Loyqani qurituvchi maydon.
1-quritish maydoniga loyqani olib keluvchi kanal; 2-loyqa tushishini boqaruvchi maslama; 3-loyqa tushadigan tarnov; 4-kichik vagonchalar uchun mo’ljallangan temir yo’l; 5- pishiq g’ishtdan qurilgan quvur; 6-teshikli quvur; 7-shag’alli qavat; 8-qum qavat; 9-loyqa cho’kma qavat; 10-yog’li loy to’shak.
Keyingi bosqichda cho’kmani quritish yoki namligini kamaytirish ishlari turadi. Buning uchun maxsus cho’kma quritish maydonlari tashkil qilinadi. Bunday maydonlar chuqur bo’lmagan tekis yerdan kovlanib quriladi. Bu chuqurlik filtrlovchi materiallar bilan to’ldiriladi. Agar yer osti suvlarining filtrlangan cho’kma bilan ifloslanishi kuzatilmasa, cho’kmani yerning o’ziga to’kish mumkin. Agar grunt suvlari ifloslanishi xavfi tug’ilsa, unda cho’kma tushiriladigan joyga suv sizib tushmasligi uchun drenaj naylar o’rnatiladi, ustiga 30-50 sm. qalinlikda filtrlovchi material qoplanadi.
Cho’kma-loyqa 20-30 sm. qalinlikda tayyorlangan maydonga truboprovodlar orqali oqiziladi. Cho’kma ostidagi filtrlovchi material namlikni tez o’tkazadi, u tez quriydi.
Cho’kma tarkibidagi suvni qayta tindirmay xlorlab to’g’ridan-to’g’ri ochiq suv havzalariga tashlansa bo’ladi.Katta tozalash inshootlarida cho’kmaning namligi 78-80% ga kamaytiruvchi moslamalar bor, keyinchalik yuqori temperaturada barabanli quritgichlarda quritiladi, so’ngra qishloq xo’jaligi shudgorlariga to’kiladi.
Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash
Hozirgi vaqtda chuchuk suv tanqisligi hamma regionlarda sezilayotgan bir davrda tozalangan chiqindi suvlarni ochiq suv havzalariga tashlamay, undan ma’lun maqsadlar uchun qayta foydalanish shu kunning dolzarb masalasi bo’lib qoldi. Xuddi shu usul bilan aholi uchun zarur bo’lgan suv havzalarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun markazlashgan vodoprovod sistemasida ishlatiladigan usullardan foydalanish, ya’ni bir qavatli qumli filtrdan yoki ikki qavatli qum-antratsitli filtrdan foydalanish mumkin. So’ngra xlorlab suv ilgarigi holatiga holatiga qaytariladi. Shu usul bilan suvdagi oksigenni 2 mg.ga, osilma moddalarni esa 1,5-3 mg.ga yetkazish mumkin. Bulardan tashqari, suv tarkibidagi azot va fosforni ham yo’qotish zarur.
Chiqindi suvlarni qayta tozalash juda qimmatga tushadi, shuning uchun faqat zarur hollardagina bu usuldan foydalaniladi. Shuni aytish kerak-ki, qayta tozalangan suvni faqat texnik ehtiyojlar uchun sarflash zarur. Ichimlik suv sifatida ishlatishga also yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Og’ir metall tuzlari, politsiklik aromatik karbon suvlar, nitroza birikmalar shahar chiqindi suvining doimiy tarkibiy qismi bo’lib qolgan. Ular kanserogen, mutagen ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega.
Tozalangan suvlarni qayta tozalash vaqtida ham shunday kimyoviy moddalar paydo bo’ladi-ku, ular suvning sifatini mutlaqo o’zgartirib yuboradi. Jumladan, suvni xlorlashda galoidometanlar hosil bo’ladi, ular blastomogen ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalardir. Shu sababli qayta tozalangan suvlarni texnik maqsadlarda ishlatganda ham tarkibida turli kimyoviy moddalar borligini hisobga olib ochiq usulda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Gigiyenistlar tomonidan qayta tozalangan suvlar uchun ularning zarar bermaydigan sifat ko’rsatkichlari ishlanib chiqilgan. Shu ko’rsatkichlar qayta tozalangan chiqindi suvlarda saqlana olsa, unday suvlarni texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.
Xo’jalik chiqindi suvlarni tozalashda foydalaniladigan inshootlar
Odatda chiqindi suvlarni tozalash inshootlari joyining iqlimiga, sanitariya holatiga, texnik tomonlari va iqtisodiy ahvoliga qarab tanlanadi. Tozalash inshootlari qurishdan maqsad suvning sanitariya va epidemiologiya holatini saqlashdir. Mablag’ni tejash maqsadida inshoot qurilishi va tozalash usulini soddalashtirishga hech kimning haqqi yo’q.
Agar qayta tozalangan suv ochiq suv havzasida tozalangandan so’ng ko’proq suyultirilsa, daryo bo’yida aholi turar joylari bo’lmasa, suv havzasiga tushiriladigan suvni tozalanish darajasini kamaytirish mumkin. Chiqindi suvlarni tozalash jarayoni bir-biridan ajratilgan holatda olib borilishi kerak. Tindirgichlarni gorizontal yoki tik holdagisini tanlash texnik talablarga qarab aniqlanadi. Gorizontal tindirgich qurishga qulay, ammo ko’p joyni egallaydi, tik tindirgichlar esa kam joyni egallaydi. Ulardan cho’kmalarni ajratib olish ham qulay. Gorizontal tindirgichlarni chuqurroq qilib qurish, buning uchun yer osti suvlarini qanday chuqurlikda yotishini aniqlash zarur.
O’rtacha va kichik inshootlar uchun ikki yarusli tindirgichlardan foydalangan ma’qul. Ularni ishlatish bir tomondan qulay, ikkinchi tomondan cho’kma yaxshi achiydi.
Epidemiologik xavfi borligi tufayli oddiy tindirgichlarni qurishga yo’l qo’ymagan ma’qul. Chunki oddiy tindirgichlardan olinadigan cho’kmalar tez sasiydi, chiriydi, atrofga zaharli gazlar chiqaradi. Natijada pashsha ko’payib, infeksiya tarqalishiga sabab bo’ladi.
Endi biologik tozalash usuliga kelsak, bular ichida sanitariya nuqtai nazaridan yaroqlisi kommunal va dehqonchilik sug’orish yerlaridir. Chunki ulardan foydalanish ancha qulay, suv tez zararsiz holatga keladi. Tuproq bakteriya va gelmint tuxumlarini yaxshi ushlab qoladi. Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar o’simlik uchun ozuqa hisoblanadi, shu sababli undan ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Shahar atrofidagi tekis, yaxshi filtrlaydigan bo’sh yerlardan shu maqsadda foydalansa bo’ladi.
Suvni tez tozalaydigan inshootlardan biri aerotenkdir. Aerotenkning qurilishi murakkab bo’lganligi sababli uni ishlatishda malakali mutaxassis ishtirok etishi talab qilinadi. Bunday inshoot o’rtacha va katta shaharlarning chiqindi suvini tozalash uchun quriladi.
O’rtacha va kichik stansiyalarda biofiltrlarni boshqasiga almashtirib bo’lmaydi. Biofiltrlar eng yaxshi tozalash inshooti hisoblanadi.
Lekin tozalash inshooti qanday bo’lishidan qat’i nazar chiqindi suvni o’z oqimi bilan stansiyaga tushishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa aerotenklar va tuproqli maydonlar yer tuzilishiga moslab o’rnatilishi zarur.
Bir bosqichli biofiltrlarga suv o’zi oqib kelishi uchun yer relyefi 2,5-3 metr, ikki bosqichli biofiltrlar uchun esa 5-7 metr pastroqda bo’lishi talab etiladi. S.N.Cherkinskiy tozalash inshootlarini bir-biriga solishtirib quyidagi jadvalni keltiradi.
Chiqindi suvlarni tozalashdan maqsad ularni gelmint tuxumlaridan ozod qilishdir. Buning uchun tindirgichlardan foydalaniladi. Bu sohada olib borilgan tajriba shuni ko’rsatadiki, tindirgichlardagi suv harakati tezligi sekundiga 1 mm. bo’lsa, suv gelmint tuxumlaridan 94,8-98,4% ozod bo’lar ekan. Sug’orish maydonlarida esa suvning gelmintlardan ozod bo’lishi 83,7% ga teng, bunda suvning harakat tezligi sekundiga 5 mm. bo’ladi. Gelmint tuxumlarini qirish uchun juda katta miqdorda xloq kerak bo’ladi. Jumladan, 1 litr suv uchun 200 mg. xlor sarflanadi. Bunday miqdorda xlor qo’shish suvning sifatini butunlay buzib yuboradi, bu iqtisodiy tomondan ham juda qimmatga tushadi.
Turli biologik tozalash inshootlarining solishtirma ta’rifi
Inshoot turlari
|
Tozalanish darajasi – BPK bo’yicha %
|
Bakteriyalar soni
|
1 sutkada 1 m3 inshootning oksidlanish kuchi gr/kun
|
Chiqindi suvning inshootga beriladiga bir kunlik miqdori m3 da (yuklanishi)
|
|
Suv havzasi
|
95-99
|
95-99,8
|
5-12,5
|
100-200 (1 ga suv havzasiga qo’yilgan chiqindi suv)
|
Sug’orish va filtrlash maydoni
|
-
|
-
|
0,5-1,0
|
25-75 m3 (bir gektar aerotenkka)
|
Aerotenklar
|
95-99
|
95-98
|
800-1200
|
3,0-5,0 (1 m3 aerotenkka)
|
Biologik oksidlov chilar
|
70-90
|
80-95
|
100-250
|
0,25-0,5 (bir m3 filtr uchun)
|
O’zbekistonda oqava suvlarni tozalab qayta ishlatish, yoki faqat texnik ekinlarni sug’orish uchun qo’llash yo’lga qo’yilgan. Masalan, daryo suvini ifloslantirmaslik maqsadida “Navoiyazot” hissadorlik jamiyati tomonidan biologik tozalangan oqava suvlarning bir qismi, 11214,0 ming m3 suvni ishlab chiqarishga qayta foydalanish uchun yo’naltirildi. Qolgan 446430,87 ming m3 suv esa Zarafshon daryosiga tashlanmasdan, texnik ekinlarni sug’orishda qo’llanilmoqda. Shuningdek, Navoiy tog’ metallurgiya kombinatining “Do’stlik” agrofirmasi oqava suvlari biologik usulda tozalanib, texnik ekinlarni sug’orishda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |