4.Qadimgi dunyo shaharlarining vujudga kelish jarayonlari.
Qadimgi shaharlar (eramizning V asrigacha). Umuman olganda, shaharlaming vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bogMaydilar. Ma’lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikning ehorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dehqonchilik, xususan, sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi muqim, doimiy (statsionar) aholi manzilgohlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dastlabki sug‘orish inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurib, undan foydalanar va ulami qo‘riqlardi. Shu asosda kishilaming qadimiy jamoasi vujudga kelgan. Ammo bu jamoa (jamiyat emas), kishilaming hududiy birligi u davrda shahar ham qishloq ham deb aytilmasdi.
Shaharlar, ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya’ni dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘lgan. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish hamda tovar ayirboshlash (almashtirish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘mashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shahar» deb atalgan. Ilk shaharlaming vujudga kelishi, asosan daryobo‘yi sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Qadimgi Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi 23 davlatlarda eramizdan avvalgi 4-3-ming yilliklarda shaharlar bo‘lgani tarixiy manbalardan ma’lum. Ur, Uruk, Lagash, Kish, Harappa, Bobil, Nineviya, Memfis eng qadimgi shaharlardan hisoblanadi.
Harappa qirolligi egizak poytaxtdan alohida tarzda mutlaq kuchga ega bo‘lgan rohib-qirol tomonidan boshqarilgan. M.aw. 2000-yilliklargacha Shumer shahar davlatlarida savdo belgilari bo‘lgan. Lekin o‘zgarmas moddiy madaniyat va hozirgacha olimlar tomonidan oxirigacha qisman o‘qilgan yozuvlar shuni anglatadiki, Nil daryosi shaharlaridan farqli ravishda, Harappa madaniyati va shaharlari mustaqil ravishda paydo bo‘lgan. Bir asr davomida barqaror rivojlanganiga qaramay, Harappa sivilizatsiyasi bosqinchilar tomonidan m.aw. 1500-yilda buzib tashlangan. Mesopotamiya shaharlari m.aw. 2000-yillarda mavjud bo‘lgan. Mezoamerikadagi bir qancha sivilizatsiyalar esa, masalan, Maya, 300-1000-yillarda eng rivojlangan sivilizatsiyalardan bo‘lgan. Tikal, Vaksastum, Mayapan kabi shaharlar kichik davlatlaming poytaxti bo‘lib, rohib tomonidan tayinlangan boshqaruvchi tomonidan boshqarilgan va ozod konfederatsiyaga birlashtirilgan.
Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo‘lgan. Ayni shu vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini ham o‘taganlar, shaharlarda hokimiyat-boshqaruv, armiya, chinovniklar to‘plangan. Natijada, shahardavlat (goroda-polisi) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Karfagen, Buxoro, Samarqand (Marokand), Xiva shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |