Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Suv omborlarining turlari



Download 5,64 Mb.
bet44/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

2. Suv omborlarining turlari.
Suv omborlari quyidagi hususiyatlariga qarab turlanishi mumkin; havzasining xarakteri bo’yicha, suv bilan to’ldirish usuli bo’yicha, daryo basseynidagi o’rni bo’yicha, geografik holati bo’yicha, suv chiqishning boshqarish xarakteri bo’yicha.
Havzasining morfologiyasi bo’yicha suv omborlari tabiiy suv havzasi va hovuzli suv havzasiga bo’linadi. Kattaligi 1 km2 dan oshmaydigan kichik suv omborlariga ko’lmakli suv omborlari deyiladi. Suv bilan to’ldirilishiga qarab ko’lmakli va to’ldiriladigan suv omborlariga bo’linadi. Ko’lmakli suv omborlari ular joylashgan suv havzalaridan to’ldiriladi, to’ldiriladigan suv omborlari esa yonida joylashgan suv havzalari suvidan to’ldiriladi.
Geografik joylanishi bo’yicha suv omborlari tog’li, tog’ yonidagi tekislikdagi va dengiz yonidagi suv omborlariga ajratiladi. Tog’ suv omborlari tog’ daryolarida tashkil qilinadi. Ular odatda qisqa va chuqur bo’ladi. Ular napor hosil qiladi. Ularning qurilishi natijasida daryo suvi sathini 300 m. gacha ko’tarish mumkin. Tog’ yonidagi suv omborlarida suv sathining balandligi 50-100 m. bo’ladi. Tekislikdagi suv omborlari keng va sayoz bo’ladi. Balandligi 30 m. gacha bo’ladi. Dengiz yonidagi suv omborlari dengiz suvlaridan to’ldiriladi.
Daryo basseynida tutgan o’rni bo’yicha suv omborlari yuqorigi va pastki suv omborlariga bo’linadi. Daryolardagi suv omborlari sistemasiga kaskada deyiladi.
Daryo oqimining boshqarish darajasi bo’yicha suv omborlari ko’p yillik, haftalik va sutkalik boshqarishga bo’linadi. Bunda sanoat korxonalari va aholi punktlari suv bilan ta’minlanadi, gidroenergetika ehtiyojini qondiradi, mavsumlararo rostlab turadigan (bunda suv ko’p bo’lgan yillarda suvni jamg’arib, suv yetishmagan vaqtda sarflashga mo’ljallanadi) hamda yillararo rostlaydigan (bunda ko’p suvli yildagi suvni to’plab, kam suvli yilarda foydalaniladi). Morfologik alomatlariga ko’ra daryo o’zanida quriladigan, daryo o’zanidan tashqarida quriladigan suv omborlariga bo’linadi. Birinchi xildagi suv ombori daryo o’zani va suv vodiylariga baland to’g’on ko’rib barpo etiladi. Bunda suv ombori ko’pincha cho’ziq shaklda bo’ladi. Uning to’g’on oldi qismi chuqur bo’lib, uning yuqori qismiga qarab sayozlashadi (Chorvoq, Toshkent, Karkidon va boshqalar). Ikkinchi xildagi suv omborlari daryo o’zanidan chetda bo’lgan tabiiy chuqurlikda barpo etiladi. Bunda suv ombori sayoz bo’lib, qirg’oq qismidan o’rta qismiga chuqurlashib boradi. Daryo o’zanidan tashqarida bo’lgani uchun suv kanallar orqali kiritiladi va chiqariladi (Kattaqo’rg’on, Kuyimozor, Kamashi va boshqalar).
3. Suv omborlarining geografik joylanishi.
O’rta Osiyoda ko’plab suv omborlari qurilmoqda. Faqatgina Sirdaryo havzasining o’zida har qaysining hajmi 0,5 km3 dan ortiq bo’lgan 18 ta suv ombori qurildi. Sirdaryo va Amudaryo havzasiga umumiy hajmi 46,4 km3 foydali hajmi 31,6 km3 bo’lgan 56 ta suv ombori bo’lib, bundan qariyb 50 ga yaqin qishloq xo’jalik va texnik ekinlarni muntazam ravishda suv bilan ta’minlab turibdi. Sug’orish ishlarini tartibga solish, atrofni, iqlimni o’zgartirish, baliqchilikni rivojlantirishda suv omborlarining ahamiyati katta.
4. Suv omborlarining asosiy hususiyatlari.
Suv omborlarining gidroekologik rejimi inson tomonidan boshqariladi va bunda uning xo’jalik ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shu bilan birga suv almashinishida qatnashadi. Tabiiy faktorlar kompleksi ta’siri ostida bo’ladi va tabiiy suv obyektlari bo’lgan daryo va ayniqsa ko’lga xos bo’lgan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Suv omborlari o’ziga xos suv obyekti bo’lib, mintaqaning Yangi, tabiiy texnogen komponenti bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda O’rta Osiyo hududida 100 dan ortiq katta-kichik suv omborlari bor. Ularning fizika-kimyoviy sharoiti tirik organizmlarning rivojlanishi uchun qulaydir.
Suv omborlarini qirg’oqqa yaqin joylarida suvga yarim botib o’sadigan o’simliklardan qamish, qo’g’a, ko’lqamish, yakan kabilar uchrasa suvga botib o’suvchi o’simliklarga g’ichchak turlari (potamogeton pectinatus, perfoliatus) miriofillium (myriopyllum, spicatum), nayada (najas minor) kabilar kiradi.
Suv omborlarining sayoz chetlarida shu gulli o’simliklar bilan bir qatorda ipsimon yashil suvo’tlardan kladafora, spirogyra, ko’k-yashil suvo’tlarining plyonkalari uchraydi. Ayrim joylarda vosheriyaning chimlari ham kuzatiladi.
Suv omborlarining planktonida suvo’tlarning turli guruh vakillari rivojlandi. Ularga diatom, yashil ko’k-yashil tillasimon pirofita evglena kabi guruhlarning tur va tur vakillari kiradi.
Kuzning oxiri qish va bahor fasllarida diatomlardan asterionella Formosa, Fragilaria, crotonensis, Melosira, granulate, Mambigua, Cyclotella, comta, tillasimonlardan Dinobyron, divergens, Dsertularia, Dsociale kabilar fitoplanktonda dominantlik qiladi.
Bahorni oxiri, yoz va kuz faslini boshlanishida yashil suvo’tlardan Binoclearia, lauterborni, pediastram, duplex, psimplex, Sphaerocustis, schroeteri Palmellocystis planctonica, ko’k-yashillardan Microcystis, aeroginosa, Maflosaquae, Coelosphaerium, dubium, anabaena, flosaquae, pirofitolardan Ceratium, hirundinella, fgracile kabilar planktonda dominantlik qiladi. Ular haqiqiy plankton formalar hisoblanadi.
Yoz faslida ayrim shimoliy suv omborlari planktonida diatom va ko’k yashil suvo’tlar vakillari (Buxtarma) janubroqda joylashgan suv omborlarida yashil va ko’k-yashil suvo’tlarning vakillari qishda esa diatom va tillasimonlarning turlari fitoplanktonda dominantlik qiladi.
Daryolar bilan bog’langan suv omborlarining boshlanish qismida uchraydigan suvo’tlarning tarkibi daryolar florasini aks ettiradi, planktonda daryo bentosiga xos turlar uchraydi. Suv ombori o’rtalari va ayniqsa to’g’on atrofiga yaqin joylarda planktonga xos turlar dominantlik qiladi. Ko’pchilik suv omborlarining ochiq qismi planktonida uchraydigan turlar tarkibi bir-biriga o’xshashdir.
Tekislik mintaqasida joylashgan ko’pchilik suv omborlari fitoplanktonining umumiy miqdori 5,7-200 million kl/l (biomassasi 4 g/m3 gacha) atrofida o’zgarib turadi. Tog’ mintaqasida joylashgan suv omborlarida fitoplanktonning umumiy miqdori 12 000 dan 5 million kl./l (biomassasi 6,6 mg/m3 gacha) o’rtasida o’zgarib turadi. Tog’ mintaqasida joylashgan Nurek suv ombori bunga yaxshi misol bo’ladi. Uni fitoplanktonida 57 tur topilgan.
Ularga diatomlar (25), ko’k-yashillar (2), tillasimonlar (14), evglenalar (2), pirofitalar (2) ni vakillari kiradi.
Suv omborining markaziy qismi suvining yuza qatlami fitoplanktonini maksimal miqdori (330 ming kl/l) va uni biomassasi 1,1 mg/m3 ekanligi kuzatilgan. Planktonda suvo’tlar miqdorining kam bo’lishiga qaramay, ular biomassasini yuqoriligi planktonda katta hajmdagi turlarni (Peridinium, inconspicum) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Suv omborining uzunasi bo’yicha, uning yuza qatlamida fitoplanktonning miqdori 1-5 million kl/l, biomassasi 2,7-6,5 mg/m3 atrofida o’zgarib turadi. Suv omborining 15 metr chuqurligida suvo’tlar miqdori 800 ming kl/l, biomassasi 0,5 mg/m3 dan ortmaydi.
Nurek suv omborining fitoplanktonida bir nechta turlar dominantlik qiladi. Unga atrofdan yuvilib tushadigan biogen moddalarning ijobiy ta’siri sababdir. Ikkinchi tomondan fitoplanktonning asosiy mahsulotini suvning 2 metrli yuza qatlamida to’plangan yashil suvo’tlat vakillarini rivojlanishiga qaramasdan, biomassasining asosini diatom suvo’tlar hosil qiladi.
Norin daryosi o’zanida joylashgan Toktagul tog’ suv omborining maydoni 265 km3 , uzunligi 65 km, eni 12 km, chuqurligi 65 m. Yoz faslida suvning yuza qatlamida harorat 23-240 gacha ko’tariladi, suvdagi tuz miqdori 200-500 mg/l, pH=7,4-8,6.Suv omborining planktonida suvo’larni 42 ta tur va tur vakillari topilgan.
Ularga yashillar (14), diatomlar (16), ko’k yashillar (7), tillasimonlar (2), pirofita (3) kabi guruh vakillari kiradi. Ularning 70% i haqiqiy plankton formalardir. Fitoplanktonda Sunedra, Cuclotella, Fragilaria, Asterionella Formosa, Ceratium hiundinella, Scenedesmus, bijugutus kabilar dominantlik qiladi.
Fitoplanktonni ko’p miqdori 15 metr chuqurlikda 93 ming kl/lmiqdorni tashkil qiladi. Suvo’tlar 25 metr chuqurlikkacha uchrab, 50-75 metr qatlamda yo’q hisobida bo’ladi.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish