quyidagi jadvalni to‘ldiring
:
Tabiiy geografi k o‘rin ko‘rinishlari
Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo
davlatlari
Dengiz chegaralariga ega bo‘lgan davlatlar
Quruqlik ichkarisida joylashgan davlatlar
Orol davlatlar
Yarimorol davlatlar
Arxipelag davlatlar
123
29-§. SHARQIY VA JANUBI – SHARQIY OSIYO
DAVLATLARI
Sharqiy Osiyo davlatlari.
Osiyoning sharqiy qismida joylashgan
hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy,
janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi
Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan
o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km
2
, aholisi soni esa 1,5
mlrd.dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli
8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi; dunyo
bo‘yicha YMM ning 1/4 qismidan ortiq shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri
keladi. Subregion hududida 5 ta mustaqil davlat joylashgan.
Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta
mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon katta-
ligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni
egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik
davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi
o‘rinni egallaydi. Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati
shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli
bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zi-
da singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq
Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yuri-
tuvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Res-
publikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega
bo‘lgan, jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan
biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat –
Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past dara-
jada rivoj langan Mongoliya joylashgan.
To‘g‘ridan to‘g‘ri Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega (Mongoli-
yadan tashqari) ekanligi, subregionning qadimiy sivilizatsiya markaz-
laridan biri ekanligi geografi k o‘rnining ijobiy jihatlari hisoblansa, g‘ar-
biy va janubiy qismlarining baland tog‘liklardan iboratligi, asosiy qismi
Tinch okeanbo‘yi seysmik zonasida joylashganligi, salbiy jihat sifatida
namoyon bo‘ladi.
Sharqiy Osiyo davlatlari relyef xususiyatlari nisbatan o‘xshash.
Barcha davlatlarda tog‘li hududlar katta maydonni tashkil qiladi. Shu
124
bilan bir qatorda, Gobi, Taklamakon kabi cho‘llar ham mavjud. Tog‘ol-
di, daryo vodiylari, dengizbo‘yi hududlari mintaqaning asosiy tekislik
hududlarini tashkil qiladi (24-rasm).
Taklamakon cho‘li
Yaponiya Tibet tog‘lari
24-rasm.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari tabiati manzaralari
Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va subekvato-
rial mintaqalarda joylashgan. Mazkur davlatlar iqtisodiyotida ularning
hududida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar katta ahamiyatga ega. Mineral
resurslarning turli ko‘rinishlari Yaponiyadan boshqa barcha davlatlarda
tarqalgan bo‘lsa, Yaponiya, Koreya yarimoroli davlatlari suv resurslar-
iga boyligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, yer (Xitoy), o‘rmon
(Xitoy, Koreya yarimoroli davlatlari), rekreatsion (Yaponiya, Xitoy, Ko-
reya Respublikasi) resurslar ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Subregion aholi soni, uning zichlik darajasi yuqori bo‘lgan hudud-
lardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili Yaponiya,
Koreya Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payish darajasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularda tug‘ilish darajasi pastligi sababli aholi
orasida katta yoshlilar hamda qariyalarning salmog‘i ortib bormoqda.
Xitoyda aholi sonining sekin o‘sishiga, bu yerda so‘nggi yillargacha
olib borilgan aholi sonini qisqartirishga qaratilgan demografi k siyosat
sabab bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari orasida KXDR va Mongoliyada
tabiiy ko‘payish jarayoni yuz bermoqda. Subregionda aholi o‘rtacha
zichligi 1 km
2
ga 136 kishiga teng. Aholi zichlik ko‘rsatkichlari Koreya
Respublikasida eng yuqori (1 km
2
ga 510 kishi), Mongoliyada esa eng
past (2 kishi).
Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda,
uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Ko-
reya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsat-
kichlar kuzatiladi. Sanoatida konchilik (Xitoy, Mongoliya, KXDR),
125
yoqilg‘i-energetika (Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya), qora va
rang li metallurgiya (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), mashinasoz-
lik (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), kimyo (Xitoy, Yaponiya,
Koreya Respublikasi, KXDR), o‘rmon va yog‘ochsozlik (Xitoy, Koreya
Respublikasi), yengil va oziq-ovqat (subregionning barcha davlatlari)
tarmoqlari muhim ahamiyatga ega. Turli tarmoqlarda sanoat mahsu-
lotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi
davlatlari jahonda yetakchi davlatlardan hisoblanadilar. Ayniqsa, ushbu
davlatlarning qora metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektroni-
ka va elektrotexnika, kimyo sanoatlaridagi ulushi katta.
Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi katta
ahamiyatga ega. Mongoliya va Yaponiya qishloq xo‘jaligida chor-
vachilikning, qolgan davlatlarda esa dehqonchilikning hissasi yuqori.
Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (bug‘doy, sholi, makkajo‘xo-
ri), texnik ekinlar yetishtirish (paxta, tamaki, choy, kartoshka,
soya), bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol-
chilik, cho‘chqachilik, parrandachilik va baliqchilik muhim o‘rin
tutadi. Mongoliyada qo‘y va echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va
bug‘uchilik tarmoqlari ham rivojlangan. Transportida quruqlik trans-
porti muhim ahamiyatga ega. Dengizbo‘yida joylashgan davlatlarda
suv transporti ham yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |