Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar
“Ekoturizm” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida bakalavr atrof-muhitning sifatini baholash, ekologik turizmning jahon turizmida tutgan o`rni, milliy bog`lar, ekologik so`qmoqlar, rekreatsion landshaftlar, rekreatsion zonalardan foydalanish, tabiiy ekosistemalar degradatsiyasi, ekologik menejment, chet davlatlar ekoturizmi; Ekoturizmning tabiat haqidagi bilimlar tizimi bilan bog`liqligi; ekoturizmning shakllari; ekoturizmning ijtimoiy va iqtisodiy roli; ekologik-turistik texnologiyalar; ekoturizm geografiyasi; O`zbekistonda ekologik turizm rivojlanishining asosiy jihatlari; ekoturistik konsepsiyalar; jahon turizmidagi mavjud jihatlarini tahlil qila olish; turli maqsadlarga yo`naltirilgan, mavzuli turlarni shakllantirish va tashkillashtirish; ekoturizmda xavfsizlik masalalari; xududlarning tabiiy-rekreatsion potensialini kompleks analiz qila olish; ekologik marshrutlarni tuza olish; ekoturistik rayonlar xaritasini tuza olish; O`zbekiston ekoturizmida mahalliy tabiiy sharoitni hisobga olish va undan samarali foydalanish haqida ilmiy bilimlar, amaliy o`quv va ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
“Ekoturizm” fani asosiy umumkasbiy fanlardan hisoblanib, 4-semestrda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy (oliy matematika, informatika, fizika, kimyo, ekologiya) fanlar, umumkasbiy fanlaridan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Ekoturizm” fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish lozim. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va vertual stendlardan foydalaniladi.
Fanning o`qitish turlari dasturda ko`rsatilgan mavzulari ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar shaklida olib boriladi. Mavzularni yoritishda kompleks va tizimli yondashuvdan keng foydalaniladi. Shuningdek, chuqur va atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik metodlar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Munozara”. “Loyiha tuzish”, “Modellashtirish”, “Rolli o`yin”, “Jarayonga yo`naltirish”, “Tadqiqot”, “Taqdimot o`tkazish” tarzida o`tish ko`zda tutiladi. Ma’ruzalar ko`rgazmali o`quv qurollari, multimedia hamda masofaviy ta’lim yordamida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |