Topshiriqdan maqsad: matematik kartografiya bo‘yicha pishiq va puxta bilimga ega bo‘lish. Kartografik proeksiyalar-ning umumiy nazariyasi haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Kartalarning matematik asosini ishlab chiqish ko‘nikmalarini olish.
Topshiriqni bajarish tartibi: berilgan tenglamalar asosida quyidagilarni aniqlang:
a) kartografik to‘rning ortogonalligini;
b) xatoligi bo‘yicha proeksiyaning qaysi guruhga tegishli ekanligini;
v) chiziqlar va maydonlar xususiy masshtablarini;
g) chiziqlarning ekstremal xususiy masshtabini;
d) burchak xatoligining maksimal qiymatini;
e) proeksiyadagi meridian va parallellar orasidagi burchakni;
j) kartografik proeksiyaning ko‘rinishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |