Kalit so’zlar: mustaqil, ijodiy, kompetensiya, g’oya, o’quv topshiriqlari, nariyotchi, jadval, didaktik,innovatsion.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, quyidagicha ta’riflaydi: “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi, o’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasbiy mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi”. Maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi modeli yaratildi. Modelni amaliyotga tadbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish va innovatsion yondashish bilan uzviy bog’liqdir.
Innovatsiyaning asosiy ko’rsatkichi uning boshlang’ich rivojiga bog’liq bo’lib, fandagi yangilik – bu faqatgina g’oya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki, bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o’zida o’zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim- tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifodalaydi.
Odatda dars jarayonida tanlanayotgan har qanday usul xox u an’anaviy usul, xox u innovatsion usul bo’lsin ta’lim oluvchilarning yoshi, ehtiyoji, qabul qilish darajasiga asoslangan holda muayyan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatni tashkil etishning tartibga solingan, tizimlashtirilgan yo’llari yig’indisi tushuniladi. Innovatsion jarayonda ham uning variativ tarkibiy tuzilishi ajratiladi: g’oya – jarayon – natija. Ushbu tarkibiy tuzilishning tahlili asosida kichik innovatsion jarayonlarni shartli tabaqalashtirish, shuningdek, innovatsion texnologiyalarning asosiy varinatlarini ajratish imkoniyati vujudga keladi.
1 – variant. G’oya tug’iladi, lekin o’qituvchi/ nazariyotchi jarayonni amalga oshirishni bilmaydi. Ya’ni yangi usul o’ylab topishi mumkin lekin uni mavzuga moslab qo’llay olmasligi mumkin.
2 – variant . O’qituvchi- nazariyotchi yangi natijaga qanday erishishni biladi, lekin qanday g’oya va yangi mahsulotni yaratish jarayonini qanday tashkil etishni bilmaydi.
3 – variant. o’qituvchi- nazariyotchida g’oya bor, jarayon texnologiyasi ma’lum,
biroq natija qanday bo’lishini bilmaydi. Ya’ni ushbu qo’lanilishi mumkin bo’lgan usul o’quvchilarda kutilayotgan natija qanday bo’lishini bilmaydi.
4 – variant. o’qituvchi- nazariyotchi natijani biladi, innovatsion faoliyat tajribasiga ega, biroq g’oyani aniq shakllantira olmaydi.
5 – variant. G’oya bor. o’qituvchi- nazariyotchi ko’zlangan natijani ko’radi, biroq, qanday jarayonlar asosida erishishni bilmaydi.
Birgina pedagogik amaliyotda o’qituvchi har doim ham yuqoridagi uch tarkibiy qism asosida yangilik yaratish imkoniyatiga ega emas. Dars jarayonida o’tilganlar takrolanadi, yangi bilimlar beriladi, mustahkamlanadi, fikrlar va tajribalar almashinadi. O’zaro tushunish va tushuntirish, anglash va anglatish, qalbga yaqin so’zlar topa olish, qiziqish va qiziqtirish, zeriktirmaslik holatlari bilan bilim uzatiladi va qabul qilinadi. Bunday dars jarayonlarida rivojlanish yuz beradi. O’quvchilarga bilim berishdagi murakkab jarayonning soddalashuvi yuz beradi. Chunki, bilim o’zlashtirilmasa, tushunilmasa, hayot bilan, fanlar bilan bog’lanib o’tilmasa dars jarayoni o’quvchi uchun murakkablik kasb etadi. Misol tariqasida shuni ta’kidlamoqchimanki, bu jarayon ayniqsa 5- sinf geografiyasini o’qitishda yuz beradi. Sababi, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik darslarini mutaxassis geograf o’rniga boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’tayotganligi, geografiyadagi asosiy fundament tushunchalarning 5- sinfda o’tilishi kerakligi, ba’zi matematik usullardan foydalanish asnosida ushbu matematik tushunchalarning 5 sinfda matematika fanida o’tilmayotganligi, asosan ushbu tushunchalar 6-7 sinflarda o’tilishi. Bundan tashqari geografiya darsi 5- sinflarda haftada bir marta o’tilishi kabi muammolar mavjud bu muammolarni o’z sharoitimizdan kelib chiqqan holda o’qitishimiz va vaziyatdan chiqishimiz uchun esa geografiya darslarini o’qitishda sodda tushuntirish usullari hamda innovatsion usullardan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Masalan 5- sinfda shamollar mavzusini o’tyapsiz, o’quvchilarda shamol haqida tasavvur hosil bo’lishi uchun ularga sodda va qulay bo’lgan misollardan keltirishingiz kerak bo’ladi. O’quvchiga shamol haqida ilk tushunchani berishda uning oldiga borib, daftarni havoda yurgizasiz shunda yengil shaboda hosil bo’ladi va uni o’quvchi his qiladi. O’quvchiga nimani his qilganini so’raysiz. SHunda u fikrini aytadi. Ana o’shanda havoning gorizontal harakatiga shamol deyilishini tushuntirasiz va darsni o’tishda davom etasiz.
Bundan tashqari “Jadval” usulidan geografiyaning sinflar kesimida dars jarayonida mavzularni mustahkamlash, takrorlash jarayonida qo’llash mumkin. “Jadval ” usulida savollar soni 9 ta bo’ladi va uni guruhlarga tarqatiladi. O’quvchilarga berilgan tarqatmada savollar emas balki javoblar yozilgan bo’ladi. O’qituvchi tomonidan savollar o’qiladi. O’qilgan savollar mos kelgan javoblarga asoslanib, javoblar yozilgan katakchaga savol raqami yoziladi. O’qituvchi belgilangan savollarning raqamlari javoblarga mos kelganligini ko’rib chiqib, g’olib guruhni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |