O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi zichligi
Buxoro va Jizzax viloyatlarida ham aholi zichligi uncha yuqori emas, Surxondaryo va Qashqadaryoda esa u o’rtacha ko’rsatkichdan birmuncha yuqori. Biroq shunga qaramasdan, hatto bu hududlarning ham ichki, qadimdan sug’orildaigan rayonlarida (masalan, Vobkent, SHofirkon, G’ijduvon, SHahrisabz, Kitob, Qarshi, Yakkabog’ tumanlarida) aholi ancha zich joylashgan. Umumiy tarzda respublika aholi joylashuvi ko’p jihatdan gidrografik shahobchalar-sug’oriladigan daryo va irrigatsiya inshootlari bilan belgilanadi. SHu bilan birga, yirik shaharlar, ayniqsa Toshkent aglomeratsiyasi doirasidagi qishloq tumanlarida ham aholi joylashuvi juda zich (1 km2 ga 700-750 kishini tashkil etadi).
Respublikada 2017 yil 1 yanvar holatiga 168 ta tuman, 119 ta shahar (respublika bo`ysunuvida – 2 ta, viloyatlar bo`ysunuvida – 24 ta va tumanlar bo`ysunuvida – 93 ta), 1081 ta shaharcha, 1468 ta qishloq fuqarolar yig`inlari, 10998 ta qishloq aholi punkti hamda 8207 ta mahalla fuqarolar yig`inlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |