93
yer bosib olingan va hozirgacha turli mojorolarga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro tan olingan
chegaralarga ega emas. Yirik shaharlari: Quddus. Tel‘-Aviv. Xayfa. BMTning 1947
yildagi
rezolyutsiyasiga xilof ravishda 1950 yil g‘uddus Isroil davlatining poytaxti deb e‘lon qilindi.
Isroil parlamentar respublika. Ma‘muriy jihatdan 6 okrugga bo‘linadi. Umumiy aholisi 5.5 mln.
kishiga yaqin. shulardan yahudiylar 82%ni. arablar 16%ni boshqa millat vakillari 2%ni tashkil
etadi. Bu davlatning hozirgi aholisi asosan muhojirlar asosida ko‘paydi. dastlab 600 ming aholisi
bor edi xolos.
Ayniqsa. Sobiq SSSR va hususan O‘zbekistonda yashagan yahudiylar ham o‘z
vatanlariga qaytganlar. Isroil o‘z parlamentiga ega. Ammo. o‘z konstitutsiyasiga ega emas.
Davlat boshlig‘i prezident bo‘lib parlament (knesset) tomonidan 5 yilga saylanadi. Ijroi
hokimiyati bosh vazir tomonidan olib boriladi.
Isroilning tashqi siyosatida AQSHning roli nihoyatda kuchli. ikkala davlat o‘rtasida
«Strategik ittifoq» mavjud. bu hujjat 1981 yili imzolangan. Bunga asosan AQSH Isroilga yiliga 3
mlrd. dollarlik iqtisodiy va harbiy yordam ajratadi. Isroil rivojlangan industrial davlatdir.
Yalpi
ichki mahsuloti 65.7 mlrd. dollarga teng. aholining o‘rtacha yillik daromadi 11 ming dollar
atrofida. Bu mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos narsa shuki. harbiy sanoat xissasi baland va
chet el sarmoyalariga asoslanib rivojlanish yetakchi o‘rinni egallaydi. AQSH va Yevropa ittifoqi
davlatlarining kapitali hal qiluvchi hisoblanadi. Iqtisodiy mo‘‘tadillashtirish
rejasiga asosan
davlat harajatlari. shu jumladan. ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablag‘lar keskin
kamaytirilgan. ish haqi va baholar ma‘lum tartibga solindi. oqibatda inflyatsiya darajasi 14-
18%ga kamaydi. Tashqi qarzlar 18.4 mlrd. dollarga teng. Ishsizlik bu mamlakatda ancha yuqori -
10.5%ni tashkil etadi. Sanoatda aholining 26%i. qishloq xo‘jaligida esa 11-12%i xizmat qiladi.
Siyosiy barqarorlik yo‘qligi sababli mudofaga katta e‘tibor beriladi
va bu sohaga yalpi ichki
mahsulotning 25%i sarflanadi. Iqtisodiyotda sanoat YaIMning 30%ni. qishloq xo‘jaligida esa
10%ni tashkil etadi. Sanoatda mudofadan tashqari elektronik meditsina. aloqa vositalari.
komp‘yuterlar. umuman fan rivojiga bog‘liq sohalar tez rivojlanmoqda. YaMM-70.1 mlrd.
dollar. jon boshiga 13.880 dollar.Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 32.4 mlrd. dollarga teng.
Asosiy savdo sheriklari AQSH. Yaponiya va Farbiy Yevropa mamlakatlari. Transport
vositalaridan temir yo‘llar uzunligi 600 km. avtomobil‘ yo‘llari - 4750 km.
Asosiy dengiz
portlari: Ashdot. Xayfa.
Isroil mamlakati turizm bozorini 50%ga yaqinini Yaqin Sharq mamlakatlari. 3.1%ni
Janubiy Osiyo mamlakatlari. 18.4%ni Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari. 19%ga yaqinini
Yevropa mamlakatlari. 2.5-3.0%ni Amerika mintaqasi mamlakatlari. 6.5-7.0%ni
Afrika
mamlakatlari ta‘minlaydi.
Isroil mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha.
jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 0.34%i. yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bo‘yicha
8.7%i Isroil mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan xorijiy turistik tashriflar
3.8%ga o‘sganligi kuzatiladi (7.5.1-jadval).
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm tushimlarining 0.30%i. yaqin Sharq
mintaqasi turizm tushimlarining 11.1%i Isroil mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. 2002 yilda 2001 yilga
nisbatan 3.0%ga o‘sish kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif 600 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich. jahon bo‘yicha
ko‘rsatgichdan 12.5%ga past bo‘lgan. yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha 27.6%ga yuqori bo‘lgan.
Tahlil natijalarini ko‘rsatishicha xalqaro turizm industriyasi
Isroil mamlakatida yaxshi
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Isroil davlati mustaqil O‘zbekistonni 1991 yilning 25 dekabrida tan olgan va 1992 yilning
21 fevralidan boshlab diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
Toshkent - Tel-Aviv shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqasi mavjud. Ikkala mamlakat
o‘rtasida siyosiy. iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilgan.
Isroil mamlakatida 400 dan ortiq nomda matbuot nashri chop etiladi. SHular
ichida eng
yirigi «Mlarf» ro‘znomasi 150-170 ming nusxada chop etiladi. «Gaarets» ro‘znomasining tiraji
50 ming nusxa bo‘lib. ivrit tilida chop etiladi. hozirgi kunda muhojirlarning
talabini qondirish