3.Yangi va eng yangi davr shaharlari.
Postindustrial shaharlar (1970-yillardan hozirgi kunga qadar). Fan-texnika inqilobi natijasida, sanoat yetakchilik qilgani holda, shaharlaming ilm-fan, texnik-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-madaniy fiinksiyalari ortib boradi. Ular ko‘p funksiyali shaharlarga aylanib, murakkab shahar tizimlarini (shahar aglomeratsiyalari, megalopolislar) shakllantiradi.
Bu davr jahon miqyosida globallashish jarayonining yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, xalqaro ish yuritish, moliya-kredit, iqtisodiymadaniy, savdo, siyosiy-tashkiliy funksiyalar shaharlar rivojlanishining asosini tashkil etadi. Bunday funksiyalaming takomillashib borishi natijasida xalqaro miqyosda ish bajamvchi “dunyoviy shaharlar” vujudga kelmoqda, masalan, xalqaro moliyaviy markazlar - London, Birmingem, Syurix, Jeneva; xalqaro turizm markazlari - Singapur, Kuala-Lumpur, Parij; iqtisodiy markazlar - Nyu-York, Tokio, Seul; siyosiy markazlarGaaga, Vena va h.k. Respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida shaharlar siyosiy-madaniy, iqtisodiy-moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, investitsiya va innovatsiya markazlari sifatida rivojlanmoqda.
“Bellning fikricha, industrial shaharlami postindustrial shaharlardan ajratib turavchi chegara 1956-yilda AQSHda sanoat sivilizatsiyasi ta’sirida birinchi marta oq yoqali ishchilar miqdori ko‘k yoqali ishchilar sonidan ortib ketganida sezilgan. Bell uchun postindustrial jamiyatlardagi mukammallik davri iqtisodiy tashkilot va sotsial munosabatlar tabiatidagi fundamental o‘zgarishlami anglatadi. Natijada, postindustrial shahar belgilari quyidagicha ko‘rinish oladi:
Iqtisodiy asos deindustrializatsiya va tertiarizatsiyada namoyon bo‘ladi. Ish bilan ta’minlash Fordism tizimidagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda aks etadi. Bular:
• Global iqtisodiy tizimga chuqur integratsiya.
• Urbanistik shakllami qayta tarkib topishi.
Daromadlar notengligi, sotsial va hududiy ajratish, urbanistik hududni xususiylashtirish va himoya qilinishi zarur bo‘lgan hududlaming ortishi kabi rivojlanayotgan muammolami ko‘payishi (M.Pacione, 2009, 51-b.). Bu davr uchun quyidagi xususiyatlar xos:
Dunyo shaharlari global tizimining shakllanishi. Bu samaradorligi yuqori bo‘lgan markazlardan uzoqda joylashgan yerlar bilan dunyoning bir xil ko‘rinishga keltirilishi, ya’ni ishchi kuchi va kapitalning global shaharga kelib mujassamlashuvi orqali alohida “dunyo shaharlari”ning kengayishi va ulaming quyi darajadagi shaharlarga ta’sirining oshishi. Qisqacha aytganda, mahalliy globallashib, global hududlar mahalliylashib bormoqda.
Urbanistik shakllami tubdan qayta qurilishi. Bu qayta ishlash katta miqdorda neologizmlami ishlab chiqib, ular shaharlarni bir vaqtning o‘zida ichkaridan tashqariga va tashqaridan ichkariga yo‘nalgan o'zgarishlarini ifodalovchi jarayonlar-megashahar, tashqi shahar, shahar chcgarasi, metropleks8, texnoburb9, post-suburbia, texnopolis, geicrpas va ekzopolis kabilami o‘z ichiga oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |