Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet43/84
Sana13.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#787173
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
Shahar sanoat majmua

Nazorat savollar

  1. Shahar suvlari va ularga qo‘yiladigan talablarni izohlab bering.

  2. Suv orqali kelib chiqadigan kasalliklar turlarini ayting.

  3. Suvlarni tozalash usullari nechchi xil va tushuntirib bering.

Ma’ruza 17. Sanoatlashgan shaharlarning ekologik
ongi va madaniyati – 2 soat.
Reja
1. Ekologik ta’lim va tarbiya.
2.Ekologik madaniyat.
Tayanch iboralar: ekologik madaniyat, ekologik tarbiya, ekologik tafakkur, ekologik odob ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, ekologik jarayon.
1 Ekologik madaniyat, tarbiya, ekologik tafakkur, ekologik odob, axloq jamiyat taraqqiyotining asosiy negizlaridan hisoblanadi. Ekologik ong insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonlarida atrof-muhitini muhofaza qilishga qaratilgan ongli munosabat, ekologik ong tabiiy muhit-ni har qanday buzilish holatidan asrab qolish imkonini beradigan insonga mansub jarayondir, aks holda uning teskarisini ko‘rish mumkin. O‘ziga xos ekologik ongni kishilarning muayyan amaliy va nazariy faoliyatini, maqsadini tabiatni muhofaza qilish manfaatlari bilan bog‘lashning o‘zi ekologik madaniyatdan xabar beradi. "Ekologik madaniyat" atamasining mazmuni shuki, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetgan hamda inson faoliyati tasvirining yaqin va uzoq kelajaqdagi oqibatlarini inobatga olgan holda foydalanishdir. Ekologik madaniyat umuman insoniy madaniyatning moddiy va ma’naviy muhit mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismidir. Ekologik madaniyat taraqqiyoti kasbiy ekologik ta’lim va tarbiya hamda haqqoniy ekologik ma’lumotlarni ommaga yetkazish bilan chambarchas bog‘langan. Ekologik madaniyat zamirida ekologik ta’lim yotadi. Ekologik ta’lim - tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy asosda amalga oshirish zarur bo‘lgan matematik bilimlarni chuqur o‘zlashtirish jarayoni va natijasidir.
Ekologik tarbiya - ekologik madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning hissiyotlari, ongi, dunyoqarashi va tasavvurlariga ta’sir qilish orqali unda tabiatga nisbatan ongli va ma’naviy munosabat saviyasini muntazam va maqsadli ravishda oshirib borish jarayonidir.
"Madaniyat" atamasiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida shunday ta’rif berilgan:

  1. Jamiyatning yoki alohida kishining ishlab chiqarish ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari yig‘indisi;

  2. Xalqlarning ma’lum bir davrda qo‘lga kiritgan ijobiy yutuqlari darajasi;

  3. Biror xo‘jalik yoki aqliy mehnat sohasining rivojlanganlik darajasi(masalan, dehqonchilik madaniyati, nutq madaniyati, musiqa madaniyati, muomala madaniyati va hokazolar);

  4. O‘qimishlilik, ta’lim tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik, odoblilik;

  5. Turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga kerak bo‘lgan sharoitlar yig‘indisi;

  6. Madaniyatli odam deganda, madaniyat, maorif va ma’rifatga erishgan va madaniyatni egallagan odam tushuniladi".

2 "Madaniyat" atamasi "falsafiy lug‘atda" quyidagicha ta’riflangan: u lotincha "kultura" degan so‘zdan kelib chiqqan, parvarish qilish, ishlov berish degan ma’nolarga ega. Insoniyat yaratgan va yaratayotgan jamiyat taraqqiyotida erishilgan ijobiy bosqichini ifodalaydigan madaniy va ma’rifiy qimmatdorlik yig‘indisi majmuyi.
Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat bu falsafa fanining hech qachon diqqat e’tibordan chetda qolmagan asosiy muammosi bo‘lib, komil inson dunyoqarashini shakllanishi, uning erkin bo‘lishi, ozod va hur yashashi, uning ma’naviy yetuk, axloqiy tomondan kamol topishi, fozil va fidoiy inson bo‘lib yetishishidir. Bunday insonlar ekologik muammolarni hal etishda o‘ta ma’suliyatlidirlar. Ular axloqiy barkamolligi bilan o‘zgalarning ekolog‘iya sohasidagi bilimlarni o‘rganib, ekologik noqulay holatni tushunib yetib, odamlar sog‘lig‘ini saqlab qolishga, tabiatni asrashga amaliy chora-tadbir ishlab chiqaruvchi, xavfni bartaraf etishga qaratilgan vazifalarni bajaruvchi insonlardir.
Ma’lumki, insonning barkamolligi, madaniyati tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki uning ma’naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy, ham madaniy barkamolligiga bog‘liq. Inson ma’naviy tomondan qashshoq bo‘lsa, kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayot haqiqati-dir. Ilmiy adabiyotlarda keyingi vaqtlarda ekologiya madaniyatini shakllan-tirish borasida anchagina maqolalar chop etilmoqda. Demak, shunday ma’ruzalarga, maqolalarga chanqoqlik ortib bormoqda. Bu mavzuning borgan sari dolzarblashib borayotgani va bu muammolarni bartaraf etib, barqaror rivojlanishni ta’minlashni taqozo etishni ko‘pchilik hamyurtlari-mizning tushunib borayotgani quvonchlidir. Mustaqil O‘zbekistonimizning har bir fuqorosi o‘zining vatanini, xalqini sevib, ekologik ongini va madaniyatini oshirib borishi va bu muammolarni hal qilishda faol qatnashishi lozim. Bu masalada tomoshabinlarga o‘rin yo‘q bo‘lishi kerak. Bu ko‘p qirrali, hammaning e’tiborini jalb qiladigan muommo bo‘lib, bu borada ta’lim-tarbiyani va uning samaradorligini oshirish, hamjihatlikni ta’minlash davr talabi bo‘lib qoldi.
Ekologik jarayon murakkab kechayotgani uchun u yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, axloqiy, madaniy, ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsni bilimli qilishda, madaniyatini shakllantirishda pedagoglar oldiga eng murakkab vazifalar ko‘ndalang qilib qo‘yildi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish