshilik  bilan  eslashni  istagan  kishi  faqat 

yaxshilik  qilishi  lozim.  U  shunday  yozadi:  “Kimning  odobi  yaxshi  va 

axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi”, 

chunki “yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir”. 

           Yusuf  Xos  Hojib  ilm  va  ma’rifatni  jamiyatning  taraqqiyotiga, 

gullab-yashnashiga  olib  keluvchi  kuch  deb  bilib,  ularni  egallashgan 

da’vat  etadi.  U  kishini  zulmat  ichidagi  uyga,  bilimni  esa  ana  shu  uyni 

nurafshon  etuvchi  mash’alga  o’xshatadi.  Shoir  kishilarni  so’zlaganda 

o’ylab  gapirishga  chaqiradi.  So’zingga  ehtiyot  bo’l,  boshing  ketmasin, 

tilingga  ehtiyoj  bo’l,  tishing  sinmasin.  Ma’nodor  so’z  donolik  alomati, 

bema’ni so’z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois odam 

ko’proq  quloq  solib,  kam  gapirishi  kerak  deb  aytadi.Yusuf  Xos  Xojib 

shuningdek,  insonning  tashqi  qiyofasi  uning  ichki  ma’naviy  dunyosiga 

mos  bo’lishiga  katta  ahamiyat  beradi.  Mutafakkir  yolg’onchi,  munofiq 

kishilar  jamiyat  uchun  zararli,  bunday  kishilardan  uzoq  bo’lish  kerak 

deydi. 



           Shunday  qilib,  XI  asrda  yashab  ijod  qilgan  Yusuf  Xos  Hojib 

«Qutadg’u bilig» asarida ma’rifatparvarlik, yuksak axloqiylik g’oyalarini 

ilgari suradi. Bu asar katta ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga 

ega. 


         Biz o’rganayotgan davrda axloqiy-didaktik mavzuda asar yaratgan 

va shuhrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII 

asrning  birinchi  yarmida  yashab  ijod  qilgan.  Undan  bizgacha  «Hibatul-

haqoyiq»  dostoni  etib  kelgan.  U  o’z  dostonida  dunyoning  bevafoligi, 

o’tkinchiligi  haqida  gapirib:  dunyo  go’yo  karvon  faqat  ozgina  fursat 

to’xtab  o’tiladigan  rabot  (karvonsaroy),  shu  sababli,  ta’kidlaydi  u,  bu 

dunyodagi  rohat-farog’atga  intilish  befoyda,  uni  deb  azob-uqubat 

chekishga  arzimaydi,  chunki  «sen  bugun  ko’rib  turgan  boylik  ertaga 

g’oyib  bo’ladi,  sen  o’zimniki  deb  bilgan  buyumlar  boshqalarga  qolib 

ketadi. Shuning uchun faqat yaxshilik urug’ini sekish uchungicha yashash 

kerak  deb  uqtiradi.  U  bilimli,  ma’rifatli  kishilarni  etuk  kishilar  deb 

hisoblaydi. Inson bilan bilimni ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina 

kamol topishi mumkin de ta’kidlaydi. 

           Uning  fikricha,  inson  olim  bo’lgandan  keyingina  ulug’lik 

darajasiga  ko’tariladi  va  yaxshi  nom  qoldiradi.  Bilimsiz  kishi  sog’lom 

bo’lsa ham, u o’likdir deb ko’rsatadi. Bilim inson uchun bitmas-tuganmas 

mulkdir,  deb  ta’kidlaydi.  Shoir,  axloq-odobdagi  asosiy  narsa  tildir,  til 

baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir deb uqtiradi. Shu bilan birga olim 

halollik  va  haqgo’ylik,  saxiylik  inson  uchun  fazilat,  unga  intilish  kerak 

deya,  xasislik  va  badfe’llikni  qoralaydi.  Kamsuqumlik  va  kamtarinlik 

insonni ulug’laydi, deb ko’rsatadi. 

         Kishilarga faqat yaxshi odamlardangina do’st orttirishini maslahat 

beradi.  Faqat  yaxshi  ishlar  qilibgina  yaxshi  natijalar  kutish  mumkin, 

chunki «...tikan ekib, hosiliga uzum olmaysan» deb aytadi. 

 

 

 



 

 




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish