Belovej davri yangi davlatlarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Birinchi navbatda jaxonning yangi xukmdorlari «barxatli» va ma’lum kuchga tayangan holda sobiq ittifok atrofida, so’ngra Rossiyada yangi jaxon qoidalarini shakllantirmoqdalar. Ular Versal shartnomasi qoidalariga asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
3. Geosiyosatning asosiy qoidalar kategoriyalari. Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jaxon siyosiy makoni o’z navbatida mintaqalarga, rayonlarga davlatlar bloki va ittifoqlariga bulinib ketadi. Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat: geostrategik mintaka, geosiyosiy mintaqa, davlatlar bloki, geosiyosiy ittifoqlar , qudratli, tengi yo’q davlat, kuch markazlari , geosiyosiy chiziqlar (yo’nalishlar ), frontal raqobat va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |