Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 79,96 Kb.
bet6/7
Sana01.12.2022
Hajmi79,96 Kb.
#876230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alohida sanoat tarmoqlarining joylashishi va rivojlanishi 1 (3)

Birinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Bunda Oʻzbekiston kuchli oʻrinlarga ega. Oʻzbekistonga mintaqaning 50 foiz aholisi va 20 foiz YAIM toʻgʻri keladi. Mamlakat ham mintaqaning ichida, ham mintaqa va xalqaro moliya bozori oʻrtasida moliyaviy xab xizmatini taklif qilishi mumkin. Oʻzbekiston kompaniyalarining aksiya bozorlari ochiqligi tufayli ularning Markaziy Osiyo bozoridagi kapitallashuvi oshadi. TXMMning global investorlar bilan doʻstona aloqalari mintaqadagi boshqa mamlakatlar kompaniyalarini xalqaro bozorda ilgari surish imkonini beradi.
Ikkinchidan, Osiyo mintaqasi oʻzligi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining taxminan 70 foizi Osiyo mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Turkiya, Janubiy Koreya mamlakatlari asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi. TXMM Oʻzbekiston va hamkor mamlakatlar moliyaviy infratuzilmalarining “yaqinlashuvini” va bu bilan savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar oʻrtasida moliyaviy oqimlar harakatlarining tranzaksiya xarajatlarining pasayishini taʼminlashi, Oʻzbekistonga mahsulot yetkazib beruvchilarni mahalliylashtirish uchun ularning kapitallarini jalb qilishi, oʻzbek mahsulotlarini import qiluvchilarni korxonalarimizni birgalikda kengaytirishga qiziqtirishi mumkin.
Islomiy oʻzlik MENA mintaqasidan kapital jalb qilish, islomiy va noislomiy moliyalar oʻrtasida koʻprik boʻlish, TXMMning Yaqin Sharq moliya markazlari boʻlmish Dubay, Kasablanka, Abu-Dabi, Er-Riyad, Qatar, Kuvayt kabi moliya markazlari bilan hamkorligi Oʻzbekistonning investitsiya salohiyatini rivojlantirish imkonini beradi.
Uchinchidan, Gʻarb bilan hamkorlikni rivojlantirish (AQSH, YEI mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya). TXMMning Nyu-York, London, Parij, Frankfurt kabi ilgʻor gʻarb moliya markazlari bilan hamkorligi Oʻzbekiston investitsiya salohiyatining va real hamda moliya sektori kompaniyalarining rivojlanishini taʼminlaydi.
Geosiyosiy oʻzgarishlar sababli xalqaro investorlarda emitentlarning geografik diversifikatsiyasiga boʻlgan talab oshadi. Oʻzbekistondagi ESG-loyihalar ilgʻor mamlakatlar iqtisodiyotining ESG-transformatsiyasi majburiy sekinlashgani sababli qoʻyilmalar uchun yangi aktivlar izlayotgan moliyaviy investorlarning eʼtiborini jalb qiladi. Oʻzbekistonning oʻsayotgan iqtisodiyotining qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritish xorijiy investorlarga oʻz iqtisodiyotlaridagi xavflardan qochish imkonini beradi. Bu boʻlajak TXMMning geografik ixtisoslashuvini belgilashdagi keng yondashuv foydasiga qoʻshimcha dalil hisoblanadi.
Triada – rivojlangan ichki moliya bozori, xorijiy investorlar va moliyaviy texnologiyalar (moliya xizmatlaridagi texnologiya va innovatsiyalar) – Oʻzbekistonning moliya sanoatini oʻzgartiradi. Sunʼiy intellekt (SI), blokcheyn, bulutli hisoblash va katta maʼlumotlarni qayta ishlash moliya institutlarining raqobatbardoshligini belgilaydi, ularning mijozlariga moliya xizmatlarini olishda yengillik beradi, investitsiyalar boʻyicha turli imkoniyatlar taqdim etadi. Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil qilish jarayonida Oʻzbekiston milliy farovonlikni oshirish vazifasini hal qilishda ushbu ilgʻor tajribalardan, institut va texnologiyalardan foydalana oladi.
Xalqaro moliya markazi – bu yuqori sifatli xalqaro eʼtirof, shuningdek emitentlar, investorlar va moliya institutlari, majoritar va minoritar aksiyadorlar, sudlar, daʼvogarlar va javobgarlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar madaniyatini rivojlantirish, mijozlarga yoʻnaltirilgan moliyaviy infratuzilma xizmatlari, mehmondoʻstlik va biznesga eʼtibordir. TXMMnng tashkil etilishi Yangi Oʻzbekistonning global ijtimoiy muhitini shakllantirish loyihasidir.
Toshkentdagi Xalqaro moliya markazi mamlakatga qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini rivojlantirish orqali Oʻzbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi. TXMM ishga tushirilgan islohotlar dasturlarini kuchaytiradi, moliya sektorining taraqqiyoti va uning islohotlarga bogʻliqligi hisobidan milliy iqtisodiyotni rivojlantirib, Oʻzbekiston fuqarolarining bir necha avlodlari farovonligini oshiradi.
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi: - import o’rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o’ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi55 . Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo’naltirilmoqda. Xususiy sektorning o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.
Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish; - sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish; - sanoatga ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish; - sanoatning o’sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish; - milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; - iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik va markazlashuvni rag’batlantirish. Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo’lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash yo’nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko’rsatuvchi investorlar foyda solig’idan dastlabki 5 yil davomida to’liq ozod qilinadi.
Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko’rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo’ladi. Ushbu ikkala yo’nalish bir-biri bilan uzviy bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo’lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg’armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to’plangan bo’lib, undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo’lamiz.
Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi.
Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o’zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg’or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab o’tganidek, "O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda". Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg’or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo’lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo’naltirilayotganining guvohi bo’lamiz.


XULOSA
Mazkur tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektoriga sanoat salohiyati va investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasi o‘rganilib, shundan bir qator xulosalar chiqarish mumkin:
“Investitsiya” atamasining iqtisodiy mohiyatini aniqlash maqsadida ushbu iqtisodiy kategoriyaning paydo bo‘lishining tarixiy tajribasi va uni bugungi sharoitda tushunish o‘rganildi.
Investitsion siyosatning mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilar ekan, investitsiyalar butun milliy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishi, byudjet, ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosat orqali uning barqaror rivojlanishini ta’minlashi aniqlandi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun mamlakatda sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun ham umumiy shart-sharoitlarni yaratishga, ham xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammosini hal qilish bilan bog'liq bo'lgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator tub chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. .
Investitsion faoliyatning dastlabki va zarur sharti uni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazadir. Bitiruv malakaviy ishida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlari, investorlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida hukumat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlar va alohida shartlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi nisbatan to‘yinganligiga qaramay, uning samaradorligi va investitsiya faoliyatiga ta’siri yetarli emas. Bu investitsiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, unda belgilangan mexanizmlarni faollashtirish zarurligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotni izchil isloh qilish, qonunchilik bazasini takomillashtirish, strategik davlat dasturlarini amalga oshirish tufayli bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida qulay investisiya muhiti, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi yaratilgan. Bu, birinchi navbatda, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag'batlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi, jumladan:
- umumiy chora-tadbirlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha imtiyozlar;
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlarning ishtirokini rag‘batlantirish;
- texnik qayta jihozlashni va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni rag'batlantirish.
Qulay investitsiya muhiti qabul qilingan bir qator qonun hujjatlari – “Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentning “Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi Farmoniga asoslanadi. xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish va imtiyozlar”, “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va bir qator boshqalar. Ta’kidlash joizki, “Chet ellik investorlarga kafolatlar to‘g‘risida”gi qonunda investitsiyalardan keyingi o‘n yil ichida xorijiy investitsiyalarni qonunchilikdagi investitsiya sharoitlarini yomonlashtiruvchi o‘zgarishlardan himoya qilish ham nazarda tutilgan.
O‘zbekiston korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish dasturlarini amalga oshirish, soliq yukini kamaytirish, amortizatsiya siyosatini ishlab chiqarishni investitsiyaviy rekonstruksiya qilish vazifalariga mos ravishda takomillashtirish orqali ularning investitsiya va moliyaviy salohiyatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; uni eskirgan foydalanilmagan aktivlarning ulkan massasidan ozod qilish;
amaldagi korxonalarni modernizatsiya qilish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalarni O‘zbekistonga olib kirishda tashqi savdo va soliq rejimlarini erkinlashtirish;
xususiylashtirilgan bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish masalasini hal etish asosida mahalliy korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida majburiy xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini joriy etish, buxgalteriya hisobi va auditni isloh qilish.
Shunday qilib, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb qilish masalasi, ayniqsa, moliyaviy inqiroz oqibatlari tufayli jahon bozori faolligining pasayishi sharoitida prinsipial ahamiyatga ega. Bundan tashqari, real sektorga sarmoya kiritishning vazifalari mamlakatimiz uchun ijtimoiy “xavfsizlik yostig‘i”ni yaratish, xalq farovonligining yuksalishini, kuchli va mustaqil iqtisodiyotni shakllantirishni kafolatlash, bunda mamlakatimizning ahamiyati va salmog‘ini oshirishdan iborat. jahon siyosati. Mazkur tadqiqotda bayon etilgan takliflarni qo‘llash yuqoridagi maqsad va vazifalarga erishish uchun investitsiya faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.



Download 79,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish