26.O‘zbekistonda shaharchalar vujudga kelishi omillari.
Shaharcha — maʼmuriy-hududiy birlik, shahar aholi manzilgohlari tiplaridan biri. Shaharchalar dunyoning barcha mamlakatlarida ham mavjud emas. Oʻzbekistonda yaqin vaqglargacha mazkur aholi manzilgohlari shahar tipidagi posyolkalar deyilgan. Manzilgohlarga Shaharcha maqomi berilishi uchun sanoat korxonalari, temir yoʻl stansiyalari va boshqalar muhim iqtisodiy obʼyektlar yonida joylashgan hamda aholisi kamida 2000 kishi boʻlishi va ularning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tashkil etishi lozim. Shuningdek, aholisi 500 kishidan iborat boʻlgan, biroq istiqbolli yoki uzoq rayonlarda joylashgan muhim aholi manzilgohlari hamda aholi 2000 kishidan kam boʻlmagan dam olish va davolanish maskanlari boʻlgan (rekreatsiya ahamiyatli) turar joylar ham Shaharchalarga kiritiladi. Ularning viloyatlar boʻyicha taqsimlanishi ham bir xil emas: Toshkent viloyatida— 18, Qoraqalpogʻiston Respublikasida— 16, Samarqand viloyatida— 12, Namangan viloyatida—11, Fargʻona viloyatida— 10, Jizzax viloyatida— 8, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida — 7 tadan, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida — 5 tadan, Qashqadaryo viloyatida — 4, Buxoro viloyatida —2, shuningdek, Toshkent shahri kengashiga qarashli 1 ta Shaharcha (Ulugʻbek) bor. Shaharcha aholisi shahar aholisining 11,6% (1087 ming) ni tashkil etadi (2003). Shaharchalar aholisi soni boʻyicha ham oʻzaro farq qiladi. Eng kichik Shaharcha — QublaUstyurt (Qoʻngʻirot tumanida) aholisi 0,7 ming kishi boʻlsa, eng katta Xonqa Shaharchasi aholisi 35,9 ming kishi. Shaharchalar, asosan, qishloq tumanlari markazi vazifasini bajaradi. Shuningdek, konchilar (Gʻozgʻon, Qoratov, Polvontosh, Olamushuk, Ingichka va boshqalar), sanoat korxonalari (Kimyogarlar, Iskandar, Oltiariq va boshqalar), temir yoʻl stansiyalari (Xovos, Oltinkoʻl, Yangi Margʻilon va boshqalar), ilmiy tadqiqot intlari (Ulugʻbek) Shaharchalari mavjud.
Namangan va Qashqadaryo viloyati shahrchalari bilan tanishamiz. Namangan viloyati Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967-yil 18-dekabrda qayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari — Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 2931,5 ming kishi (2021). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor.
Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Tojikiston Respublikasi hamda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,408,300 kishi (3-oʻrin) (2022). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala tumani), Mirishkor, Muborak, Nishon, Qamashi, Qarshi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Chiroqchi, 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |