Eslab qoling!
Ishlab chiqarish jarayoni deb, jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratish va xizmatlar ko’rsatishga aytiladi.
Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish. Masalan, yuk tashish, yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va hokazolar. Moddiy ishlab chiqarish birlamchi bo’lib, unga asosan nomoddiy soha rivojlanadi.
Nomoddiy ishlab chiqarish - moddiy shaklga ega bo’lmagan, lekin aholi uchun zarur xizmatlar. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya, sport, bilim berish, madaniy-maishiy va tibbiy xizmat ko’rsatish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |