112
3.Muntazam ravishda 5 yilda 1 marta ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, administrativ,
boshqaruv, texnik xizmati xodimlari malaka darajasini tekshirish natijasida kayta attestatsiyadan
o‘tkaziladi.
4.Har 3 yilda sayyohlik korxonasining xodimlarini malakani oshirish kurslarida maxsus
dastur byicha kayta prfessional tayyorgarlikda o‘tkazilishi zarur.
5.Hamma xodimlar formali, maxsu yoki sanitar kiyim va poyafzal kiyib yurishlari kerak.
Kiyim shu korxonada o‘rnatilgan muomila bo‘yicha, toza va yaxshi xolatda bo‘lishi kerak.
6.Hamma ovqatlanish, xurmatdagi sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar formali
kiyim bilan birga mehmonxona belgisi, xodimning manbasi, familiyasi va ismi yozilgan znachok
takib yurish kerak.
7.Metrdotel‘ning kiyim boshqalarda rasmiy bezagi bilan ajralib turadi. Farq yoki
smoking kiygan bo‘lishi ham mumkin.
8.Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tashqi ko‘rinishi tartibli, ozada bo‘lishi kerak.
9.Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ularga nisbatan odobli, e‘tiborli va
sermulozamatli bo‘lishi kerak.
10.Xodimlar ish joylarida boshqa ishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
11.Oshxona, texnik xizmat va yordamchi xizmat xodimi mijozlarning xonalarida sanitar
va maxsus kiyimda ko‘rinmasliklari kerak, agar bevosita vazifalarni bajarmayotgan bo‘lsalar.
Nizom xodisa yuz berganda xodim darxol navbatdagi administratorchi, metrdotel‘ni yoki
korxona direktorini chaqirishi lozim.
Qanchalik qiziq bo‘lmasin, lekin ko‘pChilik uchun butun tatilni magazinlarida harid qilib
o‘tkazish uchun safarga chiqish oddiy xoldir. Xodimlar u yoki bu mamlakatga qilingan tashrifini
eslatib turadi. Har bir mamlakat u yoki bu narsani ishlab chiqarishi bilan ajralib turadi.
SHotlandiya – aviatorlar, Meksika – sombrero, Irlandiya – odelo, Frantsiya – duxi.
«Daydilik» bu holda – sarguzashtlar inson zoti instinktlar ishtiyoqi o‘tirmasdan, uni bir
joyda yegiliklarni qidirishga undaydi. Ilgari ko‘p safar qilish jamiyat tomonidan
rag‘batlantirmasdi. Lekin yevropalik aholi bundan mustasno. G‘arbiy
nemislar Avstraliyaga
tashrif buyurivchilarning 86% ini tashkil qiladi. Ular yana Yugoslaviya, Italiya va Ispaniyaga
ham tez – tez sayyohat qiladilar.
Amerikaliklar asosan ta‘lim dasturlari bo‘yicha sayyohat qilishni xush ko‘radilar. Uning
Rim, Amsterdam «Parijni afzal ko‘radilar». Lekin sayyohlarning ham ko‘payishi kutilmoqda.
Salomatlikni yaxshilash uchun sayyohatchilar, insonlar salomatligini yaxshilash va
hayotni uzaytirish maqsadida suv zaxiralari mavjud kurortlariga, dengiz bo‘yicha
sayyohat
qiladilar. Ko‘p mehmonxonalar ham o‘z xizmatlar tarkibiga balchikli va mineral vannalar
quyilgan. Bilim olish uchun sayyohat qilish, sayyohatlar insonga yangi bilimlarga ega bo‘lish
istagini kolirishga imkon beradi. Yevropada dam oluvchi amerikaliklarning ko‘p qismini maktab
ukituvchilari tashkil qiladi. Talablar yolgiz o‘zlari ya‘ni univesitet xomiylik qiladigan guruxlar
bilan yevropa bo‘ylab sayyohat qiladilar.
Amerikaliklarni Yevropa doimo o‘ziga jalb qilgan. Ular har birining avlodi yevropadan
yangi yer izlab va din erkinligi maqsadida amalga oshib utgan deb uylaydi. Ispaniyada sayyohlar
korridada qatnashishlari Frantsiyada inkodromlarda pul sarflaydilar.
Azart uchun sayyohat qilish azart o‘yinlariga qiziqishni tavakkal
qilishga intilishi har
qanday madaniyatda u xox oddiy xox murakkab bulsin uchratish mumkin. Ko‘pChilik uchun
tavakkal qilish xuddi narkotikka bog‘langandek ishkiboz bo‘ladilar.
Atlantik – Siti, Los – Vegas kabi joylarda ishkiboz uynchilarga hayotdagi bir xillikda
talaffus qiladilar. Los – Vegas yilga 14 mln. sayyohlar jalb qiladi.
O‘zbekistonda mehmonxona industriyasini rivojlantirish tendentsiyalari. Mehmonxona
sanoati korxonalarining yuzaga kelishi qadimgi Rim bilan aloqadordir (taxminan er.av.50-yillar).
Rim Imperiyasi yirik bo‘lganligi sababli amaldor va savdogarlar tez-tez tashqariga chiqib
to‘rganlar. Natijada ularni joylashtirish uchun doimiy xovli-joy va tavernalar yuzaga kelgan.
Rim davlatining asosida qat‘iy sinfiy tizimning mavjudligi joy bilan ta‘minlash
korxonalari rivojiga ham e‘tiborni kuchaytirdi. Xatto davlat amaldorlari yo‘lga otlanishdan
113
avval o‘z qo‘l ostidagilari orqali joylashish o‘rnini kelishib olishga odatlandilar.
Qadimgi Rimdagi qo‘nib o‘tish manzillari asosiy yo‘l bo‘yida
va qishloqlarda
joylashgan, faqat qulaylik xaqida gap bo‘lishi mumkin emasdi.
Rim Imperiyasininig qulashi bilan xovli va tavernalar o‘z - o‘zidan inqirozga uchradi.
Faqat 4 asrdan so‘nggina, O‘rta asr davri (500- 1300 y.) boshlangungacha, yangi turda
joylashtirish korxonalari yuzaga kela boshladi.
Jaxon mehmonxona sanoati rivojiga O‘rta asrlarda Angliyada sodir bo‘lgan jarayonlar
ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1066 yilda Angliyaning istilo qilinishi oqibatida sayoxatchilar soni
oshdi. Xususiy uylar mehmonxona o‘rnini bosdi va xovlilar tijorat korxonasi sifatida qo‘llandi.
O‘rta asrlarda odamlar muqaddas joylarga ko‘proq tashrif buyura boshladilar. O‘sayotgan
talabni qondirish maqsadida turar joylarni kengaytirildi. Uyg‘onish davriga kelib esa, Yevropada
iqtisodiy o‘sish boshlandi, mamlakatlararo aloqalar muntazam yo‘lga qo‘yildi.
Ingliz xovlilari yog‘ochdan
qurilgan, yirik sayoxatchilar esa toshli qasrlarda va
monastrlarda to‘xtash unda yashab turishni xoxlaganlar, bu joylar qaroqchilar xujumidan
ishonchli ximoya qilingan. Lekin uyg‘onish davrida qirol Genrix VI monastrlarni tarqatib
yuborish xaqida farmon berganidan so‘ng, sayoxatchilar xovlilarda qolishga majbur bo‘ldilar.
Evropa va Amerika bo‘ylab sayoxatga chiqa boshlagan inglizlar asta - sekin uy qurish va
uni boshqarish sirlarini o‘zlashtirdilar.
Bugungi kunda dunyoda 30 mingdan ziyod turli otellar mavjud. Aniqrog‘i, bu ko‘rsatkich
―Reed Travel Grour‖ nashriyoti tomonidan chop etilgan ―Offical Hotel Guide–96‖ katalogida
ko‘rsatilgan. Bu mehmonxonalardagi umumiy nomerlar soni 12 mln. ni tashkil qiladi.
Evropa mintaqasida nomerlar soni ko‘p. Ikkinchi o‘rinda Amerika va undan so‘ng
Sharqiy Osiyo turadi. Mehmonxonalar qurish tobora avj olib bormoqda. 1995 yilda AQSHning
o‘zida 82 ming o‘rinli mehmonxonalar qurib bitirildi. Jadal qurilishlar turistlar ko‘p boradigan
joylarda davom etyapti. Bu Janubi –
Sharqiy Osiyo orollari, masalan, Bali (Indoneziya) va
Pxuket (Tailand) dadir.
Yirik mehmonxona tizimi tomonidai qiziqish Mal‘div Respublikasi va ba‘zi Afrika
mamlakatlaridan ham kuzatilmoqda.
Dunyodagi eng yirik otel‘ Tailandning Pataya shaxrida joylashgan ―Ambassador City
Jomitien‖ dir. U 5100 nomerli bo‘lib, 40 mt atrofidagi maydonni egallaydi.
Jadvalda ko‘rsatilishicha, 20 ta eng yirik otellarning 13 tasi Las – Vegasda joylashgan.
Zamonaviy Las-Vegas aloxida yirikligi bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan
(masalan, 1515 o‘rinli ―Caesuras Palace‖) bugun 20 ta eng yirik otellar ro‘yxatiga ham kirmay
qoldi.
Las-Vegas – bu umum e‘tirof etilgan xordiq sanoatining lideri sanaladi. SHaharda 50 ta
kazino bo‘lib, ularning ko‘pi otel‘ xududlarida joylashgan. Ushbu otellardagi apartamentlar
o‘lchami va qulayligi jixatidan eng katta va yaxshisidir. Bunda mini-basseynlar, bir nechta yirik
teleekranlar, 2 va undan ortiq xonalar, xol va yotoqxonalar, oshxona hamda barlar mavjud.
Bunday apartamentlar binoning aloxida ajratilgan tomonida joylashtirilgan va xususiy ya‘ni atab
qo‘yilgan joy (bron qilish) xizmatiga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: