Gеоgrafiya fanidan o‘quv sayyohatlari tashkil etishning maqsad va
vazifalari
|
0
|
2
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy geografik sayyohatlarini tashkil etish metodikasi
|
0
|
3
|
Geografiya fanidan o‘quv sayyohatlariga tayyorgarlik va sayyohat uchun zarur bo‘lgan jihozlar va vositalar
|
0
|
4
|
Geografiya darslarida umumiy va maxsus tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlarni tashkil etish
|
0
|
|
Xulosa va tavsiyalar
|
0
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
|
0
|
|
Ilovalar
|
0
|
KIRISH
Malaka ishining dolzarbligi. Tabiiy geografik о‘quv sayyohatlar-bu
o‘qitishning ko‘rinishini ta'minlaydigan sinfdan tashqari ishlarning bir shakli. O‘quvchilarning sinfda olgan nazariy bilimlarini amalda kuzatib mustahkamlash uchun muhim bosqich hisoblanadi. Shu boisdan o‘quv sayyohatni o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida bilamiz. Uni yuqori sa’viyada o‘tkazish o‘quvchilarning tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursi (5-sinf), materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), O‘rta Osiyo va Ozbekistonning tabiiy geografiyasi (7-sinf)lar bo‘yicha fan haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarining mukammalashtirish bilan teng, deya anglash mumkin.
O‘quv sayyohati o‘quvchilarning qiziqishini, diqqatini, ahloqiy va estetik munosabatlarini tarbiyalaydi. Bu esa insonning dunyoqarashini kengaytirib Vatanparvarlik, axloq va umuman shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning darslarda olgan bilim, malakalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olishi uchun kompitensiyalari shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-son qarori va 2017 yil 6 aprelida “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilingan, “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g’risida” gi 187-son qarorlari bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo‘yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Shunday ekan, ushbu malaka ishida “Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi” yoritilgan bo‘lib, bu mavzuning dolzarbligi shundaki, geografiya darslarida interaktiv va interfaol metodlar va boshqa zamonaviy pedagogik va shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalangan holda olib borilmoqda. Shunga ko‘ra geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etishda ham yangicha zamonaviy metod va texnologiyalardab foydalangan holda tashkil etish zarur.
Malaka ishining maqsadi: Umumta’lim maktablari geografiya darslarida tabiiy geografik o‘quv sayyohatlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar hamda metodikasini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |