Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Zovur va kollektorning gidrobiosenozlari



Download 5,64 Mb.
bet81/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

Zovur va kollektorning gidrobiosenozlari
Yer osti va oqava suvlarni to’plovchi zovur va kollektorlarning gidrobiosenozlari sug’orish kanllarining gidrobiosenozlaridan tarkibining boyligi va ekologik guruhlarning har xilligi bilan farqlanadi. Zovur va kollektorni o’t bosadi. Ularda suvga yarim botgan va to’la botgangulli o’zimliklar yaxshi rivojlanadi.
Suvga yarim botib o’suvchi o’simliklarga qamish, qo’g’a, suvhilol, ko’lqamish Phragmites communis, Typha angustifolia, Boldoschoenus affinis, Schoenplectus lacustris), suvga botib o’suvchi o’simliklardan g’ichchak nayada shohbarg batraxium mirifilium tomirdori utrikulariya (Potomogeton crispa, Pferfoliatus, Najas marina, Ceratophyllum demersum, Btrachium divaricatum, myriohyllum spicatum, poygonum amphibium, P aviculare, Utricularia vulgaris) va boshqa turlar ko’p o’sadi. Suvo’tlardan xarani turlari uchraydi.
Suv betide lemna va salviniya (Lemma minor, Salvinia natans) kabi qalqib o’suvchi gulli o’simliklar ham ayrim zovur kollektorlarda uchraydi.
Ayniqsa zovur va kollektorlarning boshlanish va qismlarini qalin o’t bosadi. U yerlarda suvga biroz yoki yarim botib o’suvchi o’simliklardan yakan salomalik, qamish, ko’lqamish, qo’g’a kabilar yaxshi rivojlanadi. Ularni pasti qismiga o’ralib ipsimon yashil suvo’tlardan kladoforo, enteromorfa, spiogira (Cladophora glomerata, Spirogyra longata Enterormorpha intestinelis) kabilar qalin o’zib suvning oqishini sekinlashtiradi.
Ipsimon suvo’tlar bilan bir qatorda loylar ustida chim hosil qiluvchi va loydan 5-10 sm ko’tarilib turuvchi vosheriya Vaucheria debaryana, V dichotoma, V geminate turlari ko’pdir.
Ipsimon suvo’tlar va vosheriyani chimlari orasida ko’k-yashil yashil va diatom suvo’tlarining juda ko’plab turlari uchraydi ularga merismopediya, ossatoriya spirulina ssenedesmus sinedra navikula kabi turkumlarning o’nlab turlari kiradi.
Zovur va kollektorlar suvining sho’rligi tufayli ularda sho’r suvlarga xos turlar ko’p miqdorda rivojlanadi. Ularga Anabaena bergii, Oscillatoria margaritifera, Omajor, Spirulina major, lingbya aestuarii, Enteromorpha intestinalis, navicula specula va boshqalar misol bo’ladi.
Zovur va kollektorlarda o’sayotgan ipsimon yashil suvo’tlar bilan ko’k-yashil, diatom suvo’tlar qo’shilib suv yuzasida qalqib yuradigan parcha-parcha to’plamlar hosil qiladilar. Ularning ko’p rivojlanishi plankton formalarni o’sishiga tos’qinlik qiladi. Hattoki katta magistral kollektorlarda ham planktonga xos suvo’tlar yo’q hisobida yoki juda kamdir. Planktonda uchraydigan suvo’tlar plankton bentosga xos bo’lib, bunday turlar suv qatlaiga bentosdan oqim tufayli tushgan bo’ladi. shunday turlarga diatom ko’k-yashil va yashil suvo’tlarning vakillari kiradi. Kollektorlarda fitoplanktonni yo’qligiga ularni o’t bosganligi va suv sho’rligining yuqori darajada bo’lishi asosiy ekologik sabab bo’ladi. zovur va kollektorlarda qish fasli suv harorati 3-5º gacha pasaygan davrda sovuq suvlarga xos ayrim turlarining rivojlanishi kuzatiladi. Aholi qalin yashydigan joylardan o’tadigan zovur va kollektorlarga turli iflos suv havzalariga xos “a”, “b” mezosaprap turlar uchraydi.
Biz Mirzacho’l hududida joylahgan zovur kollektorlarda uchraydigan makrofitobentosning biomassasini hisobladik. Ayrim suvo’tlarning biomassasi ancha yuqoridir masalan kladforaning biomassasi 2850-33280 kg/ga vosheriyaning 12000-500000, xaraniki 5220-22080 engerorfaniki 5290-18770, spirogirani biomassasi 5420-8640 kg/ga atrofida o’zgarib turgan. Gulli o’simliklardan qamish hosil qilgan fitomassa 8000-58320, qo’g’a 17800-66800, g’ichchaklar massasi 8800-24320, shoxbarg 13400-35000 kg/ga atrofida bo’lgan.
Zovur va kollektorlar bir tomondan oqava va yer osti sizot suvlarini ma’lum hududan olib ketib ekin maydonlarini sho’rlashdan saqlaydi ikkinchi tomondan ularda ko’plab gulli o’simliklar va suvo’tlarning o’sishi hamda rivojlanishi tufayli ularni o’t bosadi. Suvning oqishi sekinlashadi. Zovur- kollektorlarda suv sathi ko’tariladi va atrof yerlarini sho’rlashi tezlashadi. Bu holatdan qutulish uchun zovur va kollektorlarni loyqa va o’simliklardan ularning qoldiqlaridan tozalab turish zarurudir.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish