Ta’lim – tarbiya psixologiyasi asoslari
O’qish turlari. Tasodifiy va rejali ravishda o’rganish. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish. O’qish motivlari. Ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim jarayonida bilim va tushunchalarning shakllanishi. O’zlashtirmaslikning sababalari. O’quvchilarda mustaqil, ijodiy, amaliy tafakkurni tarkib toptirish yo’llari.
Tarbiya nazarisini ishlab chiqishda psixologik bilimlarning ahamiyati. Tarbiyachi orqali boshqarish va o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish muammolari. Ijtimoiy-foydali faoliyat – tarbiyaning eng qulay sharti va vositasi ekanligi. Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari. Tarbiyasi «qiyin» bolalar psixologiyasi, ularning xulq-atvorini tuzatishdagi psixologik masalalar. Tarbiyaviy ishlarda har bir o’quvchiga individual yondoshishning psixologik asoslari. Tarbiyada shaxsning tipologik xususiyatlarini hisobga olish (xarakter, iroda, temperament). O’z-o’zini tarbiyalashning psixologik xususiyatlari.
Ta’lim va tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy-ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etiladigan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qadriyatlarini o’rganadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsi shakllanib boradi, uning dunyoqarashi ham kengayib boradi. SHuningdek, unda xulq atvor va odati ma’lum darajada shakllanadi.Ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri – uning o’zini anglashidir.Odam o’z tevarak atrofidagi odamni biluvchi va shu odamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning ob’ektidir.Ana shu nuqtai nazardan olganda odamning o’zini anglashi sube\’ektiv ravishda o’zini “men” deb his qilishida ifodalanadi.
Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa,tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishidir.Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga nisbatan hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar.Ota-onaningoldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi.Otaonaning g’amxo’rligini bildiruvchi so’zlar, hatti harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi.Xulq-atvorning dastlabki ijtimoylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi. Lekin yaxshi xulqi uchun rag’batlantirish va yomon xulqi uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf odatlarning roli katta.Xalq urf odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir birlariga yaqinlashtiradi, do’stlik va birodarlik tuyg’ularini rivojlantiradi.Bular o’z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo’lida har bir kishining tinmay g’amxo’rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash: jamiyat hayotida va shahsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabi lar tarbiya jarayoning muhim xislatidir.
Tarbiya jarayonida g’amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharxlash mumkin:
Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushinmoq lozim. Uning ehtiyojiilari strukturasini aniqlash lozim.
Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak. Ong ham iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o’rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
SHu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqatni ham, hamdardlikni ham emas, balki aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi.
Arastu aytganidek: “Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa”.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish ro’y beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsini o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta’lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liq. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati, o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq – atvorining shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va o’rgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, o’rgatishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |