Geografiya kafedrasi


 Birlashgan Arab Amirliklari mamlakati turizmi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

4. Birlashgan Arab Amirliklari mamlakati turizmi 
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Fors va Ummon ko‘rfazi qirg‘og‘ida. Arabiston 
Yarim orolining Sharqiy qismida joylashgan federativ davlat. Birlashgan Arab Amirliklari 7 
amirlik: Abu-Dabi. Dubay. Sharja. Ajman. Umm-Ulxaytayp. Al-Fujayra va Ra‘s-ul-Xayma 
kiradi. hududi 83.600 kv.km. atrofida. Aholisi 2.7 mln. Poytaxti – Abu-Dabi. Yirik shaharlari: 
Dubay. Sharja va Ra‘yo-ul-Xayma. Mahalliy aholi barcha aholining faqat 25-30%ini tashkil 
qiladi. Rasmiy ma‘lumotlar e‘lon qilinmaydi. BAAda xizmat qiluvchi ishchilarning 90% 
xorijliklardir. Bu yerda 600 minga yaqin hind va pokistonliklar yashaydi. Eron va Arab 
mamlakatlaridan 400 ming aholi istiqomat qiladilar. SHuningdek. 25 ming ingliz va 
yevropaliklar ham yashaydi. Arab tili rasmiy til. ingliz tili keng qo‘llaniladi. Islom dini davlat 
dini hisoblanadi. Milliy bayrami – 2-dekabr bo‘lib. federatsiya vujudga kelgan kunga to‘g‘ri 
keladi. OPEK a‘zosi.
BAA – federatsiyadir. Uning tarkibiga kiruvchi har bir amirlik mutlaq monarxiya 
hisoblanadi va katta mustaqillikka ega. 1971 yilda qabul qilingan konstitutsiyaga asosan 
hokimiyatning oliy organi amirlik boshliqlaridan iborat Oliy kengash saylanadi. Ular ichidan 5 
yilga mo‘ljallab prezident saylanadi. Mamlakatda siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati man 
etilgan. BAA tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak XVIII-XIX asrlar bo‘sag‘asida bu hududda 
arab qabilalari istiqomat qilganlar. Ular asosan chorvaChilik va baliqChilik bilan. qisman savdo 


92 
bilan mashg‘ul bo‘lganlar. XIX asrdan boshlab bu tomonlarga Buyuk Britaniya fuqarolari kirib 
kela boshladi. Mahalliy qabila boshliqlari va bosqinchilar o‘rtasida 1820. 1843. 1853. 1892 
yillarda bir necha bor shartnomalar tuzilgan. ularda ajnabiylarga katta imtiyozlar berilgan. 
BAAning hozirgi hududi 1853 yilda shartnomali Ummon deb atalgan va aslida Buyuk 
Britaniyaning protektorati (yarim-mustamlaka) bo‘lgan. bu xolat XX asrning 60 yillariga qadar 
davom etib kelgan. Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarini Fors ko‘rfazidan olib chiqib ketgach 1971 
yilning 2-dekabrida Birlashgan Arab Amirliklari tashkil etilgan. 
BAA iqtisodiyoti neft‘ sanoati rivojiga asoslangan. o‘rganilgan neft‘ zaxiralari 7 mlrd. 
tonna bo‘lib. asosan Abu-Dabi amirligiga to‘g‘ri keladi. Neft‘ va gazni olish uni eksport qilish 
yo‘li bilan xalq boyligi yaratiladi. SHu yo‘l bilan yiliga 14.5 mlrd. AQSH dollari boylik xazinaga 
kirib keladi. Bu yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 43% ni (33.5 mlrd. AQSH dollar) tashkil 
qiladi. YaMM – 62.7 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga 22480 AQSH dollariga teng. 
BAA ning iqtisodiy rivoji xorij sarmoyalari bilan chambarchas bog‘langan. SHuni 
hisobga olib 1985 yili Dubay amirligida Jabal-Ali hududida erkin iqtisodiy makon ochilgan. 
unda 55 davlat kompaniyalari o‘z vakolatxonalarini ochgan. Federal va mahalliy hokimiyat 
tashkilotlari mamlakat iqtisodiyotiga xorij investitsiyalari kirib kelishini qo‘llab quvvatlaydilar. 
Ular uchun turli imtiyozlar mavjud. Ko‘p korxonalarda xorij sarmoyalari 49% ga teng (demak 
davlatniki 51%). Savdo sohasi iqtisodiyotda katta o‘rin egallaydi. chetga neft‘. baliq. xurmo. 
marvarid eksport qiladi. Savdo sheriklari Yaponiya. AQSH. Buyuk Britaniya. Frantsiya. Italiya. 
Saudiya Arabistoni. keyingi yillarda boshqa arab mamlakatlari ham qo‘shilgan. 
BAA O‘rta Sharqdagi eng yirik moliyaviy markaz hisoblanadi. Mamlakatda faoliyat 
ko‘rsatayotgan 63 tijorat bankining umumiy depoziti 40-45 mlrd. dollar. xorij quyilmalari. 
valyuta zahiralari 10 mlrd. dollar. chet el aktivlari 23 mlrd. dollarni tashkil etadi. Bank sohasida 
sof daromadlarning o‘sish dinamikasi 25% bo‘lib. 2.5 mlrd. dollar foyda ko‘riladi. 
Birlashgan Arab Amirligida har bir mahalliy aholi to‘rt nafar xorijiy ishchini o‘z 
xizmatiga olish huquqiga ega Moskva jurnalistlaridan biri mamlakat poytaxti Abu-Dabini 
quyidagicha tavsiflagan edi «Omonliklarning rang-barang yopinchig‘i. sikxlarning tyurbanlari 
tovlanadi. Bu yerda pokistonliklarni ham. koreyslarni ham. malayziyaliklarni ham. arab 
mamlakatlaridan kelgan muhojirlarni ham uchratamiz. Dam olish kunlari dengiz sohili bo‘ylab 
go‘yo butun Sharq xalqlari saf-saf bo‘lib sayr qilayotgandek bo‘lib tuyuladi». Tub joy aholi 
mamlakat aholisining 1/6 qismini tashkil etadi. Biroq ular - katta imtiyozga ega bo‘lgan 
kamChilikdan iborat. 
Mamlakatda xalqaro turizmga katta ahamiyat berilgan. asosan tijorat va plyaj turizmi 
yaxshi rivojlangan. Turizmni rivojlantirish uchun mamlakatda barcha imkoniyatlar ishga 
solingan. chunki undan katta daromad tushadi. 
Birlashgan Arab Amirliklari mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil 
natijalarini ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 0.77%i. yaqin Sharq mintaqasi 
mamlakatlari bo‘yicha 19.7%i Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2002 
yilda 2001 yilga nisbatan xorijiy turistik tashriflar 31.7%ga o‘sganligi kuzatiladi (7.4.1-jadval). 
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha. jahon turizm tushimlarining 0.28%i. yaqin Sharq 
mintaqasi tushimlarining 10.2%i BAA mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. 2002 yilda 2001 yilga 
nisbatan 24.8%ga o‘sish kuzatiladi. 
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekiston Respublikasining 1991 yilning 26 dekabrida 
tan olgan va 1992 yilning 25 oktyabridan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. 
Toshkent-SHarja shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqasi mavjud. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish