Geografiya fanining fanlar tizimidan iborat ekanligi barcha adabi-
yotlarda e’tirof etiladi. Lekin, uning tarmoqlari haqida gap borganda,
geograflar yakdil emaslar. Bu borada adabiyotlarda bildirilgan fikr-
lami umumlashtirgan holda, o‘rganish obyekti va predmeti hamda
tadqiqot prinsiplari va metodlaridan kelib chiqib, barcha geografik
fanlami beshta guruhga birlashtirish mumkin:
1. Tabiiy geografiya;
2. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya;
3. Kartografiya;
4. Mamlakatshunoslik;
5. Oraliq (yoki maxsus) fanlar.
Tabiiy geografiya - geotizimlaming kelib chiqishi, tuzilishi, max-
sus faoliyatni bajarishi, dinamikasi va rivojlanishi haqidagi fan. U
ham o‘rganish predmetiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1. Umumiy tabiiy geografiya;
2. Regional tabiiy geografiya;
3. Xususiy tabiiy geografik fanlar.
Umumiy tabiiy geografik fanlar guruhiga umumiy tabiiy geografiya,
landshaftshunoslik va paleogeografiya tegishli. Umumiy tabiiy geo-
grafiya - geografik qobiqni yaxlit geotizim sifatida tuzilishi, maxsus
faoliyatni bajarishi, dinamikasi va rivojlanish qonuniyatlarini hamda
hududiy tabaqalanish omillarini o‘rganadi. U Yeming tabiiy qismlari
-- litosfera (ustki qatlami), atmosfera (havo), gidrosfera (suv) va bios-
fera (tirik organizmlar)ga hamda bu qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa-
dorlikka asosiy e’tibor qaratadi.Paleogeogrqfiya - geografik qobiq va tabiiy sharoitning o‘tgan
geologik davrlardagi holatini o'rganadi.
Regional tabiiy geografiya - muayyan ko‘lamdagi geotizimlar-
ning tabiatini, tabiiy resurslarini, tabiiy geografik jarayon va hodisa-
larini o‘rganadi. Bunda turli taksonomik qiymatdagi tabiiy geografik
birliklar o‘rganiladi.
Umumiy va regional tabiiy geografiya fanlari guruhi xususiy tabiiy
geografik fanlarga asos bo‘ladi va, ayni paytda, ulaming ma’lumotlari
va xulosalari bilan “oziqlanadi”.
Xususiy tabiiy geografik fanlar - bu guruhga geografik qobiqning
alohida tarkibiy qismlarini, komponentlarini, ulaming xususiyatlari
va jihatlarini o‘rganadigan bir qancha fanlar kiradi.
1. Geomorfologiya - yer yuzasi relyefining kelib chiqishi, yoshi,
tuzilishi xususiyatlarini, rivojlanishi va uning u yoki bu shakllarining
tarqalishini, relyefiiing shakllanishida endogen va ekzogen jarayon-
laming ta’sirini o‘rganadigan fan.
2. Iqlimshunoslik - iqlim haqidagi fan bo‘lib, uning shakllanishi,
geografik tarqalishi va vaqt mobaynida o‘zgarishini o‘rganadi.
3. Gidrologiya - Yeming suv qobig‘ini o‘rganadigan fan bo‘lib
okeanalogiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi: Okeanalogiya -
Dunyo okeanidagi tabiiy jarayonlar haqidagi fan; quruqlik gidrologi-
yasi - quruqlikdagi suv havzalarida ro‘y beradigan jarayon va hodisa-
laming qonuniyatlarini o‘rganadi.
4. Glyasiologiya - Yer yuzidagi, atmosfera, gidrosfera va litos-
feradagi tabiiy muzliklami o‘rganadigan fan.
5. Geokriologiya (muzloqshunoslik) - ko‘p yillik muzloq yerlami,
ulardagi tuproq va tog‘ jinslarini o‘rganadigan fan.
6. Botqoqshunoslik - botqoqliklaming hosil bo‘lishi va rivojlani-
shi, ulardagi tabiiy jarayonlar va yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini
o‘rganadigan fan.7. Tuproqlar geografiyasi - yer yuzidagi tuproqlaming hosil
bo‘lishi va tarqalishining geografik qonuniyatlarini o‘rganadigan fan.
8. Biogeografiya - yer yuzida tirik organizmlami tarqalishining
geografik jihatlarini va qonuniyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, geo-
botanika va zoogeografiyaga bo‘linadi.Ekspeditsiya yoki dala usuli tabiiy geografiyaning asosiy usul-
laridan biridir. Geografik nazariyalar asosan dalada to‘plangan
ma’lumotlar asosida rivojlanadi. Shuning uchun mazkur usul antik
davrdan to hozirgi davrgacha geografik ma’lumotlar olishning va ta-
biatni hamda xo‘jalikni o‘rganishning asosiy usuli bo‘lib hisoblanib
kelmoqda.
Ekspeditsiyalar kompleks va maxsus qismlarga bo‘linadi.
Kompleks geografik ekspeditsiyalarda ma’lum bir hududning
tabiiy geografik sharoiti har tomonlama to‘la o‘rganiladi. Masalan,
Buyuk shimol ekspeditsiyasi (1733-1743), akademik ekspeditsiya-
lar (1768-1774) va boshqalar. XX asming 30-yillaridagi Tojik Po-
mir kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm ekspeditsiyalari ana shunday
ekspeditsiyalardan bo‘lgan.
Maxsus ekspeditsiyalar tabiatning ayrim tarkiblarini hamda tar-
moqlarini o‘rganish uchun uyushtiriladi. Masalan, geologik qidiruv
ekspeditsiyalarida hududning geologik tuzilishi va foydali qazil-
malari, tuproqshunoslik ekspeditsiyalarida tuproqlar, landshaftshu-
noslik ekspeditsiyalarida landshaftlar o‘rganiladi. Bundan tashqari
muntazam ishlaydigan ekspeditsiyalar ham tashkil etiladi. Masalan,
Tyanshan statsionari 1945-yilda ochilgan.
Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo‘llanib kelina-
di. Hozirgi davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borish-
ning asosiy usuli hisoblanadi. Qiyosiy tavsif usuli turli hududlarning
relyefini, iqlimini, ichki suvlarini, o‘simligi, tuproqlari, hayvonot dun-
yosi, tabiat zonalari va landshaftlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Mazkur usul mamlakatshunoslikda ko‘proq foydalaniladi.
Kartografik usul har bir tabiiy geografik tadqiqot ishlarida
qo‘llaniladi. Kartografik usul yordamida tabiiy sharoitning umumiy
va xususiy tomonlari tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabi-
iy xaritalar, geologik, geomorfologik, tuproq, o‘simlik, landshaft va
boshqa xaritalar.
Aerokosmik usul tabiiy geografik jarayonlar haqida ma’lumot
olish, ulami o‘rganish va kartalashtirishda juda muhim metodlardan
hisoblanadi. Kosmik suratlarda geotizimlaming hududiy tarqalishi,xilma-xilligi yaqqol ko'rinadi. Kosmik suratlar bir vaqtning o‘zida
turli geotizimlarda bo‘layotgan jarayonlami aks ettiradi. bu esa geo-
tizimlaming dalada har doim ham aniqlashning iloji boimagan che-
garalari, ulaming miqdor va sifat xususiyatlarini aniqlashga imkon
beradi. Turli vaqtda olingan kosmik suratlami taqqoslab geotizim-
laming tabiiy geografik jarayonlar hamda inson ta’sirida o‘zgarishi,
uning jadalligi va boshqa ko‘plab ma’lumotlami olish imkoni katta.
Paleogeografik usul tabiiy geografiyada geologik rivojlanish
davomida tabiy sharoitning shakllanishi va o‘zgarishini aniqlash
uchun ishlatiladi. Bundan tashqari mazkur usul ma’lum bir jarayon-
lami rivojlanish qommiyatlarini aniqlash asosida ulami o‘zgarishini
prognoz qilishga imkon beradi.
Hozirgi paytda tabiiy geografiyada injenerlik geografiyasi shakl-
lanmoqda. Mazkur fan tabiiy geografiya, injenerlik geologiyasi
va injenerlik geomorfologiyasi hamda injenerlik ekologiyasi fan-
lari asosida rivojlanmoqda. Injenerlik geografiyasi mazkur fanlarda
qo‘llaniladigan dala, laboratoriya va mexanik-matematik usullardan
foydalanadi. Shu bilan birga injenerlik geografiyasini o‘zida ishlab
chiqilgan tadqiqot usullaridan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |