Geografiya darslariga o’quvchilarni metodlar orqali jalb qilish qo`chqarova Zulfizar Rahmatjanovna Andijon viloyati Oltinko`l tumani 46-maktabning geografiya fani o`qituvchisi Annotatsiya



Download 1,97 Mb.
bet1/3
Sana11.07.2022
Hajmi1,97 Mb.
#774508
  1   2   3
Bog'liq
Qo`chqarova Zulfizar Rahmatjanovna metodika(1)





GEOGRAFIYA DARSLARIGA O’QUVCHILARNI METODLAR ORQALI JALB QILISH
Qo`chqarova Zulfizar Rahmatjanovna
Andijon viloyati Oltinko`l tumani 46-maktabning geografiya fani o`qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu metodik qo`llanmada, umumta’lim maktablarida geografiya fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar va turli xil metodlardan foydalanishning ahamiyati, pedagog tomonidan ta’lim sifatini yaxshilashda ilg’or texnologiyalarni qo’llash mahorati va uning natijasi haqida fikr yuritilgan.
Geografiya- Inson yer yuzida paydo bo’lgandan boshlab tabiat bilan chambarchas bog’liq holda yashab kelayabdi.Tabiat unga avvalo ozi-ovqat, keyin esa boshqa noz-ne’matlar, dori-darmonlar manbai bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insonning tabiiy resurslardan foydalanishi birmuncha ortdi. Hozirgi davrda sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanishi, texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi tabiiy resurslardan yanada ko’proq foydalanishni taqozo etadi. Sanoat va texnikaning rivojlanishi bilan atmosfera, gidrosfera, litosferaning tobora ifloslanishi sodir bo’lmoqda. Bu esa faqat o’simlik va hayvonlarning rivojlanishiga emas, balki inson hayotiga ham xavf solmoqda.
Geografiya- Ta’limda pedagogik shakllarning muhim xususiyati muloqot materiali sifatida bilimlardan emas, balki axborotlardan foydalanishdir. Bilim va axborot o'rtasida farq shundaki, bilimlar - voqealikni bilishning jamiyat amaliyotidagi tekshiruvidan o'tish natijasida, asosiy xususiyati haqidagi to'g'ri kelishi va ziddiyatlardan hosil bo'lish demakdir. Axborot – mavjud ma'lumotdir, u aksariyat gapirayotgan kishilarning har qanday bo'ladigan ishonchliligi jihatidan shubha tug'diradigan va odatda bir – biriga to'g'ri kelmaydigan hatto ziddiyatli fikrlarni ham o'zida aks ettiradi. Ta’lim tizimi muammosi ham xuddi shundadir. Muloqotning o'qitib o'rganish singari an'anaviy pedagogik shakllari o'z samarasini bermaydi qo'ydi. Izlanishga, qidirishga yordam beradigan mo'ljallarni tushuntirar ekanlar o'qituvchilar talablarini o'qigan narsalarni so'zlab berishga emas, balki muallif fikrini rivojlantirishga o'rgatib boradilar, o'quvchining bilish sohasida faolligini jonlantiradilar. Shunigdek, muallim o'quv materialini o'zlashtirish jarayonining tashkilotchisi u barcha shakllardagi o'qitish metodikasini ya'ni ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar, o'quvchining mustaqil ishlari uslublarini bilishi, egallab olgan bo'lishi lozim. O'qishga ishtiyoq, qiziqish uyg'otish, ayniqsa undan huzur topib, mamnun bo'lish, uni olib borishda yaxshi natijalar beradi. Bilim, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtirishda o'quvchining faolligi, qiziqishi, ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan yangi pedagogik texnologiyalar ana shunga ko'p jihatdan yo'l ochadi. Axborot, kuchi moddiy texnika resurslari turli – tuman bo'lsa, katta hajmdagi bilimlarni juda qisqa vaqt ichida o'zlashtirib olish imkoniyati tug'ilmoqda. O'qitish o'quvchi faoliyatini gavdalantiradigan sharoitda olib boriladi va muammoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan. Ta’limda bilim, ko'nikma va malakalarni guruh bo'lib, jamoa faoliyatida birgalikda o'zlashtirish imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bu jarayonlarda o'quvchining va o'quvchilarning fikrlash faoliyatida jonlanish yuz berib faollik oshadi. Geografiya O'quv mashg'uloti o'yinlar, munozaralar, vaziyatga doir topshiriqlar va boshqa o'qitish shakl va usullarida olib boriladi. Yangi asr kishilarida faollik bilan mustaqil ish olib borish, tezkorlik bilan qarorlar qabul qilish, o'zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashuvni talab qiladi. Shu bois ham ta’lim tizimida birinchi navbatda dars berish faoliyatiga birlamchi e'tibor qaratilmoqda. Noan'anaviy ta’limda o'qituvchi yoki darslik asosiy bilim manbai, bilish jarayonining nazoratchisi bo'lgan bo'lsa, shaxsga mo'ljallangan ta’limda o'qituvchining vazifasi o'quvchi – o'quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish ularning o'quv faoliyatini yo'nalishga solib aniqlab borishdan iborat bo'lmoqda.
Geografiya darslarida karta, globuslardan foydalanish. Zero, ko'rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko'proq va 13 marta ko'proq taktik organlarga nisbatan ko'proq ma'lumotni miyaga yetkazadi. Bu ma'lumotlar tez, oson va mustahkam o'rnashib qoladi. So'z bilan emas, namoyish bilan ko'proq, tez va oson tushunib olish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, bola rang va shakl, tovush (ohang) orqali tezroq tushunadi. Tushuncha, bilim aniq dalil va ko'rgazma bilan samarali ekanligini unutmaslik. Ko'rgazmalik materiallardan foydalanish, ammo juda ko'p emas, chunki bu o'quvchi diqqatini bo'lib, charchatib, asosiysidan chalg'itadi. Ko'rgazmali qurollarni o'quvchilar bilan birga tayyorlash samarali bo'ladi. Ko'rgazmali qurol ishlata turib, diqqat, kuzatuvchanlik tafakkur, madaniyati, loyihalash, ijodkorlik va o'qishga qiziqishni oshirish. Tezkor usullar bilan o'quvchilar bir necha soatda o'rganishi kerak bo'lgan narsani bir soatda o'rgatish va hamma narsa tabiiy bo'lsin. O'quvchilarda har bir mavzu, bob, bo'lim va umuman dastur bo'yicha bilim, ko'nikma va malaka talab qilib, ular o'z bilimlarini tizimga solishiga yordam beradi.
Geogragiya hozirgi paytda o'quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o'quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta'limda yangicha o'quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta'minlangan auditoriyalarda dars o'tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o'quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo'llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda.
Geografiya ta'limi yosh avlodga tabiiy muhit va uni muxofaza qilish hamda undan oqilona foydalanish, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy fanlar orasidagi fan bo'lgani uchun tabiat va jamiyat haqida bir butun, yaxlit bilimlarni beradigan yagona fandir. Geografiya ta'limi har tomonlama yetuk va komil insonni tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Shu bilan birgalikda Olam sirlarini o'rganadigan fundamental fan hisoblanadi.
Geografiya- bugungi kunda butun dunyoda har tomonlama globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib bormoqdaki, O’zbekiston ham bu jarayonlar oqimidan mustasno emas. Xalqaro siyosiy doiradagina emas, balki ichki siyosiy muhitda ham farovon va barqaror jamiyat qurish uchun kuchli va malakali, siyosiy va huquqiy bilimlarga ega kadrlar kerak. Hozirgi kunda o’quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy bo’lishi, bilimning sistemali va izchil bo’lishi barobarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan. Pedagogik jarayonlarni ilmiy asoslarda tashkil etish va boshqarish yo’nalishidagi zamonaviy talablar ta’lim muassasasi rahbarlari va professor-o’qituvchilarining o’z bilimlari, ko’nikma malakalarini uzluksiz rivojlantirib borishini taqozo etadi. ”Qo‘lni qo‘lga beraylik” metodi o‘quvchilarning mavzuga doir bilimlarini rivojlantirish bilan birga ularning mustaqil va ijodiy fikrlashi, og‘zaki nutqini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. O’quvchilarda o‘zaro birlik, do‘stona hamjihatlikni ham shakllantiradi. O‘quvchilar davra bo‘lib turadilar. Har bir o‘quvchi mavzuga doir bitta ma’lumot aytadi yoki mavzuga doir gap tuzadi va yonidagi o‘quvchiga qo‘l beradi. O‘quvchilar shu tartibda ma’lumot aytib doira hosil qiladi. Bu metodni geografiya darslarida qo‘llasa maqsadga muvofiqdir.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish