4–variant
1. Qaysi daryolar suvining ifloslanishi asosan korxonalardan chiqayotgan oqava suv va chiqindilar tashlanishi bilan izohlanadi?
A) Amudaryo, Sangzor, Tajan, Sox B) Qashqadaryo, Qorasuv, Sherobod, Isfaramsoy
C) Sirdaryo, Qoradaryo, Keles, Norin D) Surxondaryo, Ohangaron, Zarafshon, Chirchiq
2. Qaysi javobda sovuq oqimlar guruhi to’g’ri ko’rsatilgan?
1) Braziliya; 2) Peru; 3) Kanar; 4) Gviana; 5) Folklend; 6) Golfstrim.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 6
3. Respublikamizning qaysi hududiarida sholi ko’p ekiladi?
A) Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Quyi Amudaryo, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida
B) Xorazm, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Zarafshon, Farg’ona vodiylarida
C) Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Quyi Amudaryo, Zarafshon, Toshkent hududiarida
D) Xorazm, Nukus, Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Andijon vohalarida
4. Quyidagi qaysi rus olirni Janubiy Amerika materigining tabiati va aholisi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni to’plashda ishtirok etmagan?
A) N.G. Rubsov B) P.M. Voyeykov C) N.I. Vavilov D) S.O. Makarov
5. Qaysi okean neft va gaz zahirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo’yicha birinchi o’rinda turadi?
A) Hind B) Shimoliy muz C) Tinch D) Atlantika
6. Uzunligi bo’yicha dunyoda qaysi darvo 3–o’rinda turadi?
A) Nil B) Ob C) Yanszi D) Missisipi
7. Mamlakatimizdagi maydoniga ko’ra (km²) eng yirik suv omborini aniqlang.
A) Tuyamo’ym B) Kattaqo’rg’on C) Chorvoq D) Chordara
8. Qozog’istonning rangli metallurgiya korxonasini belgilang.
A) Semipalatinsk B) Aktyubinsk C) Kustanay D) Uralsk
9. O’zbekistonda yoz fasli taqvim bo’yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansada, aslida yoz o’rtacha sutkalik harorat necha gradusdan oshganda boshlanadi?
A) 25⁰С В) 20⁰С С) 15⁰С D) 10⁰С
10. Dengiz kemalari ishlab chiqarishda qaysi davlat jahonda ikkinchi o’rinda turadi?
A) Koreya Respublikasi B) Xitoy C) Turkiya D) Yaponiya
11. Quyida berilgan masshtablardan qaysi biri yirikroq?
A) 1:25 000 000 B) 1:50 000 000 C) 1:10 000 000 D) 1:100 000 000
12. Alyuminiy eritish bo’yicha G’arbiy Yevropada qaysi davlat birinchi o’rinni egallaydi?
A) Buyuk Britaniya B) Norvegiya C) Fransiya D) Italiya
13. Monitoring o’tkazish nechta bosqichga bo’linadi?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 5
14. Respublikamizda qanchaga yaqin o’rmon xo’jaligi korxonalari, qo’riqxonalar va milliy bog’lar bor?
A) 130 B) 100 C) 150 D) 60
15. Atakama cho’li qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?
A) Subtropik B) Tropik C) Ekvatorial D) Subekvatorial
16. Yevrosiyoning eng g’arbiy nuqtasini aniqlang.
A) Chelyuskin burni B) Rok burni C) Piay burni D) Dejnev burni
17. 1466 – 1472–yillarda kim Sokotra oroli bo’ylab ekspeditsiya olib borgan?
A) A. Nikitin B) A. Gumbolt С) M. Polo D) N. Prjevalskiy
18. Jahonning eng yirik bug’doy yetishtiruvchi davlatlarini belgilang.
A) Yaponiya, Koreya Respublikasi B) Hindiston, Braziliya
C) Ukraina, Qozog’iston D) Avstraliya, Vyetnam
19. Gaz ishlab chiqaradigan Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi qaysi davlat kompaniyalari ishtirokida qurib ishga tushirildi?
A) Buyuk Britaniya va Rossiya B) Xitoy va Germaniya
C) Koreya Respublikasi va Fransiya D) Yaponiya va AQSh
20. Islom dinining sunniylik yo’nalishi asosiy o’rinni egallaydigan davlatlarni belgilang.
A) Turkiya, Iroq, Yaman B) Filippin, Iroq, Tojikiston
C) Eron, Ozarbayjon, Pokiston D) Malayziya, Bangladesh, Afg’oniston
21. Meteorologik stantsiyalarda havo namligi qanday asbob yordamida o’lchanadi?
A) barometr B) anemometr C) flyuger D) gigrometr
22. Braziliya hududining 2/3 qismi qanday o’rmonlar bilan qoplangan?
A) subekvatorial va subtropik o’rmonlar B) tropik changalzorlar va nam ekvatorial o’rmonlar
C) keng bargli va aralash o’rmonlar D) tropik o’rmonlar va baland bo’yli siyrak o’rmonlar
23. Qishda O’zbekiston hududida o’rtacha kengliklardagi havo massalari bilan qaysi oqimlar to’qnashishi oqibatida ob–havo o’zgarib, havo ilib, yomg’ir yoki qor yog’ishi kuzatiladi?
A) Tropik B) Kontinental C) Mo’tadil D) Arktika
24. Himolay tog’ining uzunligi necha kilometrga cho’zilgan?
A) 2400 B) 3200 C) 1800 D) 1200
25. Dunyo bo’yicha past darajadagi tug’ilish koeffitsiyentlari qaysi regionlarga xos?
A) Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika B) Janubi–g’arbiy Osiyo, Markaziy Amerika
C) Janubiy Osiyo, Afrika D) Markaziy va Janubiy Osiyo
26. Farg’ona viloyatidagi Rishton kulolchilik kombinatida qancha turdagi buyumlar ishlab chiqilmoqda?
A) 120 ga yaqin B) 20 dan ortiq C) 15 dan ortiq D) 10 ga yaqin
27. Yoqilg’i sanoatining yalpi mahsulot hajmi bo’yicha qaysi viloyat respublikada birinchi o’rinda turadi?
A) Qashqadaryo B) Samarqand C) Toshkent D) Farg’ona
28. Qaysi qit’ada mehnat resurslarining ulushi jami aholiga nisbatan eng yuqori ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi?
A) Yevropada B) Avstraliya va Okeaniyada C) Osiyoda D) Afrikada
29. Janubi–g’arbiy Osiyo davlatlaridan paxta, moy beruvchi ekinlarning katta qismi qaysi davlatlar hissasiga to’g’ri keladi?
1) Iroq; 2) Turkiya; 3) Kipr; 4) Suriya; 5) Armaniston; 6) Ozarbayjon; 7) Saudiya Arabistoni; 8) Eron.
A) 1, 3, 5, 7, 8 В) 1, 4, 5, 6, 7 С) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6, 8
30. O’rta Osiyoning dasht zonasiga qaysi hududlar kiradi?
1) To’rg’ay platosining shimoiiy qismi; 2) Qozog’iston pasttog’larining shimoiiy va markaziy qismlari;
3) Turon tekisliklari; 4) Markaziy Qizilqumdagi tog’ etaklari.
A) 1, 3 В) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 4
31. Qoraqum cho’lining janubida quyoshdan tushadigan radiatsiya miqdori 1 sm2 yuzaga qancha (kkal) issiqlikka teng?
A) 150 B) 90 C) 100 D) 110
32. Amudaryoning O’zbekiston hududidagi uzunligi necha kilometr?
A) 2212 B) 2040 C) 1415 D) 877
33. Quyidagi qaysi davlatlarda shamol energiyasidan ham foydalanish yo’lga qo’yilgan?
1) AQSh; 2) Rossiya; 3) Daniya; 4) Shvetsiya; 5) Finlandiya; 6) Germaniya; 7) Ispaniya; 8) Norvegiya;
9) Gretsiya; 10) Kanada; 11) Niderlandiya.
A) 1, 3, 4, 6, 7, 9, 10 B) 1, 2, 4, 5, 7, 10, 11 C) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 10, 11 D) 2, 4, 6, 7, 8, 9, 11
34. Hozirgi vaqtda YIM hajmiga ko’ra qaysi davlat dunyoda uchinchi o’rinda turadi?
A) Germaniya B) Xitoy C) Yaponiya D) Hindiston
35. Lalmikor, Xovdog’, Ko’kaydi neft va gaz konlari qaysi tabiiy o’lkada joylashgan?
A) Ustyurt B) Surxondaryo C) Farg’ona D) Qashqadaryo
36. Qaysi javobda Janubiy Amerikaga tegishli bo’lmagan milliy bog’ nomi keltirilgan?
A) Jau B) Jasper C) Shingu D) Serraniya–la–Nablina
……………………………………………………………………………………………….
Do'stlaringiz bilan baham: |