GEOGRAFIYA (10-sinf) Amaliy ish III variant
1 . Sayohatchilar oromgohga tomon 135o azimut bilan 400 metr, 225o azimut bilan 240 metr, 270o azimut bilan 300 metr va 360o azimut bilan 250 metr yo`l yurdilar. Ular yurgan yo`lni 1:10 000 masshtab asosida sxema tarzida tasvirlang.
2. London shahri (0° meridian) da soat kunduzgi 11°° bo`lsa,
a) 30° sharqiy uzunlik
b) 30° g`arbiy uzunlikda soat necha bo`lishini hisoblab toping.
3. Janubiy Amerika materigidagi eng chuqur ko`l Titikaka ko`li bo`lib, chuqurligi 281 metr. Agar ko`l tubiga qarab exolotdan tovush to`lqini yuborilsa, u qancha vaqtda qaytib keladi?
4. Kimyo sanoati korxonalarini joylashtirishda qanday omillar hisobga olinadi? Dunyoning eng yirik kimyo korxonalari joylashgan (5ta) hududlarni yozing.
5. Quyidagi geografik atamalarnnig lug’aviy ma’nosini yozing: stratosfera, antitsiklon, tabiat zonasi, urbanizatsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |