113
avval o‘z qo‘l ostidagilari orqali joylashish o‘rnini kelishib olishga odatlandilar.
Qadimgi Rimdagi qo‘nib o‘tish manzillari asosiy yo‘l bo‘yida va qishloqlarda
joylashgan, faqat qulaylik xaqida gap bo‘lishi mumkin emasdi.
Rim Imperiyasininig qulashi bilan xovli va tavernalar o‘z - o‘zidan inqirozga uchradi.
Faqat 4 asrdan so‘nggina, O‘rta asr davri (500- 1300 y.) boshlangungacha, yangi turda
joylashtirish korxonalari yuzaga kela boshladi.
Jaxon mehmonxona sanoati rivojiga O‘rta asrlarda Angliyada sodir bo‘lgan jarayonlar
ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1066 yilda Angliyaning istilo qilinishi oqibatida sayoxatchilar soni
oshdi. Xususiy uylar mehmonxona o‘rnini bosdi va xovlilar tijorat korxonasi sifatida qo‘llandi.
O‘rta asrlarda odamlar muqaddas joylarga ko‘proq tashrif buyura boshladilar. O‘sayotgan
talabni qondirish maqsadida turar joylarni kengaytirildi. Uyg‘onish davriga kelib esa, Yevropada
iqtisodiy o‘sish boshlandi, mamlakatlararo aloqalar muntazam yo‘lga qo‘yildi.
Ingliz xovlilari yog‘ochdan qurilgan, yirik sayoxatchilar esa toshli qasrlarda va
monastrlarda to‘xtash unda yashab turishni xoxlaganlar, bu joylar qaroqchilar xujumidan
ishonchli ximoya qilingan. Lekin uyg‘onish davrida qirol Genrix VI monastrlarni tarqatib
yuborish xaqida farmon berganidan so‘ng, sayoxatchilar xovlilarda qolishga majbur bo‘ldilar.
Evropa va Amerika bo‘ylab sayoxatga chiqa boshlagan inglizlar asta - sekin uy qurish va
uni boshqarish sirlarini o‘zlashtirdilar.
Bugungi kunda dunyoda 30 mingdan ziyod turli otellar mavjud. Aniqrog‘i, bu ko‘rsatkich
―Reed Travel Grour‖ nashriyoti tomonidan chop etilgan ―Offical Hotel Guide–96‖ katalogida
ko‘rsatilgan. Bu mehmonxonalardagi umumiy nomerlar soni 12 mln. ni tashkil qiladi.
Evropa mintaqasida nomerlar soni ko‘p. Ikkinchi o‘rinda Amerika va undan so‘ng
Sharqiy Osiyo turadi. Mehmonxonalar qurish tobora avj olib bormoqda. 1995 yilda AQSHning
o‘zida 82 ming o‘rinli mehmonxonalar qurib bitirildi. Jadal qurilishlar turistlar ko‘p boradigan
joylarda davom etyapti. Bu Janubi – Sharqiy Osiyo orollari, masalan, Bali (Indoneziya) va
Pxuket (Tailand) dadir.
Yirik mehmonxona tizimi tomonidai qiziqish Mal‘div Respublikasi va ba‘zi Afrika
mamlakatlaridan ham kuzatilmoqda.
Dunyodagi eng yirik otel‘ Tailandning Pataya shaxrida joylashgan ―Ambassador City
Jomitien‖ dir. U 5100 nomerli bo‘lib, 40 mt atrofidagi maydonni egallaydi.
Jadvalda ko‘rsatilishicha, 20 ta eng yirik otellarning 13 tasi Las – Vegasda joylashgan.
Zamonaviy Las-Vegas aloxida yirikligi bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan
(masalan, 1515 o‘rinli ―Caesuras Palace‖) bugun 20 ta eng yirik otellar ro‘yxatiga ham kirmay
qoldi.
Las-Vegas – bu umum e‘tirof etilgan xordiq sanoatining lideri sanaladi. SHaharda 50 ta
kazino bo‘lib, ularning ko‘pi otel‘ xududlarida joylashgan. Ushbu otellardagi apartamentlar
o‘lchami va qulayligi jixatidan eng katta va yaxshisidir. Bunda mini-basseynlar, bir nechta yirik
teleekranlar, 2 va undan ortiq xonalar, xol va yotoqxonalar, oshxona hamda barlar mavjud.
Bunday apartamentlar binoning aloxida ajratilgan tomonida joylashtirilgan va xususiy ya‘ni atab
qo‘yilgan joy (bron qilish) xizmatiga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: