Aholining hududiy joylashuvi shakllari
2. Aholi zichligi ko’rsatkichi va uning o’ziga xos jihatlari. Aholi zichligi – bir km.kv. maydonga to’g’ri keladigan aholi soni. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
꞊ aholi zichligi
P – hududning doimiy aholi soni
Q – hududning maydoni (yirik suv havzalari maydoni hisobiga olinmaydi)
Dunyo aholisining o’rtacha zichligi – 1 km.kv.ga 53 kishi. Eng yuqori zichlik ko’rsatkichi Baxraynda – 1 km.kv. maydonga 1901 kishi. Eng past zichlik ko’rsatkichi Mo’g’ilistonda – 1 km.kv. maydonga 2-3 kishi.
Jahon davlatlari aholisi zichligi ko’rsatkichi bo’yicha 3 guruhga ajratiladi:
1. Aholi zichligi past bo’lgan davlatlar - 1km²da 53 kishigacha;
2. Aholi zichligi o’rtacha bo’lgan davlatlar - 1km²da 53 kishidan 200 kishigacha;
3. Aholi zichligi yuqori bo’lgan davlatlar - 1km²da 200 kishidan ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |