Tibbiyotda
Yod va brom olishda
Isitish vositasi sifatida
Elektr energiya olishda va h.k.
Geotermal suvlar ko’pincha minerallangan, ya’ni unda ko’p miqdorda tuzlar erigan bo’ladi. Shuning uchun ularning bevosita issiq suv ta’minotida foydalanish va issiqligidan foydalanib ishlaydigan elektr stansiyalar qurish imkoniyati cheklangan.
MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR.
1.Gidrosfera deb nimaga aytiladi?
2. Gidrosfera tarkibiga qanday suvlar kiradi?
3. Gidrosferaning Yer shari bo’ylab tarqalishi.
4. Gidrosferani urganishda uzbek olimlarininig roli ?
M A ‘ R U Z A - 3
Mavzu: Suv obyektlari to’g’risida tushuncha. Gidroekologik rejim va jarayonlar- 2 soat.
R E J A
1.Suv o’ektlari deb nimaga aytiladi?
2.Gidroekologiya fanining o’rganish obyektlari
3.Gidroekologik rejim va jarayonlar
4.Suv obyektlari to’g’risida tushuncha?
SUV OBYeKTLARI. Yer yuzasida, Yer qobig’ining yuqori qatlami to’plangan o’zining ma’lum gidroekologik rejimiga ega bo’lgan, moddalar almashinishida qatnashadigan tabiiy suvlarning kattagina qismi suv obyektlari deyiladi. Suv obyektlari uch guruhga bo’linadi.
1) Oqar suvlar – bunga daryolar, kanallar, irmoqlar va barcha oqadigan suvlar kiradi.
2) Suv havzalari – bu yer yuzasining botiq joylarida joylashgan va sekin oqadigan suv obyektlaridir, bularga okeanlar, dengizlar, ko’llar, suv omborlari, botqoqliklar kiradi.
3) Alohida suv obyektlari – bularga muzliklar va yer osti suvlari kiradi. Yer yuzasidagi tabiiy suvlar gidrosferani hosil qiladi. Gidrosfera deganda yer yuzidagi hamma suv obyektlari tushuniladi. Lekin atmosfera havosidagi suv bug’lari va organizmlar tarkibidagi suvlar bunga kirmaydi.
3.SUV OBYeKTLARI VA GIDROEKOLOGIK HODISALAR. Har qanday suv obyekti uning gidroekologik xarakteristikalar to’plami yordamida ta’riflanadi. Bunday xarakteristikalar bir necha guruhga bo’linadi.
1) Suv rejimi xarakteristikasi – bunga suv sathi, oqim tezligi, suv sarfi, vaqt oralig’ida suvning oqimi, suv yuzasining qiyalik darajasi (kattaligi chegaralanmagan) va boshqalar kiradi.
2) Issiqlik rejimi xarakteristikasi – bunga suv harorati, qor, muz harorati, suv obyektlarining issiqlik saqlashi yoki vaqt oralig’idagi issiqlik oqimi va hokazolar kiradi.
3) Kiritmalar rejimi xarakteristikasi – bunga suvda ma’lum kiritmalarning bo’lishi (kg/m3), kiritmalar sarfi (kg/s), kiritmalarning suvda tarqalish darajasi kiradi.
4) Muz rejimi xarakteristikasi – bunga muz rejimi turli fazalarining boshlanish va tugash muddatlari, muz qoplamining qalinligi kiradi.
5) Suv obyektining shakli va o’lchami xarakteristikasi – bunga suv obyektining kengligi, uzunligi va chuqurligi kiradi.
Ma’lum bir suv obyektining ma’lum joydagi va ma’lum vaqtdagi gidroekologik rejimlar yig’indisi, shu suv obyektining gidroekologik holatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |