Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari.
Ishlab chiqarishni ( moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatta xudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to’g’ri tanlay bilish ishlab chiqarishning xududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi.
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog’ini xududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarga yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik kiradi. Bu resurslar ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi unda qo'llaniladigan omil-larning soni va sifatiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |