Geografiya fani o’quvchisi



Download 390,3 Kb.
bet78/119
Sana23.01.2022
Hajmi390,3 Kb.
#402729
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   119
Bog'liq
Geografiya fani o’quvchisi qurbonboyeva hanifaning-fayllar.org

2.Geosiyosiy bosqichlar. Insoniyat tarixini geosiyosiy nuqtayi nazardan geosiyosiy bos­qichlarning yoki ma’lum bir kuchlaming navbatma-navbat almashinib kelishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy bosqich kuchlar muvozanatiga, ta’sir doirasiga va chegaralariga ega boladi.

Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanish jarayonida Vena bosqichi o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu bosqich Vena kongressining (1814-1815) tuzilishi bilan xarakterlanadi. Buning asosi sifatida geografik hududni nazoratda tutish tamoyili olingan.

Bu bosqichda jahon kuchlari markazi sifatida Rossiya va Avstriya -Vengriya imperiyasi, Britaniya kolonial imperiyasi (imperiya si­fatida 1876-yilda e’tirof etilgan bo’lsa ham), Germaniya imperiyasi (1871-yildan), XIX asrning o’rtalaridan jahon kuchlari markazi sifatida Fransiya (qonuniy jihatdan respublika hisoblanar edi) o’zini namoyon eta boshladi. 1877-yildan boshlab Turkiya sultoni "Usmonli turklar imperatori" maqomini qabul qildi.

Bu bosqichda yirik geosiyosiy markazlarning harbiy, siyosiy va boshqa ko’rinishdagi nizolari, goh bir markazning rivojlanishi (AQSh, Germaniya) yoki, aksincha, parchalanishi, yo ta’sir doirasining pasayishi (Rossiya, Ispaniya) kuzatiladi.

Bu bosqichdagi eng yirik siyosiy voqealardan biri ikkita yirik ittifoqning shakllanishi hisoblanadi. Birinchi ittifoq "Uchlik ittifoqi" hisoblanib, unga Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya kirgan edi. Ikkinchi ittifoq Antanta hisoblanib, unga Fransiya, Angliya va Rossiya davlatlari birlashgan edi.

"Uchlik ittifoqi"ning Birinchi jahon urushida (1914—1918) par-chalanib ketishi Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan xarakterlanadi va geopolitik kuchlar nisbatining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo’lib hisoblangan Germaniya, Avstriya—Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo’lgan nisbatan kichik davlatlarni Versal shartnomasining mualliflari o’z ta’sir doiralariga kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy etakchilikni quruqlikda Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta’minlab berdi. G’olib davlatlar siyosatchilari nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Evropada joy yo’q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hi­soblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya imperiya­lari koloniyalari g’olib davlatlar tomonidan bo’lib olindi. AQSh Prezidenti Vilsonning rejalariga ko’ra Rossiya davlati bir necha ta’sir doiralarga bo’linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O’rta Osiyo esa biron-bir Evropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning o’zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo’lmagan qaram davlat tuzish ko’zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o’z qo’shinlarini Rossiya hududiga kiritdi.

Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSh burjuaziyasi erishdi. U o’z kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington konfe-tensiyasida AQSh Angliya bilan bir qatorda harbiy dengiz flotiga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdi.

Millatlar ligasi yordamida g’olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya o’rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta’sir doirasida bo’lgan bir gurux davlatlardan iborat « sanitar kordon» tashkil etildi va bu bilan ikki yirik davlatning to’g’ridan – to’g’ri aloqalariga chek qo’yildi.

Ikkinchi jaxon urushi Versal tinchligiga chek ko’ydi. Urushning barcha qiyinchiliklarini sobiq ittifoq o’z bo’yniga oldi, lekin ushbu urushdan u harbiy va geosiyosiy jihatdan mustahkam bo’lib chiqdi. O’z tarixida birinchi marta Rossiya atrofida yirik geopolitik blokni tashkil etdi. Keyinchalik ushbu blokni mafkuraviy va axborot qurollari yordamida parchalash uchun yarim asr vaqt sarflandi.


Download 390,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish