91
Yanbu singari yirik sanoat majmualari. obod shaharlar bunyod etilgan.
So‘ngi yillarda Fors qo‘ltig‘ining neft‘ qazib oluvchi mamlakatlari yirik imigratsiya
rayoniga aylangan. Bu yerda arab va noarab mamlakatlaridan kelgan 6 mln. chet ellik yashaydi
va ishlaydi. Ularning bu yerga ish haqining yuqoriligi jalb qilgan. CHet elliklar Saudiya
Arabistonida ish bilan band barcha aholining yarmini tashkil etadi. Ular qo‘li bilan shaharlar va
yirik avtomobil‘ yo‘llari quriladi. neft‘ qazib olinadi.
Saudiya Arabistonida butun dunyo musulmonlarining muqaddas shahri bo‘lmish
Makkaga «Makkai Munavvaraga». bu yerdagi Masjidi jome xovlisida muqaddas Ka‘ba
joylashgan va payg‘ambarimiz janobi Rasulullox Muhammad salallohu alayhi vasssalam dafn
etilgan shahar – Madinaga «Madinai Mukarrama»ga yiliga 2 mln.ga yaqin musulmonlar hajga
boradi. Boshqa dinlarga e‘tiqod qiluvchilarning bu shaharlarga kirishi man etilgan.
Saudiya Arabistoni poytaxti – Ar-Riyod dunyodagi eng tadrijiy rivojlanayotgan
shaharlardan biridir. Uning aholisi 1960 yil 160 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa. 2000 yilga kelib 2
mln. dan oshib ketdi. Vazirliklar. banklar. mehmonxonalar odatda 7-8 qavat bo‘lib. o‘ziga xos
nafis arxitekturasi bilan ajralib turadi. Ko‘chalar chekkasiga yashil o‘simliklar ko‘p ekilgan.
sanoat korxonalari esa shahar tashqarisida joylashgan.
Saudiya Arabistonida asosan diniy turizm rivojlangan. har yili O‘zbekistondan 5
mingdan ortiq musulmonlar haj va umra amallarini bajarish uchun safar qiladilar.
Yaqin-Sharq mintaqasiga qilingan xorijiy tashriflarning 27.2%. xalqaro turizm
tushumlarining 28.9% Saudiya Arabistoni mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2002 yilda 2001 yilga
nisbatan xalqaro turizm harakatlarining 12% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Saudiya Arabistoni mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi
ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 1.07%i. Yaqin Sharq mintaqasiga qilingan
tashriflarning 27.2%i Saudiya Arabistoni mamlakatiga to‘g‘ri keladi (7.3.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.78%i. Yaqin Sharq
mintaqasi tushumlari bo‘yicha 28.9% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy
turistik tashriflar 11.7% ga. daromadlar miqdori 12.0% ga o‘sganligi kuzatilgan.
2002 yilda har bir xorijiy tashrif 497 AQSH dollarni tashkil qilgan. har bir xorijiy
turistik tashriflar ko‘rsatgichi jahon bo‘yicha ko‘rsatgichdan 23.4% ga past. Yaqin Sharq
mintaqasi bo‘yicha 5.7% ga yuqori bo‘lgan. Tahlil natijalari Saudiya Arabistonida xalqaro
turizm yaxshi rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasini 1991 yil yanvarda tan olgan va 1992
yilning 20 fevralidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi
siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar mavjud. Davlat elchixonalari faol ish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: